The power of trust

Visa Direct

Easy and quick transfers!

Visa Direct

Easy and quick transfers!

NBU in social networks:

2014 yil yakunlariga ko'ra aholi bo'sh pul mablag'larini banklardagi omonatlarga jalb qilish bo'yicha tanlov g'oliblari taqdilrlandi

08.02.2015 1234

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholining omonatlarini jalb qilish bo'yicha Respublika tijorat banklari o'rtasida tanlov o'tkazish to'g'risida"gi 2008 yil 31 oktyabrdagi Qaroriga muvofiq respublika tajorat banklari o'rtasida 2014 yil yakunlariga ko'ra aholi bo'sh pul mablag'larini banklardagi omonatlarga jalb qilish bo'yicha tanlov o'tkazildi. Tanlov g'oliblarini tantanali taqdirlash marosimi joriy yilning 7 fevral kuni O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasida bo'lib o'tdi.

Mamlakatimiz rahbarining mazkur qaroriga muvofiq aholining omonatlarini jalb qilish bo'yicha respublikamiz tijorat banklari o'rtasida har yili tanlov o'tkazilishi banklarning aholi omonatlarini jalb qilish borasidagi faoliyatini yanada jadallashishiga, bank xizmatlari sifatining oshishi va turlarini kengayishiga, jismoniy shaxslarning talab va istaklarini inobatga olgan holda yangi omonat turlarining joriy etilishi va ko'payishiga olib keldi. Shuningdek, mazkur tanlov omonatlarni jalb etishda sog'lom raqobat muhitini shakllantirish hamda bu sohada ilg'or xalqaro tajribani keng joriy etishga xizmat qilmoqda.

Tanlovda jami 26 ta tijorat bankining 846 ta filiallari, 4 200 ta mini-banklari hamda maxsus kassalari ishtirok etdi. G'oliblarni e'lon qilish O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasi, Fuqarolarning banklardagi omonatlarni kafolatlash fondi va tijorat banklarining rahbarlari ishtirokida tantanali ravishda o'tkazildi.

Tanlov natijalariga ko'ra g'oliblar sakkizta asosiy va o'n bitta qo'shimcha nominatsiyalar bo'yicha taqdirlandi. Shu tariqa tanlov g'oliblari sifatida quyidagilar e'tirof qilindi. "Aholi omonatlarini jalb qilish bo'yicha yilning eng yahshi banki" nominatsiyasida: Birinchi o'rinni -«Asaka» davlat-aksiyadorlik tijorat banki; Ikkinchi o'rinni  - O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki; Uchinchi o'rinni - «Ipoteka-bank» aksiyadorlik tijorat ipoteka banki qo'lga kiritdi.

Plastik kartochkalar asosida ish haqi loyihalarini amaliyotga joriy etish bo'yicha eng yaxshi bank filiali" nominatsiyasida: Birinchi o'rin - Ipoteka-bankning Toshkent shahar filiali Amaliyot boshqarmasi; Ikkinchi o'rin - Ipak Yo'li bankning  Amaliyot boshqarmasi; Uchinchi o'rinni esa - Invest Finans bankning  Amaliyot boshqarmasi egalladi.

Tadbirda Yilning eng yaxshi kassiri" , "Milliy valyutadagi eng yaxshi muddatli depozit" , "Omonatlarni jalb qilish bo'yicha bank faxriysi", "Milliy valyutadagi  eng yaxshi jamg'arma depoziti", Eng yaxshi plastik kartochkalar emitenti bo'lgan bank" , "Bankning eng zamonaviy jihozlangan bo'linmasi" kabi qo'shimcha nominzsiyalar bo'yicha ham g'oliblar taqdirlanishdi.

Milliy bankning Pul muomalasi departamenti direktori Bodyagina Lyudmila “UzReport” AA muxbiriga bergan intervyusida shunday dedi:

– Bugun tijorat banklarining aholi omonatlarini depozit hisoblarga qo'yish bo'yicha olib borgan faoliyati yakunlariga bag'ishlangan navbatdagi majlis bo'lib o'tdi. Bu tadbir tijorat banklari ishida rag'batlantiruvchi ekanligini tasdiqladi. Garchi bankimiz 2-o'rinni olgan bo'lsada, baribir kayfiyatimiz yaxshi. Joriy yilda aholi omonatlarini depozit hisoblarga qo'yish bo'yicha yetakchilikni yana qaytarib olishga harakat qilamiz. Agar 2014 yilda biz 162 mlrd.so’m jalb qilgan bo'lsak va hisoblardagi qoldiqlar miqdori 860 mlrd so'mni tashkil qilgan bo'lsa, 2015 yilda biz 185 ming nafar mijozni jalb qilishga va fuqarolarning omonat hisoblariga 1 trln 100 mlrd sum mablag' qo'yilishini ta'minlashga harakat qilamiz.

Shu o'rinda ta'kidlash joizki, jismoniy shaxslarning omonat hisobvaraqlariga qo'yiladigan mablag'lari barcha turdagi soliqlardan ozod qilingan bo'lib, ularning manbalari deklaratsiya qilinmaydi hamda ushbu mablag'larni omonatchilar cheklovlarsiz tasarruf etadilar. Bugun mamlakatimizda faoliyat ko'rsatayotgan tijorat banklari va ularning bo'linmalari milliy hamda chet el valyutasida cheklanmagan miqdorda va muddatlarda 250 dan ortiq omonat turlarini aholiga taklif etmoqda. 2014 yilda tijorat banklaridagi aholi omonatlarining hajmi 2013 yilga nisbatan 30,8 foizga oshdi.

 

UzReport

0
0



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 12/06/2021 09:00:01 am

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Feb. 15, 2020
© 2021 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Feedback

Contacts

Contact center working hours
from 9 AM to 9 PM Monday to Friday

101 Amir Temur Avenue, Tashkent 100084, Uzbekistan

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.

Take part in improving the quality of service
Please answer 3 questions
Go to quiz