The power of trust

Transfers from Sberbank

The best favorable rates for transfers!

MasterCard Virtual

Commission-free Online Payments!

NBU in social networks:

Joriy yilning 9 oyida mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 8,1 foizga o'sdi

23.10.2013 1187

UzReport 23.10.2013

     2013 yil 22 oktyabrda Vazirlar Mahkamasining majlisi bo'lib o'tdi. Majlisda joriy yilning 9 oyida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari ko'rib chiqildi hamda 2013 yil 18 yanvarda respublika Hukumati majlisida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan 2013 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalarini amalga oshirilishini so'zsiz ta'minlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
     Majlisda mamlakatni rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari, eng avvalo ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilashni jadallashtirish va kengaytirish, yo'l-transport va kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish hisobiga iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, tarkibiy qayta o'zgartirishlarni chuqurlashtirish hamda iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari faoliyatini diversifikatsiyalash, shuningdek, aholi bandligini, hayoti darajasi va sifatini izchil oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi har tomonlama ko'rib chiqildi va chuqur tahlil qilindi.
     Qayd etib o'tildiki, jahon iqtisodiyotida muammolar kuchayganligiga va uning o'sish sur'atlari sekinlashganligiga qaramay, mamlakatni iqtisodiy isloh qilish va modernizatsiyalashning chuqur o'ylangan va aniq maqsadga yo'naltirilgan dasturi tizimli va izchil amalga oshirilishi tufayli O'zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiy o'sishning barqaror sur'atlarini saqlash ta'minlanmoqda. Joriy yilning 9 oyida mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 8,1 foizga, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmlari – 9,4 foizga, shu jumladan, iste'mol tovarlari ishlab chiqarish hajmlari – 15,9 foizga, qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmlari – 6,8 foizga, chakana tovar aylanmasi hajmlari – 14,7 foizga va xizmatlar ko'rsatish hajmlari – 12,4 foizga o'sdi. Davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foiz miqdoridagi profitsit bilan ijro etildi. Inflyatsiya darajasi prognoz parametrlaridan oshmadi.
     Investitsiya siyosati faol amalga oshirilishi investitsiya muhitini takomillashtirish chora-tadbirlari bilan birgalikda asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalarning 12,5 foizga, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarning – 12,4 foizga o'sishiga ko'maklashdi. 2,2 mingta yangi ishlab chiqarish ob'ektlari foydalanishga topshirildi, 60 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish tugallandi. Mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqish hajmlarining hisoblab chiqilgan eksportning o'rnini bosish samarasi 4 milliard AQSH dollari miqdoridagi 39,7 foizga o'sishi ta'minlandi.
     Ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlik faoliyati yo'lidagi ma'muriy to'siqlarni qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish yil boshidan buyon 21,2 mingta yangi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini tashkil etishga, kichik biznes sub'ektlari tomonidan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini 15,2 foizga o'stirishga va ushbu sektorning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 51,2 foizgacha ko'paytirishga ko'maklashdi.
 

0
0



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 08/03/2021 04:00:01 pm

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Feb. 15, 2020
© 2021 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Feedback

Contacts

Contact center working hours
from 9 AM to 9 PM Monday to Friday

101 Amir Temur Avenue, Tashkent 100084, Uzbekistan

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.