The power of trust

Background
Solfy Partner Program
Increase sales with installment card support
More details
Background
Visa Direct
Easy and quick transfers!
More details
Accessibility
View:
Font size:
1344
+998 78 148 00 10 Call Centre:
Operating hours from 9 AM to 9 PM
NBU in social networks:

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga 64 ta foydalanilmayotgan davlat mulki obyekti sotiladi

06.08.2014 2796

Joriy yilning 7 avgust kuni O’zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 3 iyuldagi "Davlat mulki obyektlarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga sotish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi va Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 iyuldagi "Zarar ko'rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor va past rentabelli korxonalarning foydalanilmayotgan ortiqcha yer va ishlab chiqarish maydonlarini yanada optimallashtirish choralari to'grisida"gi qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bag’ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Mamlakatimiz iqtisodiyotida xususiy mulkchilik roli va ulushini oshirish, xorijiy investitsiyalarni, shu jumladan, to'gridan-to'gri xorijiy sarmoyalarni kengroq jalb qilish, aholi bandligi darajasi va daromadini o'stirish islohotlarning muhim tarkibiy qismi hsoblanadi.

“Davlat mulki obyektlarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga sotish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'grisida”gi qaror bu yo'nalishdagi ishlarni tizimli ravishda davom ettirish imkonini beruvchi yana bir muhim hujjatdir.

Unga ko'ra, yalpi xatlov natijasida aniqlangan obyektlar va bo'shab qolgan yer maydonlarini samarali ishlatish yuzasidan bir necha yo'nalishda chora-tadbirlar amalga oshirilishi mo'ljallangan.

Xususan, qarorga muvofiq, 64 ta foydalanilmayotgan davlat mulki obyektini kim oshdi savdosi orqali kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga sotilishi mo'ljallangan. Shundan 24 tasi baholandi va ommaviy savdolarga chiqarildi, 40 tasi bo'yicha baholash ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, tadbirkorlik bilan shug'ullanmoqchi bo'lganlar uchun bino va inshootlarni investitsiya majburiyati evaziga "nol" qiymatda berish jarayoni bugungi kungacha o'z samarasini berayotganidan kelib chiqqan xolda, 164,1 mlrd. so'm investitsiya kiritish va 4256 ta yangi ish o'rinlarini yaratish sharti bilan ushbu qiymatda beriladigan 121 ta obyekt bo'yicha tanlov shartlari tasdiqlandi.

Davlat raqobat qo’mitasi Boshqarma boshlig’i Jamoliddin Qudratov “UzReport” AA muxbiriga bergan intervyusida shunday dedi:

– Mazkur qaror bilan yaratilayotgan yana bir qulaylik bu tadbirkorlik subyektlariga ishlab chiqarish, servis va xizmat ko'rsatishni tashkil etish, kelgusida bu yerlarda kichik sanoat zonalarini barpo qilish uchun o'rtacha hajmi 0,2-0,3 gektarlik 57 ta yer maydonlarini ajratilishidir. Bundan tashqari, qarorga muvofiq, davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartiblarini soddalashtirildi, ya'ni davlat aktivlarini "nol" qiymatda ommaviy savdolar orqali sotishni amalga oshirish haqidagi e'lonlar ushbu tadbir o'tkazilishidan 2 oy oddin emas balki 1 oy oldin respublika va mahalliy nashrlarda chop etiladi. Shuningdek, qarorda davlat mulki obyektlarini tanlov savdolari orqali "nol" qiymatda amalga oshirishning shartlari etib investitsiya majburiyatidan tashqari, yangi ish o'rinlarini yaratish va bajarilgan investitsiya majburiyati qabul qilingan sanadan e'tiboran bir yil mobaynida ushbu ish joylarini saqlab qolish shartligi belgilandi.

Anjumanda shuningdek, ommaviy savdolarga chiqarilgan davlat mulki obyektlariga 6 oy mobaynida talabnoma tushmagan taqdirda uning qiymatini bosqichma-bosqich 10 foizdan pasaytirish yo'li bilan umumiy qiymatning 50 foizigacha kamaytirilishi mumkinligi belgilangan.

Ommaviy savdolarga boshlang'ich qiymati bosqichma-bosqich tushirilgan davlat mulki obyekti 3 oy davomida sotilmagan holatda, ushbu obyekt investitsiya majburiyati evaziga hamda yangi ish o'rni yaratish sharti bilan nol qiymatda sotilishi belgilandi.

Bundan tashqari, qarorda respublikamizning barcha hududlarida joylashgan jami 299 ta bo'sh turgan va qurilishi tugallanmagan davlat mulki obyektini vakolatli organlar xulosasi bilan tegishli shaxar, tuman hokimliklari qarorlariga muvofiq buzilishi nazarda tutilgan.

Shuningdek, zarar ko'rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor va past rentabelli korxonalarning foydalanilmayotgan ortiqcha yer va ishlab chiqarish maydonlarini yanada optimallashtirish choralari to'grisidagi qarorga asosan, 35 ta davlat obyektlarini, shu jumladan 4 ta ijtimoiy infratuzilma obyektlarini xususiylashtirilishi belgilangan. Shuningdek, 211 ta davlat ulushi bo'lgan jamiyatlardagi ortiqcha bino va inshootlarini sotilishi, 43 ta davlat obyektlarini mahalliy xokimliklarga opsratin (tezkor) boshqaruvga berish yoki tegishli tashkilotlarning ustav fondlariga berish nazarda tugildi

1
0



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 03/29/2024 04:50:33 pm

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Dec. 25, 2022
© 2024 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

Яндекс.Метрика

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Technical support NBU

online

Message sent!

Please wait for a response to
your email address

Helpdesk NBU


I am your virtual assistant.
Loading...

Helpdesk NBU


Choose a needed theme

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.

Take part in improving the quality of service
Please answer 3 questions
Go to quiz