The power of trust

Transfers from Sberbank

The best favorable rates for transfers!

Transfers from Sberbank

The best favorable rates for transfers!

NBU in social networks:

Milliy bank va Xitoy davlat taraqqiyot banki 500 million Xitoy yuaniga shartnoma imzoladi

28.08.2019 2008

             nbulogo1_251x222.jpg                   image_2019-08-27_16-12-41.png

2019 yil 26 avgust kuni Pekinda (XXR) O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo hamkorlik qo‘mitasining beshinchi yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (O‘zmilliybank) 500 million Xitoy yuanida kredit liniyasini jalb qilish uchun Xitoy Davlat taraqqiyot banki (XDTB) bilan kredit shartnomasini imzoladi. 

Ushbu shartnoma yettinchi kelishuv bo‘lib,  bu ikki bank o‘rtasida mustahkam o‘rnatilgan hamkorlikdan dalolat beradi. XDTB  bilan o‘zaro ishlash tajribasi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining barcha sohalarida muhim investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish samaradorligini namoyish etadi. Shu bilan birga, Xitoy yuanida kredit bitimining imzolanishi Milliy bankning Xitoyning etakchi moliya instituti bilan hamkorlik tarixidagi birinchi bunday hujjatdir. 

Xitoy yuanida moliyalashtirishni jalb qilishning  asosiy afzalligi LIBOR stavkasidagi sakrashlarga bog‘liqlik yo'qligi. Bundan tashqari, yuandagi tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblar boshqa davlatlarning valyutalarida to‘lovlarni amalga oshirishda valyuta konversiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytiradi. Xitoy yuanidagi kreditlar kursning o‘zgarishi bilan bog‘liq xatarlarni kamaytiradi, va Milliy bank mijozlariga uzoq muddatli moliyalashtirishda yanada qulay shart-sharoitlarni taqdim etadi. 

Shu bilan birga, ushbu kelishuv Xitoy yuanida yangi to‘lov usullaridan foydalanishni nazarda tutadi, shu bilan Xitoy yuanidagi to‘lovlar Xitoyga to‘g‘ridan-to‘g‘ri etkazib beruvchining hisobiga o‘tkaziladi, bu esa ikki mamlakat  va sheriklar o‘rtasidagi to‘lovlarni amalga oshirish vaqtini sezilarli darajada kamaytiradi. 

Moliyaviy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi ikki tomonlama munosabatlarga va ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga yangi turtki beradi, shuningdek qulay shart-sharoitlarda kredit resurslarini jalb qilish imkoniyatini beradi. Bu esa O‘zbekistonda yangi yirik investitsiya imkoniyatlarini yaratadi.

Ma'lumot o‘rnida: Xitoy Davlat Taraqqiyot Banki (XDTB) 1994 yil mart oyida yirik sanoat tarmoqlarini, shu jumladan energetika va transportni rivojlantirishni  modernizatsiya va infratuzilmani rivojlantirishga yo'naltirilgan davlat loyihalarini moliyalashtirish uchun tashkil etilgan. Xitoy moliya institutining asosiy maqsadi iqtisodiiyot rivojlanishi va strategik tarkibiy o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlab, markaziy hukumatning makroiqtisodiy siyosatini tartibga solish. XDTBning asosiy faoliyati uzoq muddatli kredit berish va obligatsiyalar chiqarishdir.


0
0



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 08/02/2021 04:00:01 pm

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Feb. 15, 2020
© 2021 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Feedback

Contacts

Contact center working hours
from 9 AM to 9 PM Monday to Friday

101 Amir Temur Avenue, Tashkent 100084, Uzbekistan

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.