The power of trust

Background
Student loan
Credit for full-time, evening, correspondence forms of education
More details
Background
Visa Direct
Easy and quick transfers!
More details
Accessibility
View:
Font size:
1344
+998 78 148 00 10 Call Centre:
Operating hours from 9 AM to 9 PM
NBU in social networks:

O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan berilgan kredit tufayli xo'jalik aylanma mablag'ining oshishiga erishildi

28.12.2014 2280

Joriy yilda Respublikamiz banklarining kapitallashuv darajasi oshmoqda, o'rta  biznes subyektlarini, ayniqsa, ularning yuqori texnologik uskunalar xarid qilishi uchun imtiyozli kreditlash mexanizmi takomillashtirilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Uchtepa  filiali tomonidan   “Imkon broyler” MCHJ ga berilgan kredit tufayli ushbu xo'jalik aylanma mablag’ining oshishiga hamda yangi ish o’rinlarining yaratilishiga muvaffaq bo'lindi.

Qayd etish lozimki, bugungi kunda parrandachilik mamlakatimiz agrosanoat kompleksining barqaror va jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri hisoblanadi.  Hozirda mamlakatimizda ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklari soni 28 mingdan ziyodni tashkil etadi. Ularning ko'pchiligida parrandachilik faoliya­ti yo'lga qo'yilgan.Xususan , ichki va tashqi bozorda parrandachilik mahsulotlariga bo'lgan talab tobora oshib borayotgan hozirgi paytda “Imkon Broyler” MCHJi ham  2008-yildan buyon samarali faoliyat yuritib kelmoqda  hamda bank tomonidan berilgan 2milliard 800milllion so'm miqdoridagi  kredit tufayli xo'jalik aholi  dasturxoniga sifatli   parhez go'sht mahsulotlari yetkazib berish hajmini oshirmoqda. Ushbu xo'jalikka  o'tgan yili Rossiya Federatsiyasining “Balt izaxo'jaligidan  naslli parrandalar  keltirilgan edi. Ular kam ozuqa talab etishi va sermahsulligi bilan ajralib turadi. Darhaqiqat , xo’jalikda inkubatorlar tashkil etilgan bo’lib ularning soni hozirgi kunda 26 tani tashkil qiladi va  kelgusi yilning martiga qadar yana  18 ta  yangi inkubatorlarni joriy qilish rejalashtirilgan. Shuningdek , maxsus sprey-xonalari  , vaksina xonalari ham yuqori darajada jihozlangan. Yana bir ahamiyatli jihati, bu yerda faoliyat yurituvchi ishchi xodimlarning 90% idan ortigi mahalliy fuqarolardir.

Anvar Yafarov – “Imkon broyler” MChJ direktori  “UzReport” AA muxbiriga  bergan intervyusida : “Xozirgi kunda fabrikamizda 135 ishchi faoliyat yuritmoqda. Shuningdek , biz kelayotgan yilda ishchilar sonini 170 taga oshirishni rejalashtirganmiz. O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Uchtepa filiali tomonidan xo'jaligimizga ajratilgan kredit xo'jaligimizning mahsuldorligini oshishida katta ahamiyat kasb etdi. Biz yaqin orada ushbu bankdan yana kredit olishni  va unga Germaniyaning “Big Datchmen” kompaniyasidan texnologiyalar olib kelishni maqsad qilganmiz”,-deb ta’kidladi.

Zotdor parrandalar, ularni ko'paytirish, parvarish qilish va oziqlantirish bo'yicha ilg'or texnologiyalarning amaliyotga joriy etilayotgani parrandachilik korxonalarida yuqori ishlab chiqarish ko'rsatkichlariga erishish va ularning barqaror faoliyat yuritishini ta'minlash imkonini bermoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiyotidagi roli va ulushini oshirish, aholi bandligi va daromadlarini ta'minlash doirasida amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanishida o'ziga xos ahamiyatga ega.

0
0



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 03/28/2024 09:45:31 pm

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Dec. 25, 2022
© 2024 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

Яндекс.Метрика

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Technical support NBU

online

Message sent!

Please wait for a response to
your email address

Helpdesk NBU


I am your virtual assistant.
Loading...

Helpdesk NBU


Choose a needed theme

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.

Take part in improving the quality of service
Please answer 3 questions
Go to quiz