The power of trust
Auto Payment
Enjoy your free time!
MasterCard Virtual
Commission-free Online Payments!
Yig'ilishda ta'kidlanganidek, iqtisodiyotimiz tarmoq va sohalarida o'rta muddatli rivojlantirish dasturlarini davom ettirish natijasida, asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning ijobiy o'sish sur'atlari taminlanib, bu iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarini yanada muvozanatli rivojlantirish uchun mustahkam asos yaratdi. Jumladan, shu yilniig 9 oyida yalpi ichki mahsuloti 8,1 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8,4 foizga oshdi.
- Parlamentning asosiy vazifalaridan biri Davlat byudjetini qabul qilish, uning ijrosini nazorat qilish hisoblanadi. Ayni shu ma'noda, Qonunchilik palatasida bugun asosiy moliyaviy hujjatning 9 oydagi ijrosini muhokama qildik, - deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deptutati Nasimjon Alimov. – Unda ma'lum bo'lishicha, Davlat byudjetining daromadlar va xarajatlar qismi belgilab berilgan paramentlar asosida bajarilgan.
Shuningdek, hisobot davrida markazlashgan investitsiyalarning maqsadli yo'naltirilishiga erishildi. Xususan, investitsiyalar hisobidan 1 trln. 183 mlrd. so'm miqdoridagi mablag'lar mamlakatda tadbirkorlik uchun yanada qulayliklar yaratish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora tadbirlariga yo'naltirildi, deya ta'kidlaydi Nasimjon Alimov.
Tahlil qilinayotgan davrda mashinasozlik va metallni qayta ishlash sohalarida 114,2 foiz , qurilish materiallari sanoatida 113 foiz, yengil sanoatda 115,9 foiz, qora metallurgiya sanoatida 113,4 foiz, oziq-ovqat sanoatida esa 109,7 foizlik barqaror o'sishi ta'minlangan. Davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisabatan 0,1 foiz profitsit bilan ijro etilgan. Yig'ilishda hisobot davrida Davlat byudjetining xarajat qismida asosiy e'tibor uning ijtimoiy yo'naltirilganligiga, ya'ni ta'lim, sog'liqni saqlash, aholini maqsadli ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, byudjet mablag'larining g'azna ijrosini ta'minlash, ularning samaradorligini oshirishga qaratilganligi alohida e'tirof etildi.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda, hisobot davrida ayrim byudjet muassasalarida mablag'larning maqsadsiz sarflanishiga, ularning noqonuniy ishlatilishi bilan bog'liq moliyaviy huquqbuzarliklarga yo'l qo'yilayotganligi deputatlar tomonidan tanqid ostiga olindi. Ushbu masala yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar vakillarining axborotlari tinglandi. Bahs-munozaralarda deputatlar byudjet mablag'laridan samarali foydalanish hamda joylarda qonunlar ijrosini to'liq ta'minlash bo'yicha amaliy takliflar bildirishdi.
UzReport
We will send one email a week, no spam
Latest site update date: 05/22/2022 04:00:01 pm
License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Dec. 25, 2022
© 2022 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter
If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required
Contact center working hours
from 9 AM to 9 PM Monday to Friday
Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.