The power of trust

MilliyOn

Shopping – now!

Milliy Deposits

Explore more profitable deposits!

NBU in social networks:

Toshkentda ShHT doirasida Banklararo birlashma Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi

23.06.2016 1112

Daryo.uz   23.06.2016   

2016-yil 23-iyun kuni Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida Banklararo birlashma Kengashining XII majlisi bo‘lib o‘tdi.

   ShHT Banklararo birlashmasi majlisida “Qozog‘iston Taraqqiyot banki”, “RSK banki” (Qirg‘iziston), “Xitoy Davlat taraqqiyot banki” korporatsiyasi, “Taraqqiyot va tashqi iqtisodiy faoliyat banki” davlat korporatsiyasi (Rossiya), “Amonotbank” Davlat jamg‘arma banki (Tojikiston), O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki vakillari ishtirok etdi, shuningdek, “Belarusbank” jamg‘arma banki, Habib Bank Limited (Pokiston) va Mo‘g‘uliston Taraqqiyot banki sherik banklar sifatida qatnashdi.

    Majlis davomida ShHT BB Kengashiga raislik qiluvchi O‘zmilliybank raisligi ostidagi ishlarning mazkur bosqichda erishilgan natijalar to‘g‘risida chiqishi, shuningdek, ShHT BBga sherik banklarning vakillari va boshqa Kengash a’zolarining joriy va istiqboldagi faoliyat masalalari yuzasidan chiqishlari tinglandi. Tomonlar investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish, ShHT makonida va Osiyo mintaqasida faoliyat olib borayotgan xalqaro moliya institutlari bilan o‘zaro aloqalarni rivojlantirish sohasida hamkorlikni  faollashtirish muhimligini ta’kidladi, shuningdek, o‘rta muddatli istiqbolda ShHT BBni yanada rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

    BB majlisida tomonlar so‘nggi yillarda ShHT kuzatuvchi davlatlari va dialogi bo‘yicha sheriklarning moliyaviy institutlari bilan o‘zaro aloqalari rivojlanayotganidan qoniqayotganligini bildirdi. Majlis davomida Mo‘g‘uliston Taraqqiyot bankiga ShHT BBga sherik bank maqomini berish to‘g‘risida qaror imzolandi.

    Majlis yakunlari bo‘yicha 2016-yil 26-oktabrdan 2017-yil 25-oktabrgacha bo‘lgan muddatda ShHT BBga rais bank etib Qozog‘iston Taraqqiyot banki nomidan B. B. Jamishev saylandi.

0
0



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 11/29/2021 05:57:28 pm

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Feb. 15, 2020
© 2021 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Feedback

Contacts

Contact center working hours
from 9 AM to 9 PM Monday to Friday

101 Amir Temur Avenue, Tashkent 100084, Uzbekistan

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.

Take part in improving the quality of service
Please answer 3 questions
Go to quiz