Kuch ishonchda

Background
Milliydagi omonatlar
Omonatlaringizni yanada foydaliroq qiling!
Batafsil
Background
Ta'lim krediti
Kunduzgi, kechki, sirtqi ta'lim shakllari uchun kredit
Batafsil
1344
+998 78 148 00 10 Aloqa markazi:
Ish vaqti soat 9:00 dan 21:00 gacha
NBU ijtimoiy tarmoqlarda:

“O‘zbekiston ayollari. Evrilish" ko‘rgazmasi

28.08.2024 122

Kuni kеcha O‘zbеkiston Tasviriy san’at galеrеyasida “O‘zbekiston ayollari. Yevrilish" mavzusidagi ko‘rgazma o‘z ishini boshladi. Ko‘rgazma O‘zbekiston kinofotofono hujjatlar Milliy arxivi hamkorligida amalga oshirildi.


Arxiv fotosuratlari va kinomateriallari orqali tomoshabin  ayol kuchi, ijodkorligi va ilhomi prizmasi bilan yaqindan tanishishga muvaffaq bo‘ladi. “O‘zbekiston ayollari. Yevrilish” – turli tarixiy davrlarda ayollar hayotining rang-barangligini va ularning jamiyatga ta’sirini ochib beruvchi noyob loyiha, dеyish mumkin.


Tarixiy faktlarga qaraydigan bo‘lsak, 1920 yillarda ayollar to'liq qaramlikka qarshilik sifatida paranjilarini tashlashdi va o‘z erkini talab qilib chiqa boshladi. Bu ayollar ozodligining ilk qadamlari edi, shuningdek bu holat gender tengligi uchun asos yaratdi. O‘sha davrning mashhur jadidlari – Munavvar Qori Aburashidxonov, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lponlar o‘z asarlarida ayollar huquqlarini himoya qilish g‘oyasini ilgari surganlar. Binobarin, ayollarning huquqi va ta'lim olishi juda muhim omil. Ayollar "xalq tarbiyachi"lari bo‘lib ularning qo‘lida millatning kelajagi voyaga yetadi. Shu bois ayni yillarda  oʻzbek ayollari hayotini oʻzgartirish maqsadida “Xujum” harakati tashkil etildi. Xotin-qizlar endi nafaqat oila posboni, farzandlari kamoloti bilan shug‘ullanuvchi muallim, shuningdеk, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotining muhim ishtirokchisiga aylandi.