Kuch ishonchda

Background
Solfy muddatli to'lov kartasi
Foizsiz to'lash bilan xarid qilish
Batafsil
Background
Avto to‘lov
Bo‘sh vaqtingizdan zavqlaning!
Batafsil
1344
+998 78 148 00 10 Aloqa markazi:
Ish vaqti soat 9:00 dan 21:00 gacha
NBU ijtimoiy tarmoqlarda:

2022 yil 30 sentyabr kuni “SberkassaUz” telegram kanalida yoritilgan murojaat yuzasidan rasmiy munosabat

30.09.2022 132

2022 yil 30 sentyabr kuni “SberkassaUz” telegram kanalida “O‘ZMILLIYBANK YANA QOVUN TUSHURDI! BU SAFAR MIJOZGA BIZDA SUPER-KONTRAKT UCHUN TAʼLIM KREDITI YO‘Q DEMOQDA” sarlavhasida yoritilgan murojaatda mijoz Farg‘ona viloyat filialiga murojaat qilganligi, ammo bank tomonidan kredit ajratilmayotganligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 iyuldagi PQ-323-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, taʼlim tashkilotlarida talabalarning kontrakt to‘lovi asosida o‘qishi uchun “O‘zmilliybank” AJning barcha filiallari va bank xizmatlari markazlari tomonidan imtiyozli taʼlim kreditlari, shuningdek bankning o‘z mablag‘lari hisobidan tabaqalashtirilgan to‘lov (super-kontrakt) asosida o‘qishga kirgan talabalarga ham taʼlim krediti mablag‘lari ajratib kelinmoqda.

O‘qish istagida bo‘lgan barcha fuqarolarimizga amaldagi tartiblarga muvofiq holda taʼlim kreditlarini ajratish tartiblari, shartlari ommaviy axborot vositalarida, bankning o‘z saytlarida yoritib kelinmoqda. Ularni ajratishda texnikaviy-dasturiy taʼminotlar hamda zarur mablag‘lar zahirasi yetarli yaratilgan va bu ishlar bank rahbariyatining doimiy nazoratida olib boriladi.

Shu bilan birga, keltirilgan holat yuzasidan ichki surishtiruv, o‘rganish ishlari o‘tkazilib, mijoz bilan suhbat o‘tkazildi. O‘rganish natijasida mijoz tomonidan bank xodimlaridan super-kontrakt to‘lovi uchun imtiyozli taʼlim krediti mavjudligi haqida maʼlumot so‘ralganligi, bank xodimlari tomonidan maʼlumot berilganligi, ammo mijoz tomonidan maʼlumot noto‘g‘ri tushinilganligi maʼlum bo‘ldi.


                                                                                                                                                                                                                              “O‘zmilliybank” AJ

                                                                                                                                                                                                                              Matbuot xizmati

0
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

Haftasiga bir marta xabar yuboramiz va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 26.11.2022 11:35:24

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2022 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Aloqa markazi

Aloqa ma'lumotlari

Elektron murojaatlarning ish tartibi
dushanbadan jumagacha soat 09:00 dan soat 18:00 gacha

101 Amir Temur shoh ko‘chasi, Toshkent 100084

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.

Xizmat sifatini yaxshilashda ishtirok eting
Iltimos, 3 ta savolga javob bering
So'rovnomaga o'tish