Kichik tadbirkorlikning xususiy sektorida ish bilan band bo'lganlar soni 9078,4 ming kishini tashkil qildi
18.03.2015
2986
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni har tomonlama qo'llab quvvatlash va uzoq muddatli rag'batlantirish, ularning foaliyati uchun qulay muhit yaratish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar 2014 yilda 26 mingdan ortiq yangi kichik biznes sub'ektlarini (fermer va dehqon xo'jaliklaridan tashqari) yaratish imkonini berdi.
2014 yilning yanvar-dekabrida ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulot(YaIM)ning 56,1 foizi kichik tadbirkorlik (biznes) sub'ektlari hissasiga to'g'ri keldi va bu ko'rsatkich o'tgan yilning shu davriga (55,8 foiz) nisbatan 0,3 foizga ko'pdir.
2014 yilning yanvar-dekabrida kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlari tomonidan:
– 9897,5 ming nafar kishining bandligi ta'minlandi (jami iqtisodiyotda band bo'lganlarning 77,2 foizi), shu jumladan band bo'lganlarning 7580,3 ming nafari individual sektor, 2317,2 ming nafari kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to'g'ri keldi;
– sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 23967,2 mlrd. so'mni (jami sanoat ishlab chiqarishining 31,9 foizi) yoki 2013 yilning yanvar-dekabriga nisbatan 117,6 foizni tashkil qildi;
– 11716,6 mlrd. so'mlik investitsiyalar (umumiy investitsiyalar hajmining 34,8 foizi) o'zlashtirildi va 2013 yilning yanvar-dekabriga nisbatan 113,4 foizni tashkil qildi;
– 13896,9 mlrd. so'mlik qurilish ishlari (qurilish ishlari umumiy hajmining 70,3 foizi) bajarildi va 2013 yilning yanvar-dekabriga nisbatan 115,5 foizni tashkil qildi;
– avtomobil transporti yuk aylanmasining 8,6 foizga (respublika jami avtomobil transporti yuk aylanmasining 83,4 foizi), yo'lovchi aylanmasining esa 7,8 foizga (umumiy yo'lovchi aylanmasining 88,7 foizi) ko'payishi ta'minlandi;
– chakana tovar aylanmasi umumiy hajmining 45,4 foizi yoki 26609,1 mlrd. so'mi (o'sish 12,2 foiz) va aholiga pullik xizmat ko'rsatish umumiy hajmining, mos ravishda 48,5 foizi yoki 11004.3 mlrd. so'mi (o'sish 16,9 foiz) shakllantirildi;
3661,9 mln. AQSh dollari (umumiy eksport hajmining 26,0 foizi) miqdorida mahsulotlar (tovar va xizmatlar) eksport qilindi, 6328,6 mln. AQSh dollari (umumiy import hajmining 45,3 foizi) miqdorida mahsulotlar (tovar va xizmatlar) import qilindi.
Kichik tadbirkorlikning xususiy sektorida ish bilan band bo'lganlar soni 9078,4 ming kishini yoki jami sohada band bo'lganlarning 91,7 foizini tashkil qildi.
UzReport