Kuch ishonchda

Background
Ta'lim krediti
Kunduzgi, kechki, sirtqi ta'lim shakllari uchun kredit
Batafsil
Background
Avto to‘lov
Bo‘sh vaqtingizdan zavqlaning!
Batafsil
1344
+998 78 148 00 10 Aloqa markazi:
Ish vaqti soat 9:00 dan 21:00 gacha
NBU ijtimoiy tarmoqlarda:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning

17.09.2012 3734

 “O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimidagi nutqi

Muhtaram konferensiya qatnashchilari, xonimlar va janoblar!

Siz, qadrli mehmonlarimizni, nufuzli xalqaro institutlar – Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot bankining vakillarini, yetakchi olim va mutaxassislar, biznesmenlar, dunyoning 45 ta mamlakatidan tashrif buyurgan barcha konferensiya ishtirokchilarini qutlash, sizlarga o‘zimning chuqur hurmat-ehtiromimni hamda anjuman ishida ishtirok etayotganingiz uchun samimiy minnatdorligimni bildirish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.

Bugungi anjuman uchun “O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va ahamiyati” degan mavzuning tanlanishi bejiz emas. Bu, birinchi navbatda, O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab iqtisodiyotning ushbu tarmog‘ini jadal rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berilgani bizga eski mustabid, rejali-taqsimot tizimidan qolgan inqirozning o‘ta o‘tkir muammolarini hal etishda eng muhim omil, ta’bir joiz bo‘lsa, lokomotiv bo‘lib xizmat qilgani bilan bog‘liq.

Mazkur sohani tez sur’atlar bilan taraqqiy toptirish va umuman, mamlakatni isloh etish va modernizatsiya qilish bo‘yicha biz tanlagan model 2008-yilda boshlangan, bugungi kunda, afsuski, chuqurlashuv tendensiyasiga ega bo‘lib borayotgan global moliyaviy-iqtisodiy inqirozning salbiy va halokatli oqibatlarining oldini olish hamda bartaraf etishda O‘zbekiston uchun hal qiluvchi rol o‘ynadi.

Jahon miqyosida yangi retsessiya va bankrotlik to‘lqini, stagnatsiya va ishlab chiqarishning pasayish xavfi tobora ortib borayotgani, qarzdorlik majburiyatlari va byudjet taqchilligi o‘sayotgani, ishsizlik muammosi, aholi hayot darajasi va turmush sharoitining keskin yomonlashuvi, shuning natijasida odamlarning umumiy noroziligi va ijtimoiy keskinlik kuchayib borayotgani xavotirga solmay qo‘ymaydi.

Bank sektorini yangi pul massasi, shuningdek, moliya bozorini turli derivativalar, ya’ni, ikkilamchi mahsulotlar hisobidan nazoratsiz ravishda to‘ldirish davom etayotgani nafaqat inqirozdan chiqish muddatining cho‘zilishiga, balki milliy valyutalarning yanada qadrsizlanishi va shu bilan bog‘liq oqibatlarga olib kelishi mumkin. Buning ustiga, katta miqdordagi valyuta mablag‘lari real iqtisodiyotga yetib bormasdan, jahon iqtisodiyotida asosan spekulyativ holatlar va stagnatsiya jarayonini kuchaytirmoqda.

Qisqacha aytganda, yuzaga kelayotgan ahvol jahon iqtisodiyotidagi muammolarni tezda hal etish imkonini bermayapti.

Shu narsa tobora ayon bo‘lmoqdaki, inqirozdan chiqish jarayoni hali yana uzoq davom etishi kutilmoqda va uning qachon tugashi haqida oldindan bir narsa deyish ko‘p jihatdan qiyin bo‘lib qolmoqda.

Biz mazkur konferensiya doirasida inqirozning salbiy oqibatlarini yumshatish va bartaraf etishning muhim omili bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida to‘plagan tajribamiz asosida sizlar bilan fikr almashishni istar edik.

O‘z-o‘zidan ravshanki, yalpi ichki mahsulotning 80 foizi va mehnatga layoqatli aholining kamida 70 foizi iqtisodiyotning ushbu sektori ulushiga to‘g‘ri keladigan, yuksak rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda yuz yillar davomida to‘plangan boy tajriba bizni juda qiziqtiradi. Bu biz uchun nihoyatda muhimdir.

Men mana shu zalda ko‘plab xorijiy mehmonlarimizni ko‘rib turganimdan g‘oyat mamnunman. Sizlarning ushbu konferensiyada ishtirok etayotganingiz, yalpi majlislar, seksiya yig‘ilishlaridagi chiqish va ma’ruzalaringiz, o‘zbekistonlik hamkasblaringiz bilan qilgan yaqin muloqotlaringiz, yurtimizning turli shaharlariga tashrif buyurib, ba’zi ob’ektlarni borib ko‘rganingiz, o‘zaro bahs va fikr almashuvlar – bularning barchasi mazkur forumni har tomonlama boyitib, unda fikrlar rang-barangligini ta’minlashga, bu anjumanning sizlar kutgan natijalarni berishiga ishonchim komil.

Buning uchun sizlarga samimiy minnatdorlik bildiraman.

Qadrli do‘stlar!

O‘ylaymanki, bugun o‘zimizga bir savolni berish har tomonlama mantiqiy bo‘ladi. Ya’ni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni ustuvor yo‘nalish sifatida belgilash nima bilan, qanday omil va sabablar bilan bog‘liq edi?

Buning sabablarini qisqacha bayon etadigan bo‘lsak, ular quyidagilardan iborat.

Birinchidan, jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiyotning muhim tarkibini tashkil qiluvchi tarmoq bo‘lgan kichik biznes ichki bozorni zarur tovar va xizmatlar bilan to‘ldirishning asosiy manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Kichik biznes nafaqat iqtisodiyotdagi ma’lum bir bo‘shliqlarni to‘ldiradi, balki uni diversifikatsiya qilish va barqaror sur’atlar bilan rivojlantirishni ta’minlashda o‘ta muhim rol o‘ynaydi.

Tadbirkorlik biznesi aholi bandligi va daromadining o‘sishini ta’minlashda, ayniqsa, bizning sharoitda qanday muhim ahamiyat kasb etishini baholashning o‘zi qiyin. Quyidagi raqamlarni e’tiborga oladigan bo‘lsak, shunday xulosa chiqarish mumkin.

Agar 2005-2011 yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotida 5 milliondan ortiq yangi ish o‘rni tashkil etilgan bo‘lsa, ularning 60 foizdan ortig‘i kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hissasiga to‘g‘ri keladi. Buning natijasida hozirgi vaqtda mamlakatimizda ish bilan band bo‘lgan jami aholining 75 foizdan ko‘prog‘i ushbu sohada mehnat qilmoqda.

O‘ylaymanki, ana shu raqamlarning o‘ziyoq ko‘p narsani anglatadi va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ishonchli yo‘ldan borayotganidan dalolat beradi.

Ikkinchidan, tuzilishiga ko‘ra ixcham, qarorlar qabul qilishda tezkor va harakatchan, yangi tartib-qoidalarni qisqa muddatda o‘zlashtiradigan kichik biznes jahon va mintaqalar bozorlaridagi talab va kon’yunktura o‘zgarishlariga ancha tez moslashadi.

Uchinchidan, kichik biznesni tashkil qilish va yuritish katta xarajat hamda kapital qo‘yilmalarni talab etmaydi. Bu esa ishlab chiqarishni tez va oson modernizatsiya qilish, texnik hamda texnologik qayta jihozlash, yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish, ularning nomenklaturasini muntazam yangilab borish va raqobatdoshligini ta’minlash imkonini beradi.

To‘rtinchidan, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining tahdid va salbiy oqibatlariga yirik korxonalarga nisbatan ushbu sohaning bardosh bera olish qobiliyati ancha yuqoridir.

Faqat kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish hamda ushbu sohaning mamlakatimiz iqtisodiyotida ustuvor mavqega ega bo‘lishi natijasida biz 2008-2009-yillarda global inqirozning salbiy oqibatlarini ortiqcha qiyinchilik va talafotlarsiz yengib o‘tish, ishlab chiqarishni jahon bozori kon’yunkturasi o‘zgarishlarini hisobga olgan holda qisqa muddatlarda qayta tashkil etishga muvaffaq bo‘ldik.

Sanoatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tarmog‘ining o‘sish sur’atlari 2008-2009-yillarda o‘rtacha 23-24 foizni, xizmatlar va servis sohasining o‘sish sur’atlari esa 15-16 foizdan kam bo‘lmagan ko‘rsatkichni tashkil etdi.

Beshinchidan, kichik tadbirkorlik nafaqat daromad manbai, balki odamlarning ijodiy va intellektual qobiliyatini ro‘yobga chiqarish vositasi hamdir. Mazkur soha har bir kishiga o‘z iste’dodi va imkoniyatlarini namoyon etish uchun zamin tug‘dirmoqda, shu tariqa tashabbuskor, omilkor, mustaqil faoliyat yurita oladigan, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishga qodir insonlar toifasini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o‘rta sinfni shakllantirish uchun muntazam kengayib borayotgan baza bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘rta sinf esa, ma’lumki, har qanday demokratik jamiyatning asosi bo‘lib hisoblanadi.

Bugungi kunda aynan shu sohani rivojlantirish hisobidan jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy barqarorlikdan manfaatdor bo‘lgan, mamlakatimizni taraqqiyot va demokratik islohotlar yo‘lidan rivojlantirishda faol kuch bo‘lib maydonga chiqayotgan ijtimoiy qatlam shakllanmoqda.

Ishonchim komilki, ana shu va boshqa omillarni chuqur anglash O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga qaratilgan ulkan e’tiborning sabablarini tushunish imkonini beradi.

Shuni aytishning o‘zi kifoyaki, 20 yil avval O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlik deyarli yo‘q edi, bugun esa mavjud barcha xo‘jalik sub’ektlarining 90 foizdan ortig‘ini kichik biznes korxonalari tashkil etadi. Hozirgi kunda yalpi ichki mahsulotning 54 foizi, ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining 22 foizi va qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 98 foizi aynan shu soha hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

O‘ylaymanki, konferensiya qatnashchilari bizning o‘tgan yillar mobaynida bu sohada erishgan yutuqlarimizni munosib baholaydilar.

Shuni alohida ta’kidlashni istardimki, mamlaktimiz tarixida azal-azaldan xususiy tadbirkorlik muhim o‘rin tutib kelgani ko‘p jihatdan kichik biznesning jadallik bilan rivojlanishiga xizmat qilmoqda.

Biz ajdodlarimizdan meros bo‘lgan tadbirkorlik an’analari, ota-bobolarimizning asrlar davomida o‘z yeri, o‘z mulki va kasb-korini e’zozlab, qadrlab, har tomonlama asrab-avaylab kelgani bilan haqli ravishda faxrlanamiz.

Hurmatli anjuman ishtirokchilari!

Yana bir g‘oyat muhim masala, ya’ni, O‘zbekistonda tadbirkorlik va kichik biznes sohasi aynan qanday prinsiplar asosida, qanday zaminda rivojlanayotgani haqida qisqacha to‘xtalib o‘tishga ijozat bergaysiz.

Bu haqda gapirganda, avvalambor, soha rivoji uchun mustahkam qonunchilik va huquqiy baza shakllantirilgani va muntazam takomillashtirib borilayotgani, biznes uchun imtiyoz va preferensiyalar berish, ishlab chiqarishni texnik va texnologik qayta jihozlash hamda modernizatsiya qilish masalalarida davlat tomonidan tizimli ravishda yordam ko‘rsatilayotganini ta’kidlash lozim.

O‘tgan asrning 90 yillari boshlaridayoq konstitutsiyaviy norma va tamoyillar asosida qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”, “Mulkchilik to‘g‘risida”gi qonunlar qisqa muddatda sanoat, savdo, umumiy ovqatlanish va xizmatlar sohalaridagi o‘n minglab, yuz minglab davlat mulki bo‘lgan ob’ektlarni xususiy mulkka aylantirish uchun sotish, mulkni ijaraga berish prinsiplarini birinchi navbatda qishloq xo‘jaligida joriy etish imkonini yaratdi.

Mamlakatimizda 2000-yilda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda asosiy rol o‘ynadi. Ushbu qonunda fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi uchun barcha asosiy kafolat va shartlar mustahkamlab qo‘yilgan, tadbirkorlik va biznes sub’ektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlari muhofaza etilgan.

Soliqqa tortish masalasi doimiy ravishda e’tiborimiz markazida bo‘lib kelmoqda. Faqat 2005-yildan 2012-yilgacha bo‘lgan davrda mikrofirma va kichik korxonalar uchun aylanma mablag‘dan olinadigan yagona soliq to‘lovi stavkasi 2,5 barobar kamaytirilib, 13 foizdan 5 foizga tushirildi, xalq amaliy san’ati va oilaviy biznes ob’ektlari esa umuman soliqqa tortilmaydi yoki eng kam stavka bo‘yicha soliqqa tortiladi.

Alohida e’tiborga molik jihati shundaki, biz jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida ko‘pgina davlatlar kabi inqirozga qarshi dasturlar doirasida soliq stavkalarini nafaqat oshirmadik, balki aksincha, kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasini kamaytirdik, xaridorgir bo‘lgan iste’mol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarni 5-7 yilga soliq to‘lovidan ozod qildik, ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilaydigan, modernizatsiya qiladigan korxonalarni esa bojxona to‘lovlaridan butunlay ozod qildik.

Faqat 2011-yilning o‘zida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga berilgan soliq imtiyozlarining umumiy miqdori 500 million dollardan oshdi. Korxonalar ushbu mablag‘ning 35 foizini ishlab chiqarishni kengaytirish va modernizatsiya qilishga, 25 foizini ishchilarni rag‘batlantirishga yo‘naltirdi.

Davlatning ishlab chiqarish, ijtimoiy va kommunikatsiya-transport infratuzilmasini rivojlantirishga qo‘shayotgan hal qiluvchi hissasini e’tiborga oladigan bo‘lsak, uning kichik korxonalar hamda tadbirkorlik faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish borasidagi rolini baholashning o‘zi qiyin.

Bu borada mamlakatimizda tashkil etilgan “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi va “Angren” erkin industrial zonasida yuksak texnologiyalar asosida samarali faoliyat ko‘rsatayotgan biznes sub’ektlari tajribasini misol tariqasida keltirish mumkin.

“Navoiy” sanoat zonasida muhandislik tarmoqlari, logistika, ta’minot tizimlari qurilishiga davlat tomonidan 100 million dollarga teng miqdordagi mablag‘ sarflandi. Bu o‘nlab zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etishga xorijiy sarmoyadorlarni faol jalb qilish imkonini berdi.

Bu yil tashkil qilingan “Angren” sanoat zonasi uchun umumiy qiymati 60 million dollardan ziyod bo‘lgan ishlab chiqarish infratuzilmasi va kommunikatsiya tarmoqlarini shakllantirish bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda.

Bularning barchasi nima uchun, qanday maqsadlarni ko‘zlab amalga oshirilmoqda?

Biz kichik biznes sohasi bunday keng ko‘lamli ishlarni to‘liq o‘z zimmasiga olishi mushkul ekanini yaxshi tushunamiz. Chunki kichik biznes bunday katta xarajatlarni ko‘tara olmaydi. Shuning uchun davlat tomonidan tadbirkor va ishbilarmonlar ehtiyojini to‘liq qondiradigan, ularni rag‘batlantiradigan shart-sharoitlarni yaratish maqsadida zarur infratuzilma va kommunikatsiyalar barpo etilmoqda. Bu tabiiy hol va uning mohiyati barchaga ayon bo‘lishi kerak.

Biz bugungi kunda tashkil etayotgan, alohida imtiyozlarga ega bo‘lgan bunday erkin iqtisodiy zonalarga kiritilayotgan xorijiy sarmoyalar miqdori 30 million dollardan ortiq bo‘lsa, o‘sha ob’ektlar infratuzilmasi yuz foiz davlat tomonidan moliyalashtiriladi.

Ayni ana shu omillar iqtisodiyot va tadbirkorlikning jadal sur’atlar bilan o‘sishini ta’minlayotgan, davlatimiz tomonidan ko‘rilayotgan rag‘batlantiruvchi chora-tadbirlar hisoblanadi.

Xususiy tadbirkorlikni shakllantirish va kengaytirishni rag‘batlantirishda optimallashtirish va imtiyozli kreditlash masalalari hal qiluvchi omil bo‘lmoqda.

Faqat 2011-yil yakunlariga ko‘ra, ushbu tarmoqni rivojlantirish va rag‘batlantirishga mamlakatimiz banklari tomonidan 2,5 milliard dollarga teng qiymatdagi kreditlar ajratildi, bu berilgan umumiy kreditlar hajmining 26 foizini tashkil etadi.

Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Islom taraqqiyot banki kabi xalqaro moliya institutlari, BMT tuzilmalari, Arab Muvofiqlashtirish guruhi mamlakatlari, Janubiy Koreya, Xitoy, Germaniya hukumatlari, boshqa davlatlar va tashkilotlar tomonidan bu borada ko‘rsatilayotgan katta yordamni yuksak qadrlaymiz. Mazkur davlatlar va tashkilotlar tomonidan o‘tgan yillar davomida iqtisodiyotimizning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tarmog‘ini moliyalashtirish uchun 1,5 milliard dollardan ortiq kredit resurslari ajratildi.

Bu haqda gapirar ekanman, O‘zbekistondagi barcha tadbirkorlar nomidan va shaxsan o‘z nomimdan BMT hamda bank tuzilmalari rahbarlari va namoyandalariga, bugungi anjumanimizda ishtirok etayotgan xorijiy davlatlar elchixonalari vakillariga O‘zbekistonda biznes sohasining shakllanishi va muvaffaqiyatli rivojlanishiga qo‘shayotgan hissasi uchun yana va yana bir bor samimiy minnatdorlik izhor etaman.

Bugungi kunda faqat yuksak bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, intellektual rivojlangan va professional tayyorgarlikka ega bo‘lgan yoshlargina sifatli, jadal va innovatsion taraqqiyotning eng muhim sharti va garovi bo‘la olishi, aynan ular mamlakatning buyuk kelajagini ta’minlashi mumkinligiga kimnidir ishontirish yoki buni isbotlab berishning hojati yo‘q, deb o‘ylayman.

Ana shu g‘oyat muhim jihatni e’tiborga olgan holda, O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishi etib belgilangan. Mana, 15-yildirki, mamlakatimizda kadrlar tayyorlashning noyob tizimi amalga oshirilmoqda.

Bu tizimning mohiyati 9+3 tamoyili asosida 12 yillik umumiy majburiy bepul ta’lim tizimiga o‘tishdan iborat. Bunda umumta’lim maktablaridagi 9 yillik tahsildan so‘ng yoshlar keyingi 3 yil mobaynida kasb-hunar kollejlarida yoki o‘z xohishiga ko‘ra akademik litseylarda o‘qishni davom ettiradi.

Odatda, litseylar oliy o‘quv yurtlari va universitetlar huzurida, maktab ta’limidan keyingi o‘qishni davom ettirish uchun tashkil qilinadi.

O‘tgan yillar davomida qariyb 1,5 ming yangi, eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlari – kollejlar barpo etilib, ularda 3-4 ta zamonaviy mutaxassislik bo‘yicha kasb-hunarga ega bo‘lish va kamida ikkita chet tilini o‘rganish imkoniyati yaratilgan.

Faqat so‘nggi 5 yil davomida ushbu o‘quv yurtlarini 2 million 500 ming nafardan ortiq yoshlar tamomlab, hozirgi vaqtda mamlakatimizda yangi barpo etilgan zamonaviy korxonalar va fermer xo‘jaliklarida mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning saflarini to‘ldirmoqda.

Men ishonaman, siz, aziz mehmonlarimiz – bugungi forum ishtirokchilarining ko‘pchiligi Toshkent, Samarqand, Buxoro va mamlakatimizning boshqa shaharlaridagi kollejlar va litseylarga tashrif buyurib, bo‘lajak kadrlar-mutaxassislar tayyorlash darajasi va sifati bilan tanishish asnosida bu so‘zlarimizga ishonch hosil qilish va ularning amaliy tasdig‘ini ko‘rish imkoniga ega bo‘lganlar.

Men sizlar bilan yana bir o‘ta muhim masala yuzasidan fikrlashmoqchiman.

Biz O‘zbekistonda biznes yuritishni istagan insonlar va albatta, siyosatchilar, diplomatlar, xorijiy mehmonlar bilan turli mavzularda ko‘p suhbatlashganmiz.

Menga biz bugun barpo etayotgan jamiyat o‘z oldiga qanday maqsadlarni qo‘ygani haqida savol berishganida, men ularga quyidagicha javob beraman.

Agar siz bu savolga to‘liq javob olishni, bizning bu borada amalga oshirayotgan ishlarimizni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rib, ishonch hosil qilishni istasangiz, bizning kollej va litseylarimizga boring. Mayli, hammasiga emas, faqat bir nechtasiga borib ko‘ring, deb aytaman.

Aynan shu maskanlarda O‘zbekistonning ertangi kunini ko‘rasiz. Bu dargohlarda yangi avlod voyaga yetmoqda. Biz yigirma bir yildan buyon, milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda, mustaqil taraqqiyot yo‘lidan boryapmiz.

Yurtimizdagi bugungi odamlar, bugungi o‘zbekistonliklar erkin fikrlaydigan, o‘z kuchiga ishonadigan, sobiq Ittifoqda mavjud bo‘lgan turli illat va kayfiyatlardan mutlaqo xoli bo‘lgan insonlardir. Bu – bizning avlod!

Eski zamonda yuqorida o‘tirib hamma narsani biladigan, hamma narsani hal qiladigan bosh kotib bor, degan kayfiyat bilan yashar edik. Tabiiyki, biz bunday kayfiyat bilan rivojlana olmas edik. Sobiq tuzum aynan shuning uchun ham barbod bo‘ldi, tarqalib ketdi. Chunki u taraqqiy etishga qodir emasdi.

Butun dunyo, demokratik jahon hamjamiyati qanday rivojlanayotgan bo‘lsa, shunday rivojlanishimiz kerak edi. Biz mustaqillikka erishganimizdan so‘ng aynan shu yo‘lni tanladik.

O‘ylaymanki, buning amaliy tasdig‘ini ko‘raman desangiz, hozirgi yoshlarimiz bilan, oliy o‘quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda ta’lim olayotgan, ularni bitirib chiqayotgan yigit-qizlarimiz bilan ko‘proq suhbatlashing. Shunda siz bugun O‘zbekistonda qanday avlod voyaga yetayotganiga va u o‘zining ertangi yorug‘ istiqbolini qanday tasavvur etayotganiga ishonch hosil qilasiz.

Hurmatli konferensiya ishtirokchilari!

Sir emaski, biznesning erkin faoliyat ko‘rsatishining asosiy majburiy shartlaridan biri, birinchi navbatda, tadbirkorlik erkinligining kuchli huquqiy kafolatlarini ta’minlash, ularni so‘zda emas, amalda bajarish, davlat, huquq-tartibot, nazorat organlari va tuzilmalari tomonidan ularning faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarga chek qo‘yish hisoblanadi.

Tadbirkorlik sub’ektlarining davlat, huquqni muhofaza etuvchi va nazorat organlari bilan o‘zaro munosabatlarida tadbirkorlar huquqlarining ustuvorligi tamoyili qonunchilik darajasida joriy etilgan, bunda qonunchilikdagi har qanday qarama-qarshilik va nomuvofiq o‘rinlar tadbirkorlar foydasiga talqin qilinishi kerak. Kichik biznes sub’ektlarida ular ro‘yxatdan o‘tgan paytdan boshlab uch yil davomida rejali soliq tekshiruvlarini o‘tkazishni taqiqlaydigan va keyinchalik barqaror faoliyat yuritayotgan, soliq qonunchiligi va tartib-intizomga qat’iy rioya qilayotgan soliq to‘lovchilarda tekshiruvlar o‘tkazishni cheklaydigan tartib joriy etilgan.

2005-yildan boshlab tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning ruxsat berish tizimidan xabardor qilish tizimiga o‘tildi. O‘z biznesini ochish uchun tadbirkorga ikki kundan ortiq bo‘lmagan muddat talab etiladi va bu qoida rivojlangan davlatlarda amal qilayotgan mezonlarga javob beradi.

O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydigan institutsional va bozor infratuzilmasini shakllantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Tovar-xomashyo birjasi bozorda narxlar shakllanishi va yuqori likvidli xomashyo resurslari va tovarlaridan teng foydalanish imkoniyatini yaratishning eng muhim vositasi hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimizda birja savdolarining izchil yo‘lga qo‘yilgan mexanizmi mavjud bo‘lib, u har bir tadbirkorga xomashyo resurslaridan birja savdolari orqali teng va hech qanday to‘siqlarsiz foydalanish imkoniyatini bermoqda.

Joriy yilda mamlakatimizda eksport qiluvchi korxonalar, shuningdek, xorijiy investorlar uchun qo‘shimcha rag‘bat va imtiyozlar berildi. Shu yilning iyul oyida Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikda ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada ko‘proq erkinliklar berish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ular asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ikkita farmoni qabul qilindi.

Mamlakatimizda statistik, moliyaviy va soliq hisobotlarini taqdim etish, soliq va majburiy to‘lovlarni to‘lash, ro‘yxatga olish va ruxsat berish jarayonlarini amalga oshirish, xo‘jalik sudlariga da’vo arizalari va tavsiyanomalar kiritish bo‘yicha elektron tizimni keng joriy etish ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida davlat, nazorat qiluvchi organlar bilan tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasidagi bevosita aloqalarni sezilarli darajada qisqartirish yoki butunlay bekor qilish imkonini beradi.

Tasdiqlangan choralar joriy yilning 1 avgustidan boshlab biznesni ro‘yxatga olish paytidagi tartib-qoidalar sonini 2 barobar qisqartirish imkonini berdi, ro‘yxatdan o‘tishdan avval birlamchi ustav jamg‘armasini shakllantirish bo‘yicha talab bekor qilindi, tadbirkorlik sub’ektlarining sud xarajatlari 2,5 barobar qisqartirildi.

Davlatning tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga aralashuvini tubdan kamaytirish maqsadida joriy yilda ruxsat berishga oid 80 ta tartib-qoida, shuningdek, litsenziyalanadigan faoliyat turlarining 15 tasi bekor qilindi, moliyaviy hisobotlarni topshirishning shakllari va davriyligi 1,5 barobar qisqartirildi. Bundan tashqari, 2013-yilning 1 yanvaridan boshlab 65 ta statistik hisobot shakli va 6 ta soliq hisoboti shaklini bekor qilish, ularni topshirish davriyligini 2 barobardan ziyod qisqartirish haqida qaror qabul qilindi.

Shuni alohida ta’kidlashni istardimki, mamlakatimizda qabul qilingan qonunchilik talablariga ko‘ra, davlat organlarining noqonuniy qarorlari, mansabdor shaxslarning xatti-harakati yoki harakatsizligi, shuningdek, qonunchilikka zid tarzda qabul qilingan idoraviy hujjat tufayli tadbirkorlik sub’ektiga yetkazilgan zarar davlat tomonidan qoplanadi.

Hurmatli anjuman ishtirokchilari!

Bugun biz o‘z mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlab tanlab olgan mamlakatni isloh etish va modernizatsiya qilish, tadrijiy rivojlanish yo‘li va mashhur besh tamoyil asosida barpo etiladigan fuqarolik jamiyatini shakllantirish modeli tarixan qisqa muddatda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning mustahkam poydevorini yaratishni ta’minladi, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlariga ishonchli ravishda qarshi turish, dunyodagi sanoqli mamlakatlar qatorida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning yuksak barqaror sur’atlariga erishish imkonini berdi, deb aytish uchun barcha asoslarimiz bor.

So‘nggi 6 yil davomida mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot yiliga 8,2 foizdan kam bo‘lmagan sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Yalpi ichki mahsulot, 2000-yil bilan solishtirganda, 2,9 barobar, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 2,6 barobar oshdi, iqtisodiyotga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 3,4 barobar, jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar miqdori 20 barobardan ko‘proq o‘sdi.

Bu nimadan dalolat beradi? Bu shundan dalolat beradiki, xorijiy sarmoyadorlar bizga ishonmoqda. Bu chet el investorlari kiritgan sarmoyalar o‘zini oqlashi va O‘zbekistonda biznes qoidalarining hech qachon buzilmasligiga bo‘lgan ishonchni bildiradi. Shuning uchun ham bizning yurtimizga kiritilayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning oqimi keskin ortib bormoqda. Demak, biz jahon biznes olamiga, dunyo hamjamiyatiga dadil kirib boryapmiz. Demak, bizga katta ishonch bilan qarashmoqda. Bu biz uchun nihoyatda muhim. Men bu masalaga juda katta e’tibor bilan qarayman.

Osiyo taraqqiyot banki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad so‘nggi 7 yil davomida 3 barobar ko‘paygan. To‘lov balansi joriy hisobining doimiy profitsiti ta’minlanmoqda, jami tashqi qarzning yalpi ichki mahsulotga nisbatan 10-12 foiz darajasida bo‘lishiga erishilmoqda, davlat ichki qarzi deyarli nol darajada qolmoqda, yetarli miqdordagi valyuta zaxiralari saqlanib turibdi.

Bularning barchasi mehnatkash va mehmondo‘st xalqimizning mamlakatimizning ertangi kuniga bo‘lgan ishonchini tobora mustahkamlamoqda.

Bugungi imkoniyatdan foydalanib, konferensiyaning barcha ishtirokchilariga yana bir bor o‘zimning yuksak hurmatim va samimiy minnatdorligimni bildirishga ijozat bergaysiz.

O‘zbekiston zaminiga xush kelibsiz!

Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad yor bo‘lishini tilayman.

E’tiboringiz uchun rahmat.

UzA 14.09.2012

1
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

“O‘zmilliybank”AJ va Mastercarddan yangi Aksiya

“O‘zmilliybank” AJ ishonchli hamkorlikka doimo tayyor

“O‘zmilliybank” AJ eng yaxshi takliflarni tanlashini ma’lum qiladi

“O‘zmilliybank” AJ eng yaxshi takliflarni tanlashini ma’lum qiladi

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

Haftasiga bir marta xabar yuboramiz va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 14.10.2024 15:42:01

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2024 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Яндекс.Метрика

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Texnik yordam NBU

Tarmoq

Xabar yuborildi!

Iltimos, elektron pochta manzilingizga javobni kuting

Mavzular ro'yxatiga qaytish


Правила выдачи кредитов частным лицам
Определение кредитоспособности заемщика
1.1. При выдаче кредита частному лицу банк проводит анализ кредитоспособности заемщика.
1.2. Кредитоспособность заемщика определяется на основании его финансовой и кредитной истории, а также текущей финансовой ситуации.
1.3. Для определения кредитоспособности могут быть использованы следующие критерии
Условия выдачи кредита
При выдаче кредита частному лицу банк устанавливает следующие условия:

  • сумма кредита;
  • процентная ставка;
  • срок погашения кредита;
  • график платежей

Javob qanchalik foydali bo'ldi?

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati

Men sizning virtual yordamchingizman.
Yuklanmoqda...

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati

Выберите интересующую тему

O‘zmilliybankning yordam stoli

Qiziqarli mavzuni tanlang

Kartani blokdan chiqarish uchun karta ochilgan filialga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat etishingiz lozim.
Uzcard kartasi sms xabarnomasi bankomat orqali yoqish mumkun. Humo kartasining sms xabarnomasi karta ochilgan filial orqali yoqiladi.
Milliy va xorijiy valyutadagi barcha kartalarga Milliy ilova yordamida masofadan turib buyurtma berishingiz mumkin.
  • Agar Siz kartangizning PIN-kodini unutgan bo’lsangiz karta ochilgan bank filialiga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz lozim.
  • Kartangiz (UzCard/HUMO) yo’qolganda bankning “Milliy” ilovasi orqali o’zingiz bloklashingiz yoki bankning (78) 148- 00 10 raqamiga qo’ng’iroq qilib operatorlardan kartani bloklashini so’rashingiz mumkin.
Identifikatsiya qilish jarayoni masofadan turib, bevosita Milliy ilovasining o‘zida amalga oshiriladi. Buning uchun ilovaning asosiy ekranida yuqori chap burchakdagi photo_2023-04-28_11-16-22.jpg belgini bosing va menyudan "Identifikatsiya" opsiyasini tanlang va uning barcha bosqichlaridan o'ting.
  • Milliy ilovada ro’yhatdan o’tgan raqamni o’zgartirish uchun o’zingizga qulay bo’lgan O’zmilliybank filialiga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz mumkin.
  • Elektron hamyon- pul mablag’larni saqlash, shuningdek, hisobiga yoki bank kartasiga ilova orqali pul o’tkazish imkonini beruvchi tizim.
  • Parolni tiklash orqali “maxfiy savolga javob”ni kiritasiz.
Milliy bankda hozirda “Western Union”, “MoneyGram”, “Золотая Корона”, “Asia Express”, “Contact”, “Юнистрим”, “Swift” hamda “Сбер Банк” xalqaro pul o’tkazmalari mavjud.
Milliy mobil ilovasi foydalanuvchilari Rossiyadan pul o‘tkazmalarni "Sberbank onlayn" servisi yordamida milliy valyutadagi elektron hamyonga, Milliy bankning UzCard yoki HUMO kartasiga olishi mumkin.

O‘tkazma rublda amalga oshiriladi- elektron hamyonga yoki kartaga kelib tushishida u avtomatik tarzda so‘mga konvertatsiya qilinadi. Qo’shimcha komissiyalar undirilmaydi.
  • Visa Direct - “Milliy” mobil ilovasi orqali dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlariga, shu jumladan O'zbekiston banklarining Visa kartalariga mablag' yuborish xizmati hisoblanadi.
  • shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat
  • o’tkazma nazorat raqami
  • jo’natuvchining ism Sharifi
  • jo’natuvchining mamlakati
  • kutilayotgan pul miqdori
  • NBFAUZ2X
O'zmilliybank omonatlarini “Milliy” ilova orqali masofadan ochish, to’ldirish va mustaqil monitoring qilish imkoniyatlarii mavjud.
  • Omonatingizni tasarruf etish huquqini uchinchi shaxsga berish uchun Notarial idora orqali tasdiqlangan ishonchnoma bo’lishi lozim.
  • Yo’q. Onlayn omonat ilova orqali yopiladi.
  • Kapitalizatsiya bu hisoblangan foizlarni omonatning asosiy summasiga qo’shish.
  • Ularda pul mablag’lari uchun qat’iy belgilangan muddat mavjud emas va omonatchi istalgan vaqtda o’z mablag’larini olishi mumkin.
- Ta’sischi, direktor, bosh buxgalter pasporti;
- Direktorni tayinlash to‘g‘risida buyruq;
- Guvohnoma (Sertifikat);
- Ta’sischilarning qarori;
- Litsenziyalar;
- Garov kadastri/texnik pasporti;
- Garovnning fotosuratlari; 
- Yetkazib beruvchi bilan shartnoma;
- Ijara kelishuvi/biznes yuritilayotgan
faoliyat manziliga mulkchilik huquqlari to‘g‘risida guvohnoma nusxasi;

Mazkur ro‘yxat kreditlash masalasini ko‘rib chiqish uchun yakuniy hisoblanmaydi, va Bank xodimlari ko‘rib chiqilayotgan loyihaga taalluqli boshqa ma’lumotlarni va hujjatlarni so‘rab olishi mumkin.
Arizani ko'rib chiqish muddati taqdim etilgan hujjatlarning to‘laligiga bog‘liq holda 1 kundan 3 kungacha egallaydi.
Kredit uchun ta’minotlarning har xil turlari, jumladan, ko‘chmas mulk, avtotransport garovi, hamda jismoniy yoki yuridik shaxslarning kafolatlari qabul qilinadi.
Jarima sanksiyalarisiz kreditni muddatidan oldin so'ndirish imkoni mavjud.
Ariza berish paytida korxonani ro'yxatdan o'tkazish muddati 6 oydan ortiq bo'lishi kerak.
Kredit bo‘yicha asosiy foizdan tashqari, garovni sug‘urtalash va uni rasmiylashtirishga xarajatlar yuzaga kelishi mumkin.  Biroq, yashirin xarajatlar ko‘zda tutilmagan
- Kompaniyaning ta'sis hujjatlari (ustav, ro'yxatdan o'tish to'g'risidagi guvohnoma).
- Kompaniya vakillarining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar.
- Sotib olinayotgan avtomobil uchun shartnoma.
- Garov mulkiga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (agar garov talab etilsa).
- Professional maslahat va qo'llab-quvvatlash: Mutaxassislar rasmiylashtirishning barcha bosqichlarida professional maslahat va yordam ko'rsatishga tayyor va mijozlarga taklif etilayotgan kredit mahsulotlaridan maksimal darajada foydalanishga yordam beradi.
- Kreditning maqbul muddati va miqdorini tanlash imkoniyati.
- Rasmiylashtirishning soddaligi: Hujjatlarga minimal talablar va arizalarni ko'rib chiqishning tezkor jarayoni.
- Biznesni qo'llab-quvvatlash: Avtoparkni yangilashga yordam beradigan moliyalashtirish
Milliy bank arizalarni ko'rib chiqishning tez va samarali jarayonini ta'minlashga intiladi. Yuridik shaxslar uchun avtokredit olishga arizani ko'rib chiqishning o'rtacha muddati 3 dan 5 ish kunigacha.
Garov sotib olinayotgan yangi avtomobil bo'lishi mumkin.
Rasmiy dilerlardan yangi avtomobillarni sotib olish imkoniyati.
Kredit uchun ta’minotlarning har xil turlari, jumladan, ko‘chmas mulk, avtotransport garovi, hamda jismoniy yoki yuridik shaxslarning kafolatlari qabul qilinadi.
- Ta’sischi, direktor, bosh buxgalter pasporti;
- Direktorni tayinlash to‘g‘risida buyruq;
- Guvohnoma (Sertifikat);
- Ta’sischilarning qarori;
- Litsenziyalar;
- Garov kadastri/texnik pasporti;
- Garovnning fotosuratlari; 
- Yetkazib beruvchi bilan shartnoma;
- Ijara kelishuvi/biznes yuritilayotgan
faoliyat manziliga mulkchilik huquqlari to‘g‘risida guvohnoma nusxasi;

Mazkur ro‘yxat kreditlash masalasini ko‘rib chiqish uchun yakuniy hisoblanmaydi, va Bank xodimlari ko‘rib chiqilayotgan loyihaga taalluqli boshqa ma’lumotlarni va hujjatlarni so‘rab olishi mumkin.
Jarima sanksiyalarisiz kreditni muddatidan oldin so'ndirish imkoni mavjud.
Korxonani ro‘yxatdan o‘tkazilgan muddati 1 yildan ortiq bo‘lishi kerak.
Kredit bo‘yicha asosiy foizdan tashqari, garovni sug‘urtalash va uni rasmiylashtirishga xarajatlar yuzaga kelishi mumkin.  Biroq, yashirin xarajatlar ko‘zda tutilmagan
Arizani ko'rib chiqish muddati taqdim etilgan hujjatlarning to‘laligiga bog‘liq holda 1 kundan 3 kungacha egallaydi.

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.

Xizmat sifatini yaxshilashda ishtirok eting
Iltimos, 3 ta savolga javob bering
So'rovnomaga o'tish