Kuch ishonchda

Background
Visa Direct
Maxsus sa’y-harakatlarsiz darhol o‘tkazmalar!
Batafsil
Background
Milliydagi omonatlar
Omonatlaringizni yanada foydaliroq qiling!
Batafsil
1344
+998 78 148 00 10 Aloqa markazi:
Ish vaqti soat 9:00 dan 21:00 gacha
NBU ijtimoiy tarmoqlarda:

YouTube dagi “Prezident blogerlari” kanalida joylashtirilgan lavhalarga rasmiy munosabat

25.10.2024 608

Videolavhalarda goʻyoki bir tadbirkorning buzilgan huquqini himoya qilishga kelgan “bloger”ni "Oʻzmilliybank" AJ rahbariyati bankka kiritmagani hamda Fargʻona viloyati, Soʻx tumanida istirohat bogʻini barpo etayotgan tadbirkorga Bank tomonidan koʻmak koʻrsatilmayotgani boʻyicha eʼtiroz bildirib, “NBU bankda muammo” va “Vazirlar Mahkamasida” deb nomlangan video murojaatlar joylangan.

Bildirilgan eʼtirozlar boʻyicha "Oʻzmilliybank" AJ tomonidan quyidagilar maʼlum qilinadi.

“Oʻzmilliybank” AJ Bosh ofisi binosi alohida qoʻriqlanadigan bino(obyekt)lar toifasida boʻlganligi sababli, tadbirkor bilan birga kelgan, oʻzini korxona yuristi deb tanishtirgan, biroq buni tasdiqlovchi hujjatlari (buyruq, ishonchnoma va boshqalar)ni taqdim etmagan, 3-shaxs boʻlgan YouTube ijtimoiy tarmogʻidagi “Prezident blogerlari” deb nomlangan kanali vakilining shaxsiy qabulda ishtirok etishi “Bank siri toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq rad etildi.

Shuningdek, shu kuni Bank rahbariyati “AKRA” reyting agentligi bilan boʻlib oʻtadigan uchrashuvda ishtirok etishi zarurligi sababli, Tadbirkorning shaxsiy qabuli bankning ushbu masalaga masʼul tarkibiy tuzilma rahbarlari ishtirokida tashkil etildi.

Davlat rahbarining 2018-yil iyunda Fargʻona viloyatiga tashrifi davomida oʻtkazilgan yigʻilish bayoniga muvofiq, Soʻx tumanida “Istirohat bogʻi” barpo etish, qulay biznes muhitini yaratib berish maqsadida korxona rahbari (Rasulov Ilxom) arizasiga asosan, "Oʻzmilliybank" AJ tomonidan 10-yil muddatga yillik 7 foizdan kredit mablagʻlari ajratib berilgan va loyiha ishga tushirilib, topshiriq toʻliq bajarilgan.

Soʻx tumanida qurilgan istirohat bogʻi qurilishi boshlanishi va olib borilishi jarayonlari, ishga tushguncha qadar muddat davomida bank rahbari, uning oʻrinbosarlari hamda tegishli departamentlar xodimlari doimiy ravishda Soʻx tumaniga xizmat safarlariga chiqqan holda ish holati bilan tanishib, aniqlangan kamchiliklarni joyida hal qilish choralari koʻrib borilgan.

Bundan tashqari, Istirohat bogʻi qurilishi davomida "Oʻzmilliybank" AJ tomonidan tadbirkorga ushbu biznesni yoʻlga qoʻyish borasida koʻmak berilib, kredit qarzdorligini bir necha marotaba kechiktirib toʻlashga imkon berilgan.

Biroq, berilgan imkoniyatlar va yozma ogohlantirishlarga qaramasdan, “Istirohat bogʻi” faoliyati samarali va qonunchilik talablariga mos holda yuritilmaganligi oqibatida kredit mablagʻlari qaytarilmaganligi sababli, Bank tomonidan kredit qarzdorliklarini undirish boʻyicha sudga murojaat etishga majbur boʻlingan.

Qoʻqon tumanlararo iqtisodiy sudining 2021-yil 25-martdagi hal qiluv qaroriga asosan tadbirkor tomonidan uzoq muddat davomida toʻlanmay kelgan kredit qarzdorligini qaytarish belgilanib, qarzdorlikni garov mulklari hisobidan undirish boʻyicha majburiy ijro harakatlari boshlangan.

Shu sababli, Rasulov Ilxom tomonidan “Istirohat bogʻi”ni qayta baholagan holda bank balansiga topshirish orqali Qoʻqon shahridagi boshqa likvid mulklarni qonunga zid ravishda garovdan chiqarishni rejalashtirilgan.

Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun oʻzining 72 yoshli onasi M. Mahkamovani qarzdor korxona rahbarligiga rasmiylashtirib, YouTube tarmogʻidagi “Prezident blogerlari” kanali vakilini ushbu masalaga jalb qilgan.

Videomurojaatda Soʻx tumanida istirohat bogʻini qurgan tadbirkor 72 yoshli onaxon deb aytib oʻtilgan, aslida istirohat bogʻini qurish uchun bankdan kredit olgan vaqtda korxona rahbari, ushbu onaxonning oʻgʻli boʻlgan.

Korxona yangi rahbari M. Mahkamova Sud qarori asosida taqdim qilingan ijro varaqasiga asosan, Majburiy ijro byurosi tomonidan ijro ishi qoʻzgʻatilib, majburiy ijro harakatlari olib borish jarayonida, qarzdor korxonani toʻlovga qobiliyatsiz deb topish toʻgʻrisida sud ajrimini chiqarishga erishgan.

Holat boʻyicha bugungi kunda Sud tugatish boshqaruvchisi tomonidan jamiyatga tegishli boʻlgan barcha mol-mulklar qayta baholanmasdan, birgina kredit mablagʻlari hisobiga Soʻx tumanida qurilgan istirohat bogʻi bozor bahosidan yuqori qiymatda qayta baholanib, tegishli tashkilotlar xulosasi olinmagan.

Yuqoridagi holatlar boʻyicha korxona rahbari tomonidan berilgan savollar hamda toʻlovga qobiliyatsizlik doirasida tugatish boshqaruvchisi tomonidan olib borilayotgan harakatlari toʻgʻrisida amaldagi qonunchilik talablari doirasida batafsil tushuntirishlar berildi.

"Oʻzmilliybank" AJ Bosh ofisi binosida bank rahbariyati ishtirokida tadbirkor (M. Mahkamova) va YouTube ijtimoiy tarmogʻidagi “Prezident blogerlari” deb nomlangan kanali vakili O. Tuxtanazarov bir necha marotaba qabul qilinib, shaxsiy qabullar oʻtkazilgan va qabullar davomida ular tomonidan koʻtarilgan barcha savollarga asoslantirilgan javoblar va takliflar berilgan.

Qabullar davomida korxonaga ajratilgan kreditlar taʼminoti sifatida taqdim etilgan Qoʻqon shahridagi likvid garov mulklarini taʼqiqdan ozod qilib, Soʻx tumanida qurilgan “Istirohat bogʻi”ni amaldagi qonunchilik talablariga zid ravishda qayta baholab, qarzdorlik hisobiga bank balansiga qabul qilish borasida qilgan murojaatiga Bank masʼullari tomonidan ushbu holatlar qonunchilik talablariga mos kelmasligi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilgan.

Biroq, berilgan javoblar hamda bank rahbariyati tomonidan bildirilgan takliflar korxona rahbari yoki uning masʼul xodimlari tomonidan bajarilmasdan, faqatgina bank rahbariyatiga qayta-qayta murojaat qilish bilan cheklanib qolinmoqda.

Murojaatchining shu masala yuzasidan yangi takliflarini koʻrib chiqishga tayyorligimizni bildiramiz.

“Oʻzmilliybank” AJ

Matbuot xizmati

 

 




Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

“O‘zmilliybank”AJ aholiga qulaylik yaratish tarafdori

“O‘zmilliybank”AJ: korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz

Hurmatli "O‘zmilliybank" AJ mijozlari

“O‘zmilliybank” AJ: korrupsiya bilan murosa qilmaymiz

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

Haftasiga bir marta xabar yuboramiz va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 11.12.2024 17:39:15

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2024 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Яндекс.Метрика

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Texnik yordam NBU

Tarmoq

Xabar yuborildi!

Iltimos, elektron pochta manzilingizga javobni kuting

Mavzular ro'yxatiga qaytish


Правила выдачи кредитов частным лицам
Определение кредитоспособности заемщика
1.1. При выдаче кредита частному лицу банк проводит анализ кредитоспособности заемщика.
1.2. Кредитоспособность заемщика определяется на основании его финансовой и кредитной истории, а также текущей финансовой ситуации.
1.3. Для определения кредитоспособности могут быть использованы следующие критерии
Условия выдачи кредита
При выдаче кредита частному лицу банк устанавливает следующие условия:

  • сумма кредита;
  • процентная ставка;
  • срок погашения кредита;
  • график платежей

Javob qanchalik foydali bo'ldi?

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati

Men sizning virtual yordamchingizman.
Yuklanmoqda...

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati

Выберите интересующую тему

O‘zmilliybankning yordam stoli

Qiziqarli mavzuni tanlang

Kartani blokdan chiqarish uchun karta ochilgan filialga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat etishingiz lozim.
Uzcard kartasi sms xabarnomasi bankomat orqali yoqish mumkun. Humo kartasining sms xabarnomasi karta ochilgan filial orqali yoqiladi.
Milliy va xorijiy valyutadagi barcha kartalarga Milliy ilova yordamida masofadan turib buyurtma berishingiz mumkin.
  • Agar Siz kartangizning PIN-kodini unutgan bo’lsangiz karta ochilgan bank filialiga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz lozim.
  • Kartangiz (UzCard/HUMO) yo’qolganda bankning “Milliy” ilovasi orqali o’zingiz bloklashingiz yoki bankning (78) 148- 00 10 raqamiga qo’ng’iroq qilib operatorlardan kartani bloklashini so’rashingiz mumkin.
Identifikatsiya qilish jarayoni masofadan turib, bevosita Milliy ilovasining o‘zida amalga oshiriladi. Buning uchun ilovaning asosiy ekranida yuqori chap burchakdagi photo_2023-04-28_11-16-22.jpg belgini bosing va menyudan "Identifikatsiya" opsiyasini tanlang va uning barcha bosqichlaridan o'ting.
  • Milliy ilovada ro’yhatdan o’tgan raqamni o’zgartirish uchun o’zingizga qulay bo’lgan O’zmilliybank filialiga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz mumkin.
  • Elektron hamyon- pul mablag’larni saqlash, shuningdek, hisobiga yoki bank kartasiga ilova orqali pul o’tkazish imkonini beruvchi tizim.
  • Parolni tiklash orqali “maxfiy savolga javob”ni kiritasiz.
Milliy bankda hozirda “Western Union”, “MoneyGram”, “Золотая Корона”, “Asia Express”, “Contact”, “Юнистрим”, “Swift” hamda “Сбер Банк” xalqaro pul o’tkazmalari mavjud.
Milliy mobil ilovasi foydalanuvchilari Rossiyadan pul o‘tkazmalarni "Sberbank onlayn" servisi yordamida milliy valyutadagi elektron hamyonga, Milliy bankning UzCard yoki HUMO kartasiga olishi mumkin.

O‘tkazma rublda amalga oshiriladi- elektron hamyonga yoki kartaga kelib tushishida u avtomatik tarzda so‘mga konvertatsiya qilinadi. Qo’shimcha komissiyalar undirilmaydi.
  • Visa Direct - “Milliy” mobil ilovasi orqali dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlariga, shu jumladan O'zbekiston banklarining Visa kartalariga mablag' yuborish xizmati hisoblanadi.
  • shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat
  • o’tkazma nazorat raqami
  • jo’natuvchining ism Sharifi
  • jo’natuvchining mamlakati
  • kutilayotgan pul miqdori
  • NBFAUZ2X
O'zmilliybank omonatlarini “Milliy” ilova orqali masofadan ochish, to’ldirish va mustaqil monitoring qilish imkoniyatlarii mavjud.
  • Omonatingizni tasarruf etish huquqini uchinchi shaxsga berish uchun Notarial idora orqali tasdiqlangan ishonchnoma bo’lishi lozim.
  • Yo’q. Onlayn omonat ilova orqali yopiladi.
  • Kapitalizatsiya bu hisoblangan foizlarni omonatning asosiy summasiga qo’shish.
  • Ularda pul mablag’lari uchun qat’iy belgilangan muddat mavjud emas va omonatchi istalgan vaqtda o’z mablag’larini olishi mumkin.
- Ta’sischi, direktor, bosh buxgalter pasporti;
- Direktorni tayinlash to‘g‘risida buyruq;
- Guvohnoma (Sertifikat);
- Ta’sischilarning qarori;
- Litsenziyalar;
- Garov kadastri/texnik pasporti;
- Garovnning fotosuratlari; 
- Yetkazib beruvchi bilan shartnoma;
- Ijara kelishuvi/biznes yuritilayotgan
faoliyat manziliga mulkchilik huquqlari to‘g‘risida guvohnoma nusxasi;

Mazkur ro‘yxat kreditlash masalasini ko‘rib chiqish uchun yakuniy hisoblanmaydi, va Bank xodimlari ko‘rib chiqilayotgan loyihaga taalluqli boshqa ma’lumotlarni va hujjatlarni so‘rab olishi mumkin.
Arizani ko'rib chiqish muddati taqdim etilgan hujjatlarning to‘laligiga bog‘liq holda 1 kundan 3 kungacha egallaydi.
Kredit uchun ta’minotlarning har xil turlari, jumladan, ko‘chmas mulk, avtotransport garovi, hamda jismoniy yoki yuridik shaxslarning kafolatlari qabul qilinadi.
Jarima sanksiyalarisiz kreditni muddatidan oldin so'ndirish imkoni mavjud.
Ariza berish paytida korxonani ro'yxatdan o'tkazish muddati 6 oydan ortiq bo'lishi kerak.
Kredit bo‘yicha asosiy foizdan tashqari, garovni sug‘urtalash va uni rasmiylashtirishga xarajatlar yuzaga kelishi mumkin.  Biroq, yashirin xarajatlar ko‘zda tutilmagan
- Kompaniyaning ta'sis hujjatlari (ustav, ro'yxatdan o'tish to'g'risidagi guvohnoma).
- Kompaniya vakillarining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar.
- Sotib olinayotgan avtomobil uchun shartnoma.
- Garov mulkiga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (agar garov talab etilsa).
- Professional maslahat va qo'llab-quvvatlash: Mutaxassislar rasmiylashtirishning barcha bosqichlarida professional maslahat va yordam ko'rsatishga tayyor va mijozlarga taklif etilayotgan kredit mahsulotlaridan maksimal darajada foydalanishga yordam beradi.
- Kreditning maqbul muddati va miqdorini tanlash imkoniyati.
- Rasmiylashtirishning soddaligi: Hujjatlarga minimal talablar va arizalarni ko'rib chiqishning tezkor jarayoni.
- Biznesni qo'llab-quvvatlash: Avtoparkni yangilashga yordam beradigan moliyalashtirish
Milliy bank arizalarni ko'rib chiqishning tez va samarali jarayonini ta'minlashga intiladi. Yuridik shaxslar uchun avtokredit olishga arizani ko'rib chiqishning o'rtacha muddati 3 dan 5 ish kunigacha.
Garov sotib olinayotgan yangi avtomobil bo'lishi mumkin.
Rasmiy dilerlardan yangi avtomobillarni sotib olish imkoniyati.
Kredit uchun ta’minotlarning har xil turlari, jumladan, ko‘chmas mulk, avtotransport garovi, hamda jismoniy yoki yuridik shaxslarning kafolatlari qabul qilinadi.
- Ta’sischi, direktor, bosh buxgalter pasporti;
- Direktorni tayinlash to‘g‘risida buyruq;
- Guvohnoma (Sertifikat);
- Ta’sischilarning qarori;
- Litsenziyalar;
- Garov kadastri/texnik pasporti;
- Garovnning fotosuratlari; 
- Yetkazib beruvchi bilan shartnoma;
- Ijara kelishuvi/biznes yuritilayotgan
faoliyat manziliga mulkchilik huquqlari to‘g‘risida guvohnoma nusxasi;

Mazkur ro‘yxat kreditlash masalasini ko‘rib chiqish uchun yakuniy hisoblanmaydi, va Bank xodimlari ko‘rib chiqilayotgan loyihaga taalluqli boshqa ma’lumotlarni va hujjatlarni so‘rab olishi mumkin.
Jarima sanksiyalarisiz kreditni muddatidan oldin so'ndirish imkoni mavjud.
Korxonani ro‘yxatdan o‘tkazilgan muddati 1 yildan ortiq bo‘lishi kerak.
Kredit bo‘yicha asosiy foizdan tashqari, garovni sug‘urtalash va uni rasmiylashtirishga xarajatlar yuzaga kelishi mumkin.  Biroq, yashirin xarajatlar ko‘zda tutilmagan
Arizani ko'rib chiqish muddati taqdim etilgan hujjatlarning to‘laligiga bog‘liq holda 1 kundan 3 kungacha egallaydi.

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.

Xizmat sifatini yaxshilashda ishtirok eting
Iltimos, 3 ta savolga javob bering
So'rovnomaga o'tish