To'lov jadvali
Oy | Asosiy qarz | Kredit bo'yicha foiz | To'lovning umumiy miqdori | Qoldiq |
---|
Hisob-kitob yalpi ko'rinishga ega. Oylik to'lovning aniq summasi Bank tomonidan ariza ko'rib chiqilganidan so'ng aniqlanadi.
Kuch ishonchda
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2024 yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshiashga oid qo'shimcha chora-tadbirlari to’g’risida"gi 2024 yil 30 apreldagi PF-70-sonli Farmoniga muvofiq ipoteka krediti berish shartlari
Kreditning maqsadi - uy-joy sotib olish
Kreditlash manbai - O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining mablag'lari.
Qarz oluvchiga qo'yiladigan talablar - O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, 18 yoshdan 60 yoshgacha.
Muddati - 20 yil.
Imtiyozli davr - 6 oy.
Rasmiy daromadga ega bo'lgan jismoniy shaxslar uchun
- 15% boshlang'ich to'lovni to'lashda - yillik 18%;
- 40% boshlang‘ich to'lovning to'lashda - yillik 17,5%.
Rasmiy daromadi bo'lmagan jismoniy shaxslar uchun
- 40% boshlang‘ich to'lovni to'lashda - yillik 18%.
Kreditning maksimal miqdori
- Hududlarda - 330,0 mln so'mgacha;
- Toshkent shahrida - 420,0 mln so'mgacha.
Subsidiya berish to'g'risida xabar olgan shaxslar uchun
Boshlang‘ich to'lovning bir qismini qoplash uchun uy-joy narxidan qat'i nazar, 30 mln so'm miqdorida subsidiyalar ajratiladi.
So'nggi 5 yil ichida 12 foizli punktidan oshgan foiz stavkasining bir qismini qoplash uchun davlat byudjetidan subsidiyalar ajratiladi.
Foiz to'lovlarining bir qismini qoplash uchun ajratiladigan dastlabki to'lov va subsidiyalar sotib olingan kvartiraning maydoni va narxi cheklangan me'yordan va uy-joyning hisoblangan qiymatidan oshmagan hollarda to'lanadi.
Yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish masalalari bo'yicha bankimizning Toshkent shahridan tashqari barcha hududlardagi istalgan filialiga murojaat qilishingiz mumkin.
2.AJ"O'zmilliybank" o'z mablag'lari hisobidan beriladigan ipoteka krediti:
Uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditlari
Kredit muddati - 120 oy (imtiyozli davr 24 oygacha);
Standart
- 25% boshlang'ich badal to'langanda yillik - 26%
- 40% boshlang'ich badal to'langanda yillik - 24%
Ish haqi loyihasi ishtirokchilariga
- 25% boshlang'ich badal to'langanda yillik - 25%
- 40% boshlang'ich badal to'langanda yillik - 23%
"Ish joyidagi bank" loyihasi doirasida
- 25% boshlang'ich badal to'langanda yillik - 24%
- 40% boshlang'ich badal to'langanda yillik - 22%
Rasmiy daromadi bo'lmagan jismoniy shaxslar uchun - uy-joy qiymatining kamida 40% miqdorida boshlang‘ich to'lov.
Kreditning maksimal miqdori:
- uy-joy sotib olish uchun - cheklovsiz.
Sotib olinadigan uy-joy garov sifatida qabul qilinadi.
Oy | Asosiy qarz | Kredit bo'yicha foiz | To'lovning umumiy miqdori | Qoldiq |
---|
Hisob-kitob yalpi ko'rinishga ega. Oylik to'lovning aniq summasi Bank tomonidan ariza ko'rib chiqilganidan so'ng aniqlanadi.
Oxirgi yangilanish sanasi: 19.05.2024 12:59:14
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2024 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.
Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy
Iltimos, elektron pochta manzilingizga javobni kuting
Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.