Kuch ishonchda
Asos
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni PF-70 30.04.2024 yilMoliyaviy yordam turlari
- Yangi O‘zbekiston massivlarida qurilishni moliyalashtirishMoliyaviy yordam ajratish shartlari
Bank tomonidan qurilish pudrat tashkilotlarini Iqtisodiyot va moliya vazirligi (respublika budjeti) mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish
Moliyaviy resurslari hisobidan moliyalashtirish faqat: 2024-yil 1-maydan boshlab ko‘p qavatli uy-joylarni qurish huquqi “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi elektron reyting bahosi “C” va “CC” bo‘lgan qurilish tashkilotlariga ham beriladi (CCC, B, A reytinglar ham); Bunda - elektron reyting bahosi “S” bo‘lgan tashkilotlarga besh qavatdan yuqori bo‘lmagan; - “SS” bo‘lgan tashkilotlarga — to‘qqiz qavatdan yuqori bo‘lmagan uy-joylarni qurishga ruxsat etiladi; - “SSS” bo‘lgan tashkilotlarga — to‘qqiz qavatdan yuqori uy-joylarni qurishga ruxsat etiladi.Qurilish tashkilotlarining ro‘yxatini shakllantirish sharti
- Aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun kreditlar ajratiladigan qurilish tashkilotlarining ro‘yxati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda Markaziy bank tomonidan qurilish tashkilotlari reytingidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.Garov ta’minoti
- Kredit summasining 125% likvidli garov ta’minoti.O‘zmilliybank investitsiya banki sifatida o‘z mijozlariga qimmatli qog‘ozlar emissiyalari anderraytingi bo‘yicha xizmatlarni taklif qiladi. Bozorda investorlar orasida qimmatli qog‘ozlar joylashtirilishi respublika korxonalari uchun moliyaviy resurslarni jalb etishning samarali usuli hisoblanadi. Keyingi yillarda korporativ obligatsiyalar chiqarish yo‘li bilan respublika korxonalarining ehtiyojlarini moliyalash keng ommalashdi.
Korporativ obligatsiyalar, bu – emitent obligatsiyalar so‘ndirilgan kuni investorga nominal summani, shuningdek foizlarni to‘lash majburiyatini olganligini tasdiqlovchi qimmatli qog‘ozlar.
Korxonalarning korporativ obligatsiyalar chiqarishga qiziqishi ortayotganligini an’anaviy qarz vositalariga nisbatan bunday obligatsiyalarning afzalliklari mavjudligi bilan izohlanadi. Bular, xususan:
Ushbu vosita investorlarga ham katta imkoniyatlar beradi. Xususan:
Anderrayting jarayonida O‘zmilliybank obligatsiyalar chiqarish maqsadga qanchalik muvofiqligini aniqlash yuzasidan konsalting xizmatlarini taqdim etadi, shuningdek obligatsiyalar chiqarilishi va fond bozorida investorlar orasida kafolatli joylashtirilishini ta’minlaydi.
Anderrayting xizmatlari bozorida O‘zmilliybank yuritayotgan siyosat o‘z konservativligi hamda barcha ishtirokchi tomonlarga oid xatarlar real baholanishi bilan ajralib turadi.
Obligatsiyalar chiqarilayotganda mijozlarga barcha turdagi xizmatlarni taqdim etishga tayyor. Bular dastlabki mablaharlar berish, emissiyani davlat ro‘yxatga olish organida ro‘yxatdan o‘tkazish borasida ko‘maklashish, obligatsiyalarni investorlar orasida joylashtirish va to‘lov funksiyalarini amalga oshirish kabi xizmatlarni o‘z ichiga oladi.
Katta sarmoyaga ega. Bu esa unga bozorda marketmeyker vazifasini bajarish imkoniyatini beradi. Bunda emitentning kredit qobiliyati xatari potensial investorlar tomonidan O‘zmilliybankning to‘lovga layoqatsizligi xatari bilan birgalikda ko‘rib chiqiladi.
Mijozlar obligatsiyalarining emissiyalarini ko‘rib chiqish va tayyorlash jarayonida emitent va investorlarga oid xatarlarni sinchiklab tahlil qiladi hamda bu xatarlarni boshqarish choralarini belgilaydi. Bunday qilinishi esa bozor ishtirokchilarini maksimal darajada xatardan holi qilish imkonini beradi.
Moliyalashning boshqa vositalarini ham taklif etishga va ularni korxonaning ehtiyojlariga qarab qo‘llanishga tayyor.
Bank anderrayting xizmatlaridan tashqari, mijozlarga restrukturizatsiyalash va xususiylashtirish masalalari bo‘yicha ham maslahat xizmatlarini taklif etadi. Bunday xizmatlar ko‘rsatilayotganda O‘zmilliybank xorijiy sherik banklar keng tarmog‘iga egaligi uning afzalligidir. Zero, bu holat bankka ilg‘or nou-xau va potensial investorlarni O‘zbekiston bozoriga jalb etish imkonini beradi.
Oxirgi yangilanish sanasi: 04.10.2024 00:01:55
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2024 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.
Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy
Iltimos, elektron pochta manzilingizga javobni kuting
Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.