To'lov jadvali
Oy | Asosiy qarz | Kredit bo'yicha foiz | To'lovning umumiy miqdori | Qoldiq |
---|
Hisob-kitob yalpi ko'rinishga ega. Oylik to'lovning aniq summasi Bank tomonidan ariza ko'rib chiqilganidan so'ng aniqlanadi.
Kuch ishonchda
Arizani tezkor ko'rib chiqish
2024/2025 o'quv yilidan boshlab Oliy va professional ta'lim tashkilotlarida tahsil olish uchun ta'lim krediti faqat kunduzgi ta'lim shaklida o'qiyotgan talaba va o'quvchilarga Iqtisodiyot va moliya vazirligining "Ta'lim krediti" axborot tizimi (ta'lim-krediti.mf.uz) orqali bankka kelib tushgan arizalar orqali ajratiladi.
Kredit muddati
O’qish davridan kelib chiqqan holda 162 oygacha
Imtiyozli davr
O‘qish muddati+6 oy
Kredit summasi.
Birinchi kurs talabalari uchun to'lov-kontraktda belgilangan summa.
Oliy ta'lim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o'zlashtirishning o'rtacha ko'rsatkichi 3 bahodan past bo'lsa to'lov summasining 20% talaba tomonidan to'langandan so'ng ko'pi bilan 80% miqdorda ajratiladi (Ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan oila farzandlari bundan mustasno).
Foiz stavkasi
Markaziy bankning amaldagi asosiy stavkasi miqdorida. Agarda, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasayadi, Markaziy bankning asosiy stavkasi oshirilgan taqdirda esa ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoladi.
Ayollarga - yillik 14% - toʼlov-kontrakt asosida oʼquvchi ayollar uchun. Kredit boʼyicha hisoblangan foizlar Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditlarini moliyalashtirish jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan toʼlanadi
O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lgan talabalarga asosiy qarzi talabaning rasmiy o’qish muddati tugagandan so’ng, 7-oydan boshlab 7 yil davomida qaytarish sharti bilan beriladi. Kredit uchun foizlar kredit ajratilganidan boshlab hisoblanadi va to’lab boriladi.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ta'lim krediti ajratilmaydi.
Krеdit summasining 125 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda quyidagi ta’minot turlari taqdim etilishi mumkin:
uchinchi shaxs kafilligi;
kredit qaytmaslik xatarini sugurta qilinganligi bo‘yicha sugurta polisi;
mol-mulk garovi;
kredit oluvchining pasporti yoki ID kartasi;
talaba va ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt) va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi;
“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oila farzandlari uchun);
krеdit qaytarilishi ta’minotiga doir hujjatlar. “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalarning farzandlariga imtiyozli ta’lim kreditlari ajratilishida ta`minot talab etilmaydi.
Oy | Asosiy qarz | Kredit bo'yicha foiz | To'lovning umumiy miqdori | Qoldiq |
---|
Hisob-kitob yalpi ko'rinishga ega. Oylik to'lovning aniq summasi Bank tomonidan ariza ko'rib chiqilganidan so'ng aniqlanadi.
Oxirgi yangilanish sanasi: 13.10.2024 09:01:09
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2024 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.
Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy
Iltimos, elektron pochta manzilingizga javobni kuting
Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.