Kuch ishonchda

Milliydagi omonatlar

Omonatlaringizni yanada foydaliroq qiling!

MasterCard Virtual

Komissiyalarsiz onlayn to‘lovlar!

NBU ijtimoiy tarmoqlarda:

162 ta tadbirkorlik subyekti 90 mln. AQSh dollarlik eksport shartnomalarini imzolashga muvaffaq bo'ldi.

15.03.2016 1081

162 ta tadbirkorlik subyekti 90 mln. AQSh dollarlik eksport shartnomalarini imzolashga muvaffaq bo'ldi.

UzReport.uz

    Davlatimiz rahbarining  “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo'llab-quvvatlash borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Qaroriga muvofiq , O'zmilliybank huzurida “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi” tashkil etilgan bo'lib, ushbu jamg'arma biznes vakillari uchun xorijiy hamkorlar topish,  o'z mahsulotlarini chetga eksport qilishlarida amaliy ko'mak berib kelmoqda. O'zmilliybank tomonidan “Tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini qo'llab-quvvatlash masalalari”ga bag'ishlangan matbuot anjumanida jamg'arma faoliyatiga oid batafsil ma'lumot berildi.

  Tadbirda ma'lum qilinishicha, joriy yilning yanvar oyida O'zmilliybank huzuridagi jamg'arma 284 ta tadbirkorlik subyektiga tovar va xizmatlarni tashqi bozorga chiqarish bo'yicha huquqiy, moliyaviy va tashkiliy xizmatlar ko'rsatdi va buning natijasida 162 ta tadbirkorlik subyekti 90 mln. AQSh dollarilik eksport shartnomalarini imzolashga muvaffaq bo'ldi. Ular orasida 59 mln. AQSh dollarlik mahsulot eksport qilindi.

 Jumladan, tashqi bozorni o'rganishda 122 ta, chet ellik hamkorlarni topishda 50 ta, xalqaro ko'rgazmalarda ishtirok etish, sertifikatlar olish va bojxona rasmiylashtiruvlarida 69ta, shu bilan birga shartnomalar tuzish va ma'lumotlarni tashqi savdo aylanmasining yagona tizimiga kiritishda 43 ta kichik biznes vakillariga yordam berildi. Jamg'arma vakillarining aytishicha, kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari ishlab chiqarayotgan  mahsulotlar assortimenti va turlarini tizimli  asosda tahlil qilish, ularning tashqi bozordagi raqobatdoshlik darajasini aniqlash, buning asosida eksportga ishlab chiqarilayotgan tovarlarning jahon va mintaqaviy bozorlardagi talab, ehtiyojiga mos kelishini ta'minlashga qaratilgan izlanishlar olib borilmoqda.

  Tadbirda shuningdek, jamg'armaning 2016-yil uchun belgilab olingan ustuvor vazifalari xususida ham ma'lumotlar berildi.  Unga ko'ra,  joriy yil jamg'arma  tadbirkorlarning 1,5 mlrd. AQSh dollar miqdoridagi mahsulotlari  eksportni amalga oshirishga ko'maklashishi ko'zda tutilgan. 

UzReport.uz

0
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

"O`zmilliybank" AJdan “30 yil birgamiz” aksiyasi sovrinlarining uchinchi o‘yini g‘oliblari

07.12.2021

“O‘zmilliybank” AJ va Mastercarddan “Oltin aksiya”ning qimmatbaho sovg‘alari birinchi oraliq...

07.12.2021

“O‘zmilliybank” AJ: krеdit bo‘limi xodimlari malaka oshirmoqda

07.12.2021

“30 yil birgamiz ” aksiyasining qimmatbaho sovg‘alari oraliq o‘yinini o‘tkazish to‘g‘risida

07.12.2021

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

Haftasiga bir marta xabar yuboramiz va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 09.12.2021 12:38:32

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 15.02.2020 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2021 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Aloqa markazi

Aloqa ma'lumotlari

Aloqa markazining ish tartibi
dushanbadan jumagacha soat 9:00 dan 21:00 gacha

101 Amir Temur shoh ko‘chasi, Toshkent 100084

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.

Xizmat sifatini yaxshilashda ishtirok eting
Iltimos, 3 ta savolga javob bering
So'rovnomaga o'tish