2013 yilning yanvar-sentyabr oylarida mashinasozlik tarmog'i korxonalari tomonidan 8638,0 mlrd. so'mlik mahsulotlar ishlab chiqarilidi
23.10.2013
2503
UzReport 23.10.2013
Davlat statistika qo'mitasi 2013 yil yanvar-sentyabr oylarida respublikada mashinasozlik tarmog'ining rivojlanishi yakunlarini e'lon qildi. Unga ko'ra, joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida, mashinasozlik tarmog'i korxonalari tomonidan 8638,0 mlrd. so'mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, bu o'tgan yilning tegishli davriga nisbatan 124,7%ni tashkil qildi. Tarmoqda ishlab chiqarilgan jami mahsulotning respublika umumiy sanoati hajmidagi ulushi 19,7%ga yetdi.
Hisobot davrida 196,4 ming dona avtomobillar ishlab chiqarildi va o'tgan yil 9 oylik ko'rsatkichlariga nisbatan 10,3%ga o'sishga erishildi, shu jumladan yuk tashish avtomobillari ishlab chiqarish 74,2%ga, avtobuslar – 14,4%ga, maxsus avtomobillar – 49,7%ga, yengil avtomobillar (maxsus avtomobillarsiz) ishlab chiqarish 9,7%ga o'sdi.
Shu bilan bir qatorda, avtomobil dvigatellari (14,7 martaga), kuzovlar (9,4 martaga), avtomobil pritseplari va yarimpritseplar (2,0 martaga), avtomobil g'ildirak diskalari (48,9%ga) ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada oshdi.
O'tgan yilning yanvar-sentyabr davriga nisbatan, tarmoqning yirik korxonalari tomonidan qishloq xo'jalik texnikalarining quyidagi turlarini ishlab chiqarish hajmlari sezilarli darajada oshgan bo'lib, jumladan yig'ishtirib oluvchi press mashinalar ishlab chiqarish – 3,0 martaga, traktorlar – 2,3 martaga, boronalar – 1,9 martaga, traktor pritseplari – 1,7 martaga, g'alla o'rib-yig'adigan mashinalar – 46,4%ga, kultivatorlar ishlab chiqarish – 11,5%ga o'sgan.
Shuningdek, joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida quyidagi turdagi elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmining o'sishi ta'minlandi: ogohlantirish-himoya kabellari – (2012 yilning 9 oyiga nisbatan 1,8 martaga), kontaktli (trolleyli) izolyatsiyalanmagan simlar ishlab chiqarish (1,7 martaga), shahar telefon aloqasi kabellari (36,0%ga), maishiy o'tkazgichlar (29,2%ga), zirhli kabel (17,9%ga), o'rnatiluvchi o'tkazgichlar (10,8%ga), qobiqli simlar ishlab chiqarish (6,0%ga) oshdi.
Shu bilan birga, o'tgan yilning tegishli davriga nisbatan iste'mol tovarlarining quyidagi turlari, ya'ni yassi panelli televizorlar ishlab chiqarish – 14,1 martaga, DVD proigrыvatellar – 10,0 martaga, elektr choynaklar – 78,2%ga, energiya tejamli lampalar – 75,8%ga, kir yuvish mashinalari ishlab chiqarish – 28,8%ga o'sdi.