9-Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birjasi yakunlariga ko'ra mahsulot xarid qilish bo'yicha 11 trln. so'mlikdan ziyod shartnomalar tuzildi
10.11.2015
2732
Xalqaro sanoat yarmarkasi va Koopersion birja – respublikamiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirishga qaratilgan kooperatsiya va mahalliylashtirish loyihalarini ilgari surishning muhim vositasiga aylangan forumdir. Bu yil unda 2 mingdan ziyod mahalliy korxona va tashkilotlar ishtirok etdi. Shu va boshqa ma'lumotlar forum yakuniga bag'ishlangan matbuot anjumanida jurnalistlar e'tiboriga havola qilindi.
Matbuot anjumanida ma'lum qilinganidek, o'tgan 9-Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birja qatnashchilari tomonidan yurtimizning turli hududlari va sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarilayotgan 20 mingdan ziyod turdagi mahsulotlar namoyish etildi. Ta'kidlanishicha, ushbu tadbirda milliy ko'rgazma kompaniyasining barcha infratuzulmasidan foydalanildi. Bu esa 6 ta pavilon, 2 ta artrium, ochiq maydonchalar va konferensiya zallari demakdir. Yangi yaratilgan, qayta o'zlashtirilgan hamda eng avvalo import o'rnini bosuvchi mahsulotlar namoyishi uchun ajratilgan umumiy maydon 20 ming kvadrat metrni tashkil qildi.
Rizoqul Keldiyorov Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birja direksiyasining direktori UzReport AA muhbiriga bergan intervyusida shunday dedi:
Yarmarka doirasida sanoatning yetakchi tarmoqlari hamda hududlardagi istiqbolli kichik korxonalarning 99 ta taqdimoti o'tkazilib, ularda raqobatbardosh, import o'rnini bosuvchi mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishning salohiyati va kelajagi namoyish qilindi.
Shu bilan birga, 1300 ga yaqin chet el kompaniyalarining vakillari mamlakatimizning mahalliy xom-ashyodan foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarishning zamonaviy usullarini rivojlantirishda qo'lga kiritgan yutuqlari bilan tanishdilar.
Rizoqul Keldiyorov Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birja direksiyasining direktori UzReport AA muhbiriga bergan intervyusida shunday dedi:
Natijada, 9-Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birjasida ishtirok etgan korxonalar mahsulot xarid qilish bo'yicha 11 trln. so'mdan ziyod shartnomalar tuzishdi. Eksport shartnomalarining miqdori esa 8 mlrd. dollarni tashkil etadi.
Matbuot anjumani yakunida, shuningdek xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birjaning “Kooperatsion aloqalarni o'rnatish bo'yicha eng yaxshi ko'rsatkich”, “Sanoat kooperatsiyasiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini samarali jalb qilish” kabi yo'nalishlarda g'olib chiqqan ishtirokchilari taqdirlandi.
UzReport