Bankir kundaligi telegram kanaliga fuqaro Buriyev G‘ulomjon Bahodirovichning murojaatiga “O‘zmilliybank” AJning rasmiy munosabati
14.10.2022
370
Bankir kundaligi telegram kanalida 2022 yil 14 oktyabr kuni Milliy bank Qumqo‘rg‘on filialidan xizmatlar sohasi uchun kredit olishdagi muammolar yuzasidan eʼlon qilingan murojaat bo‘yicha O‘zmilliybankning Qumqo‘rg‘on filiali xodimlari tomonidan Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani Navro‘z mahallasida yashovchi fuqaro (bank mijozi bo‘lgan xususiy korxona ishonchli vakili) bilan uchrashgan holda o‘rganildi. Mijoz vakili bilan o‘tkazilgan suhbat davomida korxona ishonchli vakili:
Birinchi marotaba joriy yil fevral oyida kompyuter xizmatlarini tashkil etish maqsadida kredit olish rejasi bo‘lganligini va ushbu faoliyatini amalga oshirish uchun mo‘ljallagan binolarni ijaraga olish borasida bino egalari bilan shu vaqtda kelisha olmaganligi sababli dastlabki kredit hujjatlarini taqdim qilmaganligini bildirdi.
Ikkinchi marotaba joriy yil avgust oyida mebel ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish uchun asbob-uskunalar sotib olish maqsadida murojaat qilganligini, ammo ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun mo‘ljallagan binoda umumiy ovqatlanish nuqtasi tashkil etilganligi sababli dastlabki kredit hujjatlarini taqdim qilmaganligini maʼlum qildi.
Hozirda esa avtoservis hizmatini tashkil etish uchun kredit olish maqsadi borligini aytdi va bank mutaxassislari tomonidan kredit ajratish uchun zarur bo‘ladigan hujjatlar ro‘yhati berildi.
Mijoz vakili ushbu kreditni olish uchun zarur hujjatlar to‘plamini besh kunlik muddat ichida taqdim etishini bildirdi.
Suhbat davomida kredit ajratish uchun zarur hujjatlar, kredit taʼminoti hujjatlarini taqdim qilingandan so‘ng filial kredit qo‘mitasi tomonidan o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqishini tushuntirildi.
“O‘zmilliybank” AJ
Matbuot xizmati