"Bankir kundaligi” telegram kanalida eʼlon qilingan post yuzasidan RASMIY MUNOSABAT
21.08.2022
1388
Amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, tijorat banklari tomonidan mijozlarga kreditlar ajratishda loyihaning texnik iqtisodiy jihatdan samarali ekanligi, kreditning yetarli garov bilan taʼminlanganligi, faoliyatida doimiy daromadga ega bo‘lishi (to‘lovga layoqatli), yaʼni kredit shartnomasiga asosan to‘lovlarni to‘liq va o‘z vaqtida amalga oshirish qobiliyati muhim talablar hisoblanadi.
Mijoz kredit olishga ariza berilganida shu ma`lumotlar hujjatlar asosida o‘rnatilgan tartiblarda o‘rganib chiqiladi.
Avvalgi munosabatda bildirilganidek, Bank tomonidan Bank rahbariyati shaxsiy qabulini tashkillashtirishga yana bir bor tayyorligimizni maʼlum qilib, shaxsiy qabul kunlari va vaqtlari bankning rasmiy saytida keltirilganligini eslatib o‘tamiz. Mijoz tomonidan avvalgi munosabat bildirilganidan hozirga qadar shaxsiy qabulga yozilish uchun (+998 78 147-15-04 raqamiga) murojaat kelib tushmagan.
O‘zbekiston Respublikasining “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga asosan, bank tomonidan berilgan rasmiy munosabatda xam, xozir xam mijozlarning muhofaza qilinadigan maʼlumotlari oshkora qilinmagan holda sanalar, raqamlar va boshqa axborotlar berilmaganligini bildirib utamiz.
O‘z navbatida, korxonaga moliyalashtirish ochilgandan so‘ng, kredit hisobidan amalga oshiriladigan barcha to‘lovlarni amalga oshirish batamom mijozning talabiga muvofiq kredit shartnoma shartlari doirasida amalga oshiriladi.
Maʼlumki korxonalarning banklardagi hisobraqamlaridan to‘lovlarni amalga oshirish mijozlarning to‘lov topshiriqnomalariga asosan amalga oshiriladi.
Post eʼlon qilingan kunda, loyiha bo‘yicha moliyalashtirish ochilgan. Mijoz tomonidan taqdim etilgan to‘lov topshiriqnomasiga asosan, kredit mablag‘lari taʼminotchi korxona hisobraqamlariga o‘tkazib berilgan bo‘lgan.
Keyingi to‘lov esa taqdim etilgan to‘lov topshiriqnomasiga asosan, kredit mablag‘lari navbatdagi taʼminotchi korxona hisobraqamlariga o‘tkazib berilgan.
Bugungi kunda ham kreditning o‘zlashtirilmagan qismi mavjud. Uni ham, mijoz tomonidan to‘lov topshiriqnomasi bankka taqdim etilganda, taʼminotchi korxona hisobraqamiga o‘tkazib berilishi mumkinligini bildiramiz.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonunining 29-moddasiga asosan, murojaat anonim deb topilganda, ko‘rmasdan qoldirilishi qayd etilgan.
"O‘zmilliybank" AJ tomonidan dastlabki munosabatda murojaat anonim deb topilganligi qayd etilmagan, balki murojaat o‘rganilib, “anonim ko‘rinishida keltirilganligi va unda qayd etilgan holatlar mavhum aks ettirilganligi sababli, mijozning hududi, nomini aniqlash uchun mijoz bilan bog‘lanib, aniqlashtirishga to‘g‘ri kelganligini, bu esa muayyan vaqt talab etganligi” keltirilgan xolos.