Kuch ishonchda

Background
Visa Direct
Maxsus sa’y-harakatlarsiz darhol o‘tkazmalar!
Batafsil
Background
Milliydagi omonatlar
Omonatlaringizni yanada foydaliroq qiling!
Batafsil
1344
+998 78 148 00 10 Aloqa markazi:
Ish vaqti soat 9:00 dan 21:00 gacha
NBU ijtimoiy tarmoqlarda:

Davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlari ijrosining hisobot shakllari tasdiqlandi

20.11.2014 4506

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirining O'zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi, 166-moddasiga muvofiq,  Davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining ijrosi to'g'risidagi hisobotlarning shakllarini tasdiqlash va muddatlarini belgilash to'g'risida buyrug'i chiqdi.

Unga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi, Respublika yo'l jamg'armasi,  Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag'lar jamg'armasi, Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasi, Umumta'lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash va jihozlash jamg'armasi, Oliy o'quv yurtlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg'armasi va boshqa bir qator jamg'armalar byudjetlarining ijrosi to'g'risidagi choraklik va yillik hisobot shakllari tasdiqlandi.

Xujjatda belgilanganidek,  davlat maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlar har oyda davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining ijrosi to'g'risidagi hisobotlarni O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga choraklik hisobotni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda, yillik hisobotni esa O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot yilidan keyingi yilning 1 apreligacha topshiriladi.

 

 

UzReport

6
3



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

Haftasiga bir marta xabar yuboramiz va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 06.12.2023 16:23:32

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2023 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Texnik yordam NBU

Tarmoq

Xabar yuborildi!

Iltimos, elektron pochta manzilingizga javobni kuting

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Men sizning virtual yordamchingizman.
Yuklanmoqda...

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Выберите интересующую тему

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.

Xizmat sifatini yaxshilashda ishtirok eting
Iltimos, 3 ta savolga javob bering
So'rovnomaga o'tish