Kuch ishonchda

Background
Ta'lim krediti
Kunduzgi, kechki, sirtqi ta'lim shakllari uchun kredit
Batafsil
Background
Visa Direct
Maxsus sa’y-harakatlarsiz darhol o‘tkazmalar!
Batafsil
1344
+998 78 148 00 10 Aloqa markazi:
Ish vaqti soat 9:00 dan 21:00 gacha
NBU ijtimoiy tarmoqlarda:

Joriy yilda 353 ta qishloq mavzesi hududida namunaviy loyihalar asosida 10 mingta yakka tartibda uy-joylar barpo qilish rejalashtirilgan

12.06.2013 2343

    Milliy matbuot markazida O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki va «Qishloq qurilish bank» tomonidan "Qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida uy-joy qurilishini tashkil etish va kengaytirish" mavzuida matbuot anjumani o'tkazildi.
    Anjumanda ta'kidlanganidek, qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joylar qurish dasturidan ko'zlangan asosiy maqsad - qishloq aholi maskanlari qiyofasini me'moriy-loyihaviy jihatdan takomillashtirish, qishloq joylarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish orqali odamlarning turar joy sharoitini, turmush tarzini yanada yaxshilashdan iboratdir.
    Mamlakatimiz Prezidenti "Zamonaviy uy-joy qurilishi - qishloq joylarini kompleks rivojlantirish va qiyofasini o'zgartirish hamda aholi hayotining sifatini yaxshilash omili" mavzuida o'tkazilgan xalqaro konferensiyada "O'zbekiston barcha xalqaro moliyaviy tashkilotlar va moliya institutlari, chet el banklari va kompaniyalari, olimlar hamda ekspertlar bilan o'z oldiga qo'ygan maqsadni ro'yobga chiqarish -qishloqlarimiz qiyofasini tubdan o'zgartirish, qishloq aholisining hayot darajasi va sifatini yanada izchil oshirish, ularni rivojlangan davlatlardagi standartlarga yaqinlashtirishda hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdordir", deb alohida ta'kidlagan.
    Joriy yilda 353 ta qishloq mavzesi hududida namunaviy loyihalar asosida 10 mingta yakka tartibda uy-joylar barpo qilish rejalashtirilgan. Qishloq aholisining uy-joy sharoitlarini yaxshilash, turmush darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan va qiymati 1,4 trln. so'm bo'lgan ushbu loyihani amalga oshirishga mamlakatimizning yetakchi banklari "Qishloq qurilish bank", "Ipotekabank" va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki safarbar etilgan. O'tgan besh oy mobaynida ayni banklar tomonidan qariyb 450 mlrd. so'm kredit mablag'lari yo'naltirildi.
    Shuningdek, yakka tartibda uy-joy oluvchilar o'zlari tanlagan loyiha bo'yicha dastlabki badal sifatida uy qiymatining 25 foizini to'laydilar. Ularga qulay shartlar asosida uzoq muddatga - 15 yilga imtiyozli foiz stavkasi bo'yicha birinchi yil belgilangan foizni to'lamaslik sharti bilan 7 foiz miqdorida ipoteka krediti ajratilmoqda. Bu Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasidan 12 foiz pastdir.
    Inson salohiyatini har tomonlama rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish, qishloq va shahar o'rtasidagi tavofutni keskin qisqartirish choralari shular bilan cheklanmaydi. Bu yil ham keyinchalik ipoteka kreditlari orqali yosh oilalarga sotish uchun respublika mintaqalarida 105 ta ko'p kvartirali uy-joylar qurishga banklar tomonidan kredit mablag'lari berishni nazarda tutuvchi "Yosh oilalarga - uy-joylar" dasturi davom ettirilmoqda.
    Shu bilan birga, matbuot anjumanida qishloq joylarida uy-joy massivlarini qurish ishlari yakka tartibda uy-joy quruvchi tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan va ma'qullangan namunaviy loyihalar asosida, muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi ob'ektlari bilan birgalikda barpo etilayotgani, yangi qurilayotgan qishloqlar ravon yo'llar, suv va kanalizatsiya xizmati, gaz, elektr bilan ta'minlanmokda. Chakana savdo korxonalari va "Guzar" ko'rinishidagi savdo-maishiy majmualari barpo etilayotgani, tijorat banklarining ushbu loyihalarga ajratiladigan kreditlari, shubhasiz, qishloq joylarda xizmat ko'rsatish sohasi va chakana savdoni rivojlantirish, qishloqlarni obodonlashtirish va yangi ish o'rinlari yaratishga sharoit qilinayotgani ta'kidlab o'tildi. Banklarning joriy yil boshidan buyon ajratgan 315 mlrd. so'mlik kredit qo'yilmalari aynan xizmat ko'rsatish va servis sohasini rivojlantirishga yo'naltirildi.
    Matubot anjumanida O'zbekiston Respublikasi markaziy banki Kichik biznesni qo'llab-quvvatlashni muvofiqlashtirish departamenti boshqarma boshlig'i o'rinbosari Muxtor Shonazarovning “UzReport” AA muxbiriga bergan intervyusida shunday dedi:
– O'tgan “Mustahkam oila yili”da 8510 ta uy qurilib, 432,4 mlrd. so'mlik mablag' ipoteka krediti sifatida ajratilgan bo'lsa, joriy “Obod turmush yili”da ham 10 000 ta uy qurilib, 796 mlrd. so'mlik ipoteka krediti ajratilishi ko'zda tutilgan.
Qishloqlarda yuzaga kelayotgan zamonaviy sharoit oilaviy hayotning yangi mezonlarini belgilash imkonini bermoqsa.     Tijorat banklari tomonidan qishloqlarda yashovchi aholining uzoq muddat foydalanishga mo'ljallangan mahalliy uy-ro'zg'or buyumlarini harid qilishga bo'lgan ehtiyojini qondirishga ajratgan kreditlari miqdori 1 iyun holatiga 13,1 mlrd. so'mni tashkil etmoqda.
    Qishloq joylarini kompleks rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqarish quvvatlarini, shuningdek, mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo'yicha keng ko'lamli dasturlar bilan mutanosib ravishda amalga oshirilayotgani, qishloq hududlarining salohiyati va resurslaridan yanada samarali foydalanishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Qishloq joylariga kiritilayotgan investitsiyalar tabiiyki, kichik biznes rivojiga ko'maklashadi. O'tgan besh oy mobaynida oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish, tadbirkor ayollarni qo'llab-quvvatlashga ajratilgan tijorat banklari kreditlari hajmi 302 mlrd. so'mdan oshiq bo'lib, ulardan foydalanayotganlarning aksariyati qishloq tadbirkorlaridir.

UzReport 12.06.2013

0
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

Haftasiga bir marta xabar yuboramiz va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 28.03.2024 14:15:32

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2024 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Яндекс.Метрика

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Texnik yordam NBU

Tarmoq

Xabar yuborildi!

Iltimos, elektron pochta manzilingizga javobni kuting

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Men sizning virtual yordamchingizman.
Yuklanmoqda...

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Выберите интересующую тему

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.

Xizmat sifatini yaxshilashda ishtirok eting
Iltimos, 3 ta savolga javob bering
So'rovnomaga o'tish