MastеrKard kartasini O‘zmilliybankda oching
29.06.2021
1132
Joriy yilning 25 iyunidan boshlab "O`zmilliybank" AJ o'zining barcha filiallarida MasterCard xalqaro to'lov tizimining kartalarini ochish xizmatini joriy etmoqda.
Shuni ta'kidlash kerakki, ular O'zbekistonda eng ommabop, ishonchli va keng tarqalgan karta mahsulotlaridan biri hisoblanadi. PayPass texnologiyasidan foydalangan holda terminallarda tovar va xizmatlar uchun kontaktsiz to'lov, MasterCard SecureCode yordamida xavfsiz onlayn to'lovlar, eksklyuziv takliflar va chegirmalar ularning afzalliklari qatoriga kiradi.
Do'konlarda, restoranlarda, mehmonxonalarda va aeroportlarda to'lovlarni amalga oshirish uchun Siz MasterCard plastik kartalaridan foydalanishingiz mumkin. Bundan tashqari, internetdan foydalanib, ko'plab to'lovlarni uydan chiqmasdan amalga oshirish mumkin.
Bugungi kunda “O`zmilliybank” AJ o'z mijozlariga MasterCard xalqaro kartalarining keng turi - MasterCard Standard, MasterCard Gold, MasterCard Platinum va MasterCard World Elite premium kartalarini taqdim etadi. Milliy mobil ilovasida ochilishi mumkin bo'lgan MasterCard Virtual kartasini ham unutmaslik lozim.
Har bir karta muayyan ehtiyojlar uchun mo'ljallangan va o'ziga xos afzalliklarga ega. Shuni ham ta'kidlash kerakki, mijozning xohishiga ko`ra MasterCard to'lov kartasini AQSh dollari yoki so'mda, Platinum va World Elite status kartalarini esa AQSh dollari yoki Evroda ochish mumkin. Bankning MasterCard kartalarining katta afzalligi - bu minimal depozitning yo'qligi (MasterCard World Elite premium kartasi bundan mustasno). Savdo shoxobchalarida va Internetda barcha kartalarda naqdsiz to'lovlar komissiyasiz amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda eng asosiy narsa - sog'ligimizni asrash, chunki u bebahodir. Qolgan narsalar uchun MasterCard mavjud.