Kuch ishonchda

MasterCard Virtual

Komissiyalarsiz onlayn to‘lovlar!

Visa Direct

Maxsus sa’y-harakatlarsiz darhol o‘tkazmalar!

NBU ijtimoiy tarmoqlarda:

"O`zmilliybank" AJ omonatchilari diqqatiga

10.04.2020 1300

“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyati mamlakat rahbariyatining karantin shartlariga rioya qilish bo‘yicha talablarini bajarish hamda hozirgi vaqtda bank muassasalariga borish imkoni bo‘lmagan omonatchilarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida 2020 yil 10  apreldan boshlab saqlash muddati aprel-may oylarida tugaydigan milliy va xorijiy valyutadagi muddatli va jamg‘arma omonatlarning (Milliy mobil ilovasida ochilgan omonatlardan tashqari) saqlash muddati avval tuzilgan shartnomalar shartlarida Bank tomonidan 2 oyga prolongasiya qilinishini/uzaytirilishini ma'lum qiladi. 

Ko‘rsatilgan qo‘shimcha saqlash muddati mobaynida omonatchi omonatni yopish bo‘yicha ariza bilan murojaat qilgan taqdirda, foiz to‘lovlari har bir qo‘shimcha saqlangan kun uchun  shartnomada ko‘rsatilgan yillik foiz stavkasiga muvofiq amalga oshiriladi. 

Ko‘rsatilgan sanada saqlash muddati tugagan omonatlar egalari (Milliy mobil ilovasida ochilgan omonatlardan tashqari) Bank filialiga shaxsan tashrif buyurish orqali yoki omonat rasmiylashtirilgan filialning elektron pochtasiga (https://nbu.uz/uz/about-bank/branches-and-atms/) shaxsan qo‘lda yozilgan arizani, unga pasport va omonat daftarchasining nusxasini ilova qilgan holda, mudatli yoki jamg‘arma omonatning yangi shartnomasini tuzishlari mumkin. 

Qo‘shimcha ma'lumot uchun quyidagi telefonlarga murojaat qilishingiz mumkin: 

• (+998) 933-807-888; 

• (+998) 933-827-888; 

• (+998) 933-837-888; 

• (+998) 933-897-888; 

• (+998) 933-835-505; 

• (+998) 933-875-505.

1
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

“O‘zmilliybank” AJ Jizzax viloyatiga Prеss-tur tashkil etdi

20.05.2022

Yangi istiqbolli loyihalar – «O‘zmilliybank» AJ ning moliyaviy ko‘magi asosida

19.05.2022

Talabalarga bеrilayotgan kеng imkoniyatlar

19.05.2022

“O‘zmilliybank” AJ: talabalar uchun qo‘shimcha imkoniyat

18.05.2022

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

Haftasiga bir marta xabar yuboramiz va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 21.05.2022 09:00:01

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2022 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Aloqa markazi

Aloqa ma'lumotlari

Aloqa markazining ish tartibi
dushanbadan jumagacha soat 9:00 dan 21:00 gacha

101 Amir Temur shoh ko‘chasi, Toshkent 100084

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.

Xizmat sifatini yaxshilashda ishtirok eting
Iltimos, 3 ta savolga javob bering
So'rovnomaga o'tish