Kuch ishonchda

Background
Avto to‘lov
Bo‘sh vaqtingizdan zavqlaning!
Batafsil
Background
Milliydagi omonatlar
Omonatlaringizni yanada foydaliroq qiling!
Batafsil
1344
+998 78 148 00 10 Aloqa markazi:
Ish vaqti soat 9:00 dan 21:00 gacha
NBU ijtimoiy tarmoqlarda:

"O‘zmilliybank" AJ tomonidan Toshkent shahriga 1000 ta avtobus keltirildi

13.10.2023 338

Zamonaviy jamiyatning eng muhim talablaridan biri vaqtdan yutish bo‘lsa, keyingisi qulaylikka intilishdir. Bugun ana shu ehtiyoj kundalik turmushimizning eng asosiy faktoriga aylanib ulgurdi. Masalan, ertalab o‘rningizdan turasiz va kunlik rejalarni bajarish uchun istaysizmi-yo‘qmi, ko‘chaga otlanasiz. Kimdir shaxsiy, kim esa jamoat transportidan foydalanishiga to‘g‘ri keladi. Ammo bekatda avtobus kutish ba’zida toqatni toq qiladi. Qancha vaqt ketdi, degan o‘y ko‘ngilni xira qilishi tabiiy. Agar kelishilgan uchrashuv bo‘lsa bu kechikish sizga qimmatga tushishi ham mumkin. Yana bir tomoni esa, bugun poytaxtimizda aholi sonining tobora oshib borishi ham jamoat transportiga bo‘lgan talabning ortishiga xizmat qilmoqda.



Prezidentimizning 2023 yil 16 fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bu boradagi muammolarning ijobiy yechimi bo‘ldi deyish mumkin. Xususan, joriy yilning 26 may kuni davlatimiz rahbarining Chilonzor tumanidagi 7-avtobus saroyiga tashriflari chog‘ida “O‘zmilliybank” AJ zimmasiga ham qator vazifalar berilgan edi. Mazkur berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida "O‘zmilliybank" AJ tomonidan Transport vazirligi va “Toshshahartransxizmat” AJ mas’ul xodimlari bilan birgalikda bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, “O‘zmilliybank” AJ tomonidan Xitoy davlat taraqqiyot bankidan uzoq muddatga imtiyozli shartlarda kredit mablag‘lari jalb qilinib, Toshkent shahri jamoat transporti uchun Xitoydan 1 000 ta yangi avtobuslar olib kelindi. Natijada, “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi avtobus saroylarning jami 167 ta yo‘nalishlarga kunlik chiqarilayotgan avtobuslar soni 1700 taga, qatnovlar hisobiga kunlik yo‘lovchilar soni 900-950 mingtaga yetkazildi va yo‘lovchi tashish hajmi 2 barobarga o‘sishi ta’minlandi.


Sohada daromadlar hisobini samarali tashkil qilish va naqd pul tushumi yig‘ilishida shaffoflikni ta’minlash maqsadida, “O‘zmilliybank” AJning Toshkent shahar filiallari 8 ta avtobus saroylariga biriktirilib, Ishchi guruhlar tashkil etgan holda barcha avtobuslar “Brutto shartnomasi”ga asosan haftalik xronometrajga olindi. Xronometraj yakuni bo‘yicha, yo‘lovchilar soni va tushumlar “Toshshahartransxizmat” AJdagi mavjud elektron tizimlar bilan solishtirilib kelinmoqda.

Olib borilgan tadbirlar natijasida, sentyabr oyida aprel oyiga nisbatan avtobus saroylarida haftalik o‘rtacha tushum 4,5 mlrd. so‘mdan 6,5 mlrd. so‘mga, tashilgan yo‘lovchilar soni esa 4,2 mln. so`mdan 5,5 mln. gacha oshdi. Bunda, naqd pulsiz hisob-kitoblar ulushi 41 foizdan 51 foizga yetdi. Natijada, tushumlarning hisobga olinishi 80-85 foizdan 95-100 foizga (naqd pulda, transport kartasi, bank kartasi QR-kod va imtiyozli kartalar orqali to‘lovlar) ta’minlandi.


Shuningdek, jamoat transportiga yagona intellektual tizimini joriy qilish bo‘yicha ham choralar ko‘rilib, bugungi kunda xitoyning “Magnetic North” eng yetakchi kompaniyasi bilan ushbu yo‘nalishda ishlar olib borilmoqda. Eng asosiysi, yaratilgan sharoitlardan yo‘lovchilar mamnun. Bekatda uzundan-uzoq kutishlar oldi olindi va yo‘nalish bo‘yicha qo‘yilgan avtobuslar soni ko‘paydi.

- Qish qahratoni va yoz jaziramasida bekatda avtobus kutish azob edi. Kamiga yetib kelgan transportdagi tirbandlikni ko‘rib, navbatdagisini kutishga to‘g‘ri kelardi. Bu ayniqsa, ishga yoki o‘qishga shoshilayotgan yo‘lovchilarga noqulaylik tug‘dirardi, - deydi Shoyim Boltayev. – Men pensionerman. Har doim jamoat transportidan foydalanaman. To‘g‘risini aytsam, keyingi 3-4 oyda shahrimizda avtobuslar qatnovi ko‘paydi. Yangi, zamonaviy transportlarda eson-omon manzilga yetib olyapmiz.

Jamoat transportining yo‘lovchilarga yaxshi xizmat ko‘rsatishi, shubhasiz uni boshqaradigan haydovchiga ham bog‘liq. Haydovchining ko‘rinishi, muomalasi, malakasi va mahorati yo‘lovchining ham kayfiyatiga ta’sir o‘tkazadi.

- Ilgari kunlik pul tushumi bo‘yicha planimiz bor edi, - deydi haydovchi Dilmuhammad Amirqulov. - Haydovchi rulni ushlaganidan boshlab toki ishini tamomlaguniga qadar ana shu belgilangan rejani bajarish haqidagi fikr bilan yurardi. Bu o‘z-o‘zidan ishimizga ham xalaqit bergan paytlar ko‘p bo‘lgan. Sababi jamoat transportiga turfa xarakterdagi odamlar chiqadi va haydovchining holati bilan hisoblashishmaydi. Endi esa "plan" degan narsalar olib tashlandi. Elektron tizim asosida yo‘lovchilardan yo‘l haqi olish imkoni yo‘lga qo‘yildi. Oylik maoshlarimiz qariyb 2 barobarga ko‘tarildi. Xullas, tizimdagi yangiliklar ham haydovchi, ham yo‘lovchi uchun qulaylik yaratmoqda.


Avvallari kunlik planni topshirish uchun uzundan uzoq kassada navbat hosil bo‘lardi, - deydi haydovchi Isroil Xudoyberdiyev. - Hozir tizim soddalashtirildi, ya’ni qulay bo‘ldi. Bank bilan olib borilgan hamkorlik natijasida ishimiz ancha osonlashdi. Qolaversa, ilgari men yuradigan yo‘nalishimda 7 ta avtobus yurgan bo‘lsak, endilikda bu yo‘nalishda 11 ta avtobus qatnayapmiz.

Kelgusida ham yuqoridagi tadbirlar davom ettirilib, Toshkent shahrida jamoat transporti sonini ko‘paytirish va unda pul tushumlarining o‘z vaqtida va to‘liq miqdorda bank kassalariga kirim qilish ishlari nazoratga olinadi va zaruriy choralar ko‘riladi.

https://uzreport.news/society/o-zmilliybank-tomonidan-toshkent-shahriga-1000-ta-avtobus-keltirildi

0
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

Leapmotor avtomobillari uchun "O`zmilliybank" AJdan avtokrеdit

“O‘zmilliybank” AJ Е-auksion savdolariga taklif etadi

“O‘zmilliybank” AJ: iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlaymiz

“Global Money Week” global ta’lim kampaniyasi

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

Haftasiga bir marta xabar yuboramiz va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 08.05.2024 11:01:16

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2024 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Яндекс.Метрика

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Texnik yordam NBU

Tarmoq

Xabar yuborildi!

Iltimos, elektron pochta manzilingizga javobni kuting

Mavzular ro'yxatiga qaytish


Правила выдачи кредитов частным лицам
Определение кредитоспособности заемщика
1.1. При выдаче кредита частному лицу банк проводит анализ кредитоспособности заемщика.
1.2. Кредитоспособность заемщика определяется на основании его финансовой и кредитной истории, а также текущей финансовой ситуации.
1.3. Для определения кредитоспособности могут быть использованы следующие критерии
Условия выдачи кредита
При выдаче кредита частному лицу банк устанавливает следующие условия:

  • сумма кредита;
  • процентная ставка;
  • срок погашения кредита;
  • график платежей

Javob qanchalik foydali bo'ldi?

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Men sizning virtual yordamchingizman.
Yuklanmoqda...

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Выберите интересующую тему

O‘zmilliybankning yordam stoli


Qiziqarli mavzuni tanlang

Kartani blokdan chiqarish uchun karta ochilgan filialga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat etishingiz lozim.
Uzcard kartasi sms xabarnomasi bankomat orqali yoqish mumkun. Humo kartasining sms xabarnomasi karta ochilgan filial orqali yoqiladi.
Milliy va xorijiy valyutadagi barcha kartalarga Milliy ilova yordamida masofadan turib buyurtma berishingiz mumkin.
  • Agar Siz kartangizning PIN-kodini unutgan bo’lsangiz karta ochilgan bank filialiga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz lozim.
  • Kartangiz (UzCard/HUMO) yo’qolganda bankning “Milliy” ilovasi orqali o’zingiz bloklashingiz yoki bankning (78) 148- 00 10 raqamiga qo’ng’iroq qilib operatorlardan kartani bloklashini so’rashingiz mumkin.
Identifikatsiya qilish jarayoni masofadan turib, bevosita Milliy ilovasining o‘zida amalga oshiriladi. Buning uchun ilovaning asosiy ekranida yuqori chap burchakdagi photo_2023-04-28_11-16-22.jpg belgini bosing va menyudan "Identifikatsiya" opsiyasini tanlang va uning barcha bosqichlaridan o'ting.
  • Milliy ilovada ro’yhatdan o’tgan raqamni o’zgartirish uchun o’zingizga qulay bo’lgan O’zmilliybank filialiga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz mumkin.
  • Elektron hamyon- pul mablag’larni saqlash, shuningdek, hisobiga yoki bank kartasiga ilova orqali pul o’tkazish imkonini beruvchi tizim.
  • Parolni tiklash orqali “maxfiy savolga javob”ni kiritasiz.
Milliy bankda hozirda “Western Union”, “MoneyGram”, “Золотая Корона”, “Asia Express”, “Contact”, “Юнистрим”, “Swift” hamda “Сбер Банк” xalqaro pul o’tkazmalari mavjud.
Milliy mobil ilovasi foydalanuvchilari Rossiyadan pul o‘tkazmalarni "Sberbank onlayn" servisi yordamida milliy valyutadagi elektron hamyonga, Milliy bankning UzCard yoki HUMO kartasiga olishi mumkin.

O‘tkazma rublda amalga oshiriladi- elektron hamyonga yoki kartaga kelib tushishida u avtomatik tarzda so‘mga konvertatsiya qilinadi. Qo’shimcha komissiyalar undirilmaydi.
  • Visa Direct - “Milliy” mobil ilovasi orqali dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlariga, shu jumladan O'zbekiston banklarining Visa kartalariga mablag' yuborish xizmati hisoblanadi.
  • shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat
  • o’tkazma nazorat raqami
  • jo’natuvchining ism Sharifi
  • jo’natuvchining mamlakati
  • kutilayotgan pul miqdori
  • NBFAUZ2X
O'zmilliybank omonatlarini “Milliy” ilova orqali masofadan ochish, to’ldirish va mustaqil monitoring qilish imkoniyatlarii mavjud.
  • Omonatingizni tasarruf etish huquqini uchinchi shaxsga berish uchun Notarial idora orqali tasdiqlangan ishonchnoma bo’lishi lozim.
  • Yo’q. Onlayn omonat ilova orqali yopiladi.
  • Kapitalizatsiya bu hisoblangan foizlarni omonatning asosiy summasiga qo’shish.
  • Ularda pul mablag’lari uchun qat’iy belgilangan muddat mavjud emas va omonatchi istalgan vaqtda o’z mablag’larini olishi mumkin.

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.

Xizmat sifatini yaxshilashda ishtirok eting
Iltimos, 3 ta savolga javob bering
So'rovnomaga o'tish