Kuch ishonchda

Background
Qo'shimcha to'lovlarsiz qismlarga bo'lib sotib oling
Ustama narxlarsiz, 0 so’m boshlang’ich to’lov, 12 oygacha. O’zbekiston bo’ylab minglab do’konlar.
Batafsil
Background
Ta'lim krediti
Kunduzgi, kechki, sirtqi ta'lim shakllari uchun kredit
Batafsil
1344
+998 78 148 00 10 Aloqa markazi:
Ish vaqti soat 9:00 dan 21:00 gacha
NBU ijtimoiy tarmoqlarda:

“O`zmilliybank” AJ va «LBBW» banki 100 million yevrolik kelishuv imzoladi

02.05.2023 119

Joriy yilning 2 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Germaniya Federativ Respublikasiga yuqori darajadagi tashrifi arafasida Germaniyaning yetakchi kompaniyalari va ikki mamlakat moliya institutlari ishtirokida O‘zbekiston-Germaniya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

Biznes-forum doirasida O‘zbekiston va Germaniya ishbilarmon doiralari o‘rtasida kelishuvlaning katta to‘plami imzolandi. Forum davomida oʻzaro hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari va yangi oʻsish nuqtalarini amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Biznes-forum maydonida tuzilgan muhim shartnomalar qatorida “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ (keyingi o‘rinlarda – “O`zmilliybank”) va Landesbank Baden-Württemberg (keyingi o'rinlarda - LBBW) o‘rtasida imzolangan 100 million yevro miqdorida kredit liniyasini jalb qilish bo‘yicha hamkorlik kelishuvi ham bor.

Bitim “O`zmilliybank”ka eksklyuziv shartlarda investitsiya loyihalarini, shu jumladan to‘qimachilik sanoati va muqobil energetika sohasidagi “Euler Hermes” eksport-kredit agentligi qoplamasi ostida uzoq muddatli va imtiyozli moliyalashtirishni jalb qilish imkonini beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-yanvardagi PQ-2-sonli qarorini bajarish maqsadida Germaniya tomoni bilan LBBW kredit liniyasi orqali loyiha qiymati 143 million yevro bo‘lgan to‘qimachilik sanoati loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish 2 000 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishiga va bu tarmoqning eksport salohiyatini 100 million yevrodan ortiq miqdorga oshirishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqoridagi Farmoniga muvofiq to‘qimachilik sohasida loyihalarni amalga oshirish, to‘qimachilik mahsulotlarini yuqori texnologiyali ishlab chiqarish darajasida tashkil etishni, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tayyor va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni 2,1 barobar va eksport ko'rsatkichi 2,6 barobar oshirishni, shuningdek, mavjud korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishni ta’minlaydi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi to‘qimachilik sanoati yuqori sur’atlarda rivojlanmoqda, bunga keng xomashyo bazasining mavjudligi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga talabning tobora ortib borayotgani hamda qulay investitsiya siyosati mamlakatga xorijiy investitsiyalar oqimini rag'batlantiradi.

Ma’lumot uchun: LBBW 1818-yilda tashkil etilgan bo‘lib, aktivlari 324,1 milliard yevro, kapitali – 15,4 milliard yevro va foydasi – 1,5 milliard yevroni tashkil etgan, Germaniyaning federal yerlari (Baden-Vyurtemberg, Reynland-Pfalz, Saksoniya) yirik universal bank hisoblanadi. LBBW biznes-modeli korporativ va xususiy mijozlarga, jamg'arma kassalariga xizmat ko'rsatishga qaratilgan. Bank, shuningdek, Baden-Vyurtemberg, Reynland-Pfalz va Saksoniyadagi omonat kassalari uchun markaziy bank vazifasini bajaradi.

0
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

Haftasiga bir marta xabar yuboramiz va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 22.09.2023 00:09:32

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2023 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Texnik yordam NBU

Tarmoq

Xabar yuborildi!

Iltimos, elektron pochta manzilingizga javobni kuting

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Men sizning virtual yordamchingizman.
Yuklanmoqda...

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Выберите интересующую тему

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.

Xizmat sifatini yaxshilashda ishtirok eting
Iltimos, 3 ta savolga javob bering
So'rovnomaga o'tish