Kuch ishonchda

Background
Avto to‘lov
Bo‘sh vaqtingizdan zavqlaning!
Batafsil
Background
Solfy muddatli to'lov kartasi
Foizsiz to'lash bilan xarid qilish
Batafsil
1344
+998 78 148 00 10 Aloqa markazi:
Ish vaqti soat 9:00 dan 21:00 gacha
NBU ijtimoiy tarmoqlarda:

“O‘zmilliybank” AJ va uning “Aziya-Invest Bank” AJ sho‘ba banki va “Solidarnost'” AJ TB bilan birgalikda Rossiyadan “kartadan/hisobdan kartaga” o‘tkazmalarni amalga oshirishni boshladi

02.10.2021 980

Rossiya Federatsiyasida ishlab turgan yoki ishlashga ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun mahsulotlar turini kengaytirish maqsadida, O‘zmilliybank va uning Aziya-Invest Bank sho‘ba banki tomonidan Rossiya Federatsiyasining “Solidarnost'” Aksionerlik jamiyati banki kartalari va hisob raqamlaridan “O‘zmilliybank” AJ ning bank kartalariiga mablag‘larni o‘tkazish bo‘yicha yangi loyiha amalga oshirildi. 

Ma'lumot uchun: “Solidarnost'” AJ TB 1990 yilda tashkil topgan bo‘lib, mintaqaviy bo‘limlariga ega universal bank hisoblanib, asosiy e'tibor chet el fuqarolari uchun mo‘ljallangan mahsulotlarga qaratiladi, shuningdek,  Moskvaga ishga joylashish uchun kelgan chet el fuqarolarini (mehnat patenitini olish, vaqtinchalik yashab turish, yashash  uchun ruhsatnomalar va boshqalar) qonuniylashtirish amalga oshiriladigan  “Saxarovo” Ko‘pfunksiyali Migrasion markaziga tashrif buyuruvchilarga ham xizmat ko‘rsatadi. Yashash maqomini qonuniylashtirish bilan bir qatorda, bilan bir qatorda, Ko‘pfunksiyali Migrasion markaz hududida «Solidarnost'» Bankibank xizmatlarining to‘liq spektrini (hisob raqamlari ochish, bank kartalari chiqarish, pul o‘tkazmalari, valyuta ayriboshlash va h.k) taqdim etadi.

“O‘zmilliybank” AJ va Rossiyaning boshqa hamkor-banklari bilan kartadan kartaga pul o‘tkazmalari bo‘yicha loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Ushbu xizmat turi qulayligi (o‘tkazmalar qabul qiluvchining telefon raqami orqali amalga oshiriladi) tunu-kun  mavjudligi va harajatlarning minimalligi tufayli qulay xizmat turi hisoblanadi. Muhojirlarga Rossiya Federatsiyasiga kelgan paytlaridan boshlab xizmat ko‘rsatishda “Solidarnost'” Banki bilan hamkorlik qilish, vatandoshlarimizning Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turgan paytlari “Saxarovo” KMM markazida ko‘rsatiladigan xizmatlar kabi qulayliklar yaratuvchi maqsadli xizmat ekanligini “O‘zmilliybank” AJ Chakana blok boshqaruvchi direktori I.I.Mamajonov ta'kidlab o‘tdi.

“Solidarnost'” AJ TB Boshqaruv Raisi o‘rinbosari I.X.Saidmuradovning ta'kidlashicha: “Aziya-Invest Bank” an'anaviy transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha asosiy hamkori hisoblanadi. “AziyaEkspress”  pul o‘tkazmalari tizimi (Aziya-Invest Bank pul o‘tkazmalari tizimi) Bankimizning chakana savdo tarmog‘iga va mobil ilovasiga integratsiya qilish loyihasi amalga oshirilgan. 

“O‘zmilliybank” AJ va “Aziya-Invest Bank” AJ hamkorligidagi “plastik kartochkadan yoki hisob raqamidan kartochkaga” (r2r) pul o‘tkazmalarini amalga oshirish xizmatini ishga tushirish bizning O‘zbekistondan kelgan mehnat migrantlari uchun to‘laqonli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha strategiyamizning mantiqiy davomi hisoblanadi. Mamnuniyat bilan ta'kidlashim mumkinki, bizning mahsulotimiz jozibadorligi Rossiya Federatsiyasidagi P2P o‘tkazmalari bozoridagi eng hamyonbop narxga ega ekanligidadir. 

“Aziya-Invest Bank” AJ biznesni rivojlantirish Boshqarmasi boshlig‘i Sh.Turaeva ta'kidlashicha: “Aziya- Invest Bank “AziyaEkspress” pul o‘tkazmalari tizimini hamkor banklar va chakana savdo nuqtalarini ko‘paytirish orqali yanada rivojlantirmoqda. Bugungi kunda RF bo‘ylab 1500 ta chakana savdo nuqtalarida xizmatlarni ko‘rsatib kelmoqdamiz. 

O‘zmilliybank – bizning asosiy aksionerimiz hisoblanadi. “Aziya-Invest Bank” AJ  Rossiyadagi yagona “rubl'-so‘m” valyuta juftligini kotirovka qiluvchi yagona bank hisoblanadi. Pul o‘tkazmalari bozorining rossiyalik ishtirokchilari uchun “rubl'-so‘m” valyuta juftligi konvertasiyasini amalga oshirish imkoniga ega. 

Mazkur operatsiya to‘lovlar qiymatini optimallashtiribgina qolmay, kelgusida milliy valyutalarda o‘zaro hisob-kitoblarga bosqichma-bosqich o‘tish to‘g‘risidagi O‘zbekiston-Rossiya hukumatlararo bitimlarini amalga oshirishda asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi.

“Aziya-Invest Bank” AJ O‘zmilliybank ko‘magida Rossiyada o‘z mehnat faoliyatini olib borayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini shakllantirish hamda Rossiya hamkor banklari bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eng qulay bank xizmatlarini yaratish, xizmat turlarini yanada kengaytirish bo‘yicha istiqbolli rejalari borligini ma'lum qiladi.

0
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

Haftasiga bir marta xabar yuboramiz va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 29.11.2023 00:19:33

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2023 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Texnik yordam NBU

Tarmoq

Xabar yuborildi!

Iltimos, elektron pochta manzilingizga javobni kuting

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Men sizning virtual yordamchingizman.
Yuklanmoqda...

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Выберите интересующую тему

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.

Xizmat sifatini yaxshilashda ishtirok eting
Iltimos, 3 ta savolga javob bering
So'rovnomaga o'tish