“O‘zmilliybank” AJ xorijiy valyutada muddatli omonatlarni taklif etadi
13.04.2023
594
“O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT MILLIY BANKI” AJ XORIJIY VALUTADA MUDDATLI OMONATLARNI TAKLIF ETADI
“IMKONIYAT 1.0”
• Omonat muddati - 13 oy;
• Yillik foiz stavkasi Bank filialida rasmiylashtirilgan holda va “Milliy” mobil ilovasida ochilganida – yillik 6,5%.
• Minimal boshlang'ich badal – 100 AQSh dollari;
• Qo‘shimcha badallar naqd va naqdsiz pul ko‘rinishida omonatning butun amal qilish muddati davomida qabul qilinadi;
• Hisoblangan foizlar har oyda to‘lanadi. Talab qilib olinmagan foizlar kapitalizatsiya qilinmagan holda talab qilib olinguncha hisob raqamiga/elеktron hamyonga o‘tkaziladi;
• Omonat muddatidan oldin bekor qilingan holda yillik foiz stavkalari:
- 2 oygacha - 0%;
- 2 oydan ortiq muddatga - 3%.
“IMKONIYAT 2.0”
• Omonat muddati - 18 oy;
• Yillik foiz stavkasi:
- Bank filialida rasmiylashtirilgan holda – 6,75%;
- “Milliy” mobil ilovasida ochilganida – yillik 7%.
• Minimal boshlang'ich badal – 100 AQSh dollari;
• Qo‘shimcha badallar naqd va naqdsiz pul ko‘rinishida omonatning butun amal qilish muddati davomida qabul qilinadi;
• Hisoblangan foizlar har oyda to‘lanadi. Talab qilib olinmagan foizlar kapitalizatsiya qilinmagan holda talab qilib olinguncha hisob raqamiga/elеktron hamyonga o‘tkaziladi;
• Omonat muddatidan oldin bekor qilingan holda yillik foiz stavkalari:
- 2 oygacha - 0%;
- 2 oydan 13 oygacha – 3%;
- 2 oydan ortiq muddatga – 3,5%.
Omonatlarga mablag‘larni qabul qilish muddati 2023-yil 12-apreldan 31-maygacha. Biroq, bank zarur hollarda mablag‘larni olishni to‘xtatib turish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
“UNIVЕRSAL”
• Omonat muddati - 13 oy;
• Yillik foiz stavkasi Bank filialida rasmiylashtirilgan holda va “Milliy” mobil ilovasida ochilganida – yillik 3%.
• Minimal boshlang'ich badal – 100 AQSh dollari;
• Qo‘shimcha badallar naqd va naqdsiz pul ko‘rinishida omonatning butun amal qilish muddati davomida qabul qilinadi;
• Omonat bo‘yicha kirim va chiqim operatsiyalari 100 AQSh dollari miqdoridagi kamaytirilmaydigan qoldiq qolgan taqdirda mavjud.
• Hisoblangan foizlar har oyda to‘lanadi. Talab qilib olinmagan foizlar kapitalizatsiya qilinmagan holda talab qilib olinguncha hisob raqamiga/elеktron hamyonga o‘tkaziladi;
• Omonat muddatidan oldin bekor qilingan holda yillik foiz stavkalari:
- 2 oygacha - 0%;
- 2 oydan ortiq va 13 oydangacha muddatga - 1%.
Omonatga mablag‘larni qabul qilish muddati 2023-yil 12-apreldan 31-iyuligacha. Biroq, bank zarur hollarda mablag‘larni olishni to‘xtatib turish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Depozitlarni masofadan ochish masofaviy xizmatlar ko'rsatish shartnomasi shartlariga muvofiq amalga oshiriladi (ommaviy oferta).
Jamg‘armalarining boshqarilishini bizga ishonib topshirganlar farovonligi uchun o‘zimizni mas’ul dеb hisoblaymiz!
Qo‘shimcha ma’lumotlarni https://nbu.uz/uz/physical/deposits/
havolasi orqali, istalgan filiallaridan yoki 1344 tеlеfon raqami orqali olishingiz mumkin.