Kuch ishonchda

Avto to‘lov

Bo‘sh vaqtingizdan zavqlaning!

Milliydagi omonatlar

Omonatlaringizni yanada foydaliroq qiling!

NBU ijtimoiy tarmoqlarda:

"O‘zmilliybank" AJdan aksiya: Visa kartalari o‘rtasida komissiyasiz o‘tkazmalar!

18.06.2020 1653

"O‘zmilliybank" AJ  Visa International xalqaro to‘lov tizimining shartlari va qoidalariga muvofiq realizasiya qilingan Visa to‘lov kartalarining egalari uchun 2019 yilning dekabrida O‘zbekistonda ilk bor Visa Direct innovasion xizmatini ishga tushirdi. Mazkur xizmat Milliy mobil ilovasida kartadan kartaga pul mablag‘larini o‘tkazish imkonini beradi.

Bankimizning mijozlari - Visa kartalarining egalari, endi hech qanday qog‘ozlarsiz, navbatlarsiz va boshqa qiyinchiliklarsiz 24/7 rejimida O‘zbekiston bo‘yicha qarindosh va yaqinlariga va MDH davlatlariga pul o‘tkazishlari mumkin. O‘tkazmani amalga oshirish uchun mijozga Visa kartasi raqamini, oluvchining ismi va familiyasini bilishning o‘zi kifoya.

Yangi xizmat bilan o‘tkazmani yuboruvchi endi ataylab bankka borishi va oluvchining aniq rekvizitlarini bilishi shart emas, oluvchi ham, o‘z navbatida, bankka borishi shart emas - mablag‘lar uning kartadagi hisob raqamiga tushadi. 

"O‘zmilliybank" AJ  Visa International XTT bilan birgalikda Aksiya o‘tkazmoqda, unga ko‘ra Visa Direct xizmati orqali barcha o‘tkazmalar komissiyasiz amalga oshiriladi.  

Shu qatorda, Aksiyadan tashqari "O‘zmilliybank" AJning Visa kartasidan O‘zbekistondagi va MDHdagi har qanday banklarning Visa kartalariga o‘tkazmalar amalga oshirilganda 0,5% miqdorda komissiya undiriladi.  Milliy mobil ilovasida "O‘zmilliybank" AJning Visa kartalari o‘rtasidagi o‘tkazmalari komissiyasiz, bepul amalga oshiriladi.

Shuningdek, kartadan pul mablag‘larini o‘tkazishda bitta operatsiyaning summasi bo‘yicha cheklovlar ham mavjud. O‘rnatilgan limit sutkada 500 AQSh dollarini tashkil qiladi.

Visa Direct - har joyda mavjudligi omilidan, iqtisodiy samaradorligi va Visa global tarmog‘ining tezligidan foydalanib, to‘lovlarni real vaqt rejimida amalga oshirish imkonini beruvchi texnologiya. Bu har xil banklar o‘rtasidagi Visa kartasiga o‘tkazma bo‘lsa ham, pullar darhol tushadi.

11
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

“O‘zmilliybank” AJ Toshkеnt shahari bo`yicha Press-tur tashkil etdi

20.09.2021

Hurmatli fuqarolar!

17.09.2021

Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va xizmatlar sifatini oshirish – iqtisodiy o‘sish garovidir

09.09.2021

Muxbir Daliyevning tеlеgram kanali orqali bеrilgan murojaatga munosabat

08.09.2021

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

Haftasiga bir marta xabar yuboramiz va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 20.09.2021 12:41:59

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 15.02.2020 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2021 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Aloqa markazi

Aloqa ma'lumotlari

Aloqa markazining ish tartibi
dushanbadan jumagacha soat 9:00 dan 21:00 gacha

101 Amir Temur shoh ko‘chasi, Toshkent 100084

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.

Xizmat sifatini yaxshilashda ishtirok eting
Iltimos, 3 ta savolga javob bering
So'rovnomaga o'tish