O'zmilliybank yoshlar biznes g'oyalarini qo'llab-quvvatlashga kreditlar ajratadi
23.07.2021
3550
Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalash uchun kreditlar ajratish shartlari
Normativ huquqiy asoslar:
1) O‘zbekiston Respubliksi Prezidentining 21.04.2021 yildagi “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5088 sonli qarori;
2) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.05.2021 yildagi “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi hamda yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risida nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi
294-sonli qarori.
Kredit maqsadi: Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish
Kredit liniyasi miqdori: respublika bo‘yicha 100 mln. AQSh doll.
Kredit oluvchi: yuridik shaxs sifatida tashkil etilgan yosh tadbirkor;
Kreditlashning ustuvor yo‘nalishlari: yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida faoliyat yuritayotgan yosh tadbirkorlarning investision loyihalari;
Kredit miqdori: bir tadbirkorlik sub'ekti uchun kreditlash miqdori 100 ming AQSh dollari ekvivalentigacha;
Kredit muddati: 7 yil, shu jumladan imtiyozli davr 3 yilgacha;
Foiz stavkasi: Milliy valyutada - 14 foiz; Xorijiy valyutada – 3 foiz.
Kredit ta'minoti:
- Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining kafilligi (kredit summasining 50 foizigacha miqdorida, biroq 500 mln. so‘mdan oshmagan miqdorda);
- Ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan sug‘urta tashkilotlarining sug‘urta polisi (kreditlarning 50 foizigacha miqdorida, biroq 500 mln. so‘mdan oshmagan miqdorda).
Moliyalashtiruvchi banklar: O‘zmilliybank, Asakabank, Xalq banki, Ipoteka-bank, O‘zsanoatqurilishbank, Agrobank, Turonbank, Aloqabank, Mikrokreditbank, Qishloqqurilishbank.
Yoshlarning innovasion, startap va biznes loyihalarini moliyalash uchun kreditlar ajratish shartlari
Normativ huquqiy asoslar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 iyuldagi “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6260-sonli Farmoni;
Kredit maqsadi: Yoshlarning innovasion, startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish
Kredit liniyasi miqdori: respublika bo‘yicha 100 mln. AQSh doll.
Kredit oluvchi: yuridik shaxs sifatida tashkil etilgan yosh tadbirkor;
Kreditlashning ustuvor yo‘nalishlari: yoshlarning startap va biznes loyihalari, yangi g‘oyalar asosida ishlab chiqilgan innovasion loyihalar, zamonaviy texnologiyalarga asoslangan loyihalari;
Kredit miqdori: bir tadbirkorlik sub'ekti uchun kreditlash miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 1000 barobari (ya'ni, 245 mln.so‘m) dan 100 ming AQSh dollari ekvivalentigacha;
Kredit muddati: 7 yil, shu jumladan imtiyozli davr 3 yilgacha;
Foiz stavkasi: Milliy valyutada - 14 foiz.
Kredit ta'minoti:
Mol-mulk, kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab quvvatlash davlat jamg‘armasining kafilligi, sug‘urta polisi, uchinchi shaxs kafilligi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ta'minot turlari.
Moliyalashtiruvchi bank: O‘zmilliybank