Kuch ishonchda

Background
Avto to‘lov
Bo‘sh vaqtingizdan zavqlaning!
Batafsil
Background
Milliydagi omonatlar
Omonatlaringizni yanada foydaliroq qiling!
Batafsil
1344
+998 78 148 00 10 Aloqa markazi:
Ish vaqti soat 9:00 dan 21:00 gacha
NBU ijtimoiy tarmoqlarda:

OTB ishtirokidagi “Qishloq joylarida uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasi bo`yicha ma`lumot

09.07.2021 889

Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarida uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasi bo‘yicha o‘zlashtirilgan mablag‘lar va erishilgan natijalar to‘g‘risida ma`lumotnoma.

"O‘zmilliybank" AJ tomonidan 2013-2020 yillar davomida Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan rеspublikamizning qishloq joylarida 17 627 ta namunaviy uy-joylar qurilishi uchun 210,7 mln. AQSh dollari (1,4 trln.so‘m ekv.) miqdorida mablag‘lar jalb etilgan bo‘lib, fuqarolarga yillik 7%, uzoq muddatli ipotеka krеditlari ajratilgan. Jumladan:

- 2013-2014 yillarda davlat dasturi doirasida qurilgan 3 217 ta arzon namunaviy turdagi 6 sotixli barcha qulayliklarga ega uy-joylar uchun jami 131,4 mln. AQSh dollari (289,3 mlrd.so‘m ekv.) mablag‘lari jalb etilgan. Shundan, Moliya vazirligining maqsadli mablag‘lari hisobidan 2 321 ta uy-joylar uchun 95,7 mln. AQSh dollari (207,8 mlrd.so‘m ekv.) va Osiyo taraqqiyot bankidan 896 ta uy-joylar uchun 35,7 mln. AQSh dollari (81,5 mlrd.so‘m ekv.) miqdorida mablag‘lar ajratilgan.

- 2015-2017 yillarda davlat dasturi doirasida qurilgan 7 542 ta arzon namunaviy turdagi 6 sotixli, ikki qavatli 4 sotixli  hamda ikki qavatdan iborat ko‘p kvartirali ijtimoiy uy-joylar uchun jami 342,0 mln. AQSh dollari (885,5 mlrd.so‘m ekv.) jalb etilgan. Shundan, Moliya vazirligining maqsadli mablag‘lari hisobidan 6 754 ta uy-joylar uchun 306,0 mln. AQSh dollari (791,7 mlrd.so‘m ekv.) va Osiyo taraqqiyot bankidan 788 ta uy-joylar uchun 36,0 mln. AQSh dollari (93,8 mlrd.so‘m ekv.) miqdorida mablag‘lar ajratilgan.

- 2018-2020 yillar davlat dasturi doirasida qurilgan 6 868 ta arzon namunaviy turdagi 4 va 5 qavatli ko‘p kvartirali ijtimoiy uy-joylar uchun Osiyo taraqqiyot bankidan 139,1 mln. AQSh dollari (1 270,0 mlrd.so‘m ekv.) miqdorida mablag‘lar ajratilgan.

Shuningdеk, 2021 yil davlat dasturi doirasida qurilayotgan 2 560 ta 4 va 5 qavatli ko‘p kvartirali namunaviy ijtimoiy uy-joylarni qurilishini moliyalashtirish maqsadida Osiyo taraqqiyot bankidan 35,7 mln. AQSh dollari (393,3 mlrd. so‘m ekv.) miqdorida mablag‘lar jalb qilish rеjalashtirilgan. 

Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari Moliya vazirligi tomonidan hukumat kafolati ostida chеt el valyutasida jalb qilinib, tijorat banklariga milliy valyutada ajratiladi va ushbu rеsurslarning qaytarilishi milliy valyutada hisob-kitob qilinishi tijorat banklari va aholi uchun qulay (imtiyozli, uzoq muddatli) tashqi mablag‘lar manbaasi hisoblanadi. 

2
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

Haftasiga bir marta xabar yuboramiz va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 30.09.2023 21:54:55

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2023 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Texnik yordam NBU

Tarmoq

Xabar yuborildi!

Iltimos, elektron pochta manzilingizga javobni kuting

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Men sizning virtual yordamchingizman.
Yuklanmoqda...

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Выберите интересующую тему

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.

Xizmat sifatini yaxshilashda ishtirok eting
Iltimos, 3 ta savolga javob bering
So'rovnomaga o'tish