O'zbekistonda 2030 yilgacha energiya resurslariga talab 25,5 foizga o'sadi
04.09.2014
4032
2015 yilda O'zbekistonning Xalqaro tiklanuvchi energiya agentligiga (IRENA) a'zo bo'lishi bilan bog'liq protseduralar o'z nihoyasiga yetkaziladi. Shuningdek, yaqin vaqt ichida mamlakat parlamentida “Tiklanuvchan energiya manbaalari to'g'risida”gi qonun loyihasi ko'rib chiqiladi. Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi alternativ energiya resurslari bilan bog'liq loyihalarni amalga oshirish uchun huquqiy asos bo'ladi.
Ma'lumot o'rnida shuni aytish kerakki, bugungi kunda dunyoning 100 dan ziyod mamlakatlari Xalqaro tiklanuvchi energiya agentligi a'zosi sanaladi. Agentlik ushbu davlatlarning energetik salohiyatini oshirish, tiklanuvchan energiya manbaalari va texnologiyalarni rivojlantirishga ko'maklashib kelmoqda.
IRENA o'z faoliyatini barqaror rivojlanishni ta'minlash maqsadida tiklanuvchi energiya resurslarining barcha turlarini ommalashtirishga, xususan bioenergiya, gidroenergiya, quyosh va shamol energiyasidan foydalanishni kengaytirish, energetik xavfsizlikni kuchaytirishga qaratgan. Agentlik shuningdek, xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, tajriba almashish uchun ham asosiy platforma sanaladi.
Shuni ta'kidlash kerakki, IRENA barcha davlatlar hukumatlarini tiklanuvchi energiya manbaalariga investitsiyalarni yo'naltirish, mazkur sektorni yanada rivojlantirish uchun amaliy instrumentlar va tavsiyalarni ishlab chiqish hamda aholini barqaror energiya bilan ta'minlash bo'yicha tegishli harakatlarni amalga oshirishga chaqiradi.
Ayni paytda, yana 36 mamlakat agentlik a'zolari safidan joy olish uchun tegishli tashkiliy protseduralarni boshlagan O'zbekiston ham ulardan biri sanaladi Umuman, bugungi kunda O'zbekiston hukumati tomonidan 2020 yilgacha Respublikaning issiqlik-energiya balansi ishlab chiqilmoqda.
Shuningdek, 2030 yilgacha issiqlik-energiya balansining konsepsiyasini shakllantirish ham hukumat oldiga asosiy vazifa qilib qo'yilgan. Belgilangan davrgacha mamlakatning umumiy energiya balansida tiklanuvchan energiya resurslari, xususan gidroenergentika, quyosh va shamol generatsiyasining ulushini 10 foizdan 20 foizgacha, ko'mir hissasini esa 5 dan 15 foizgacha oshirish, shu bilan birga gaz generatsiyasi ulushini 85 dan 65 foizga pasaytirish nazarda tutilgan.
Ma'lumotlar ko'ra, 2030 yilgacha O'zbekistonda energiya resurslariga talab 2013 yilga nisabatan 25,5 foizgacha oshadi va neft ekvivalenti hamda mamlakat yalpi ichki mahsulotining 8-8,5 foizga o'sishi saqlanib qolingan sharoitda 43,5 mln. tonnani tashkil etadi. 2015 yilda O'zbekistonning Xalqaro tiklanuvchi energiya agentligiga (IRENA) a'zo bo'lishi bilan bog'liq protseduralar o'z nihoyasiga yetkaziladi. Shuningdek, yaqin vaqt ichida mamlakat parlamentida “Tiklanuvchan energiya manbaalari to'g'risida”gi qonun loyihasi ko'rib chiqiladi. Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi alternativ energiya resurslari bilan bog'liq loyihalarni amalga oshirish uchun huquqiy asos bo'ladi.
Ma'lumot o'rnida shuni aytish kerakki, bugungi kunda dunyoning 100 dan ziyod mamlakatlari Xalqaro tiklanuvchi energiya agentligi a'zosi sanaladi. Agentlik ushbu davlatlarning energetik salohiyatini oshirish, tiklanuvchan energiya manbaalari va texnologiyalarni rivojlantirishga ko'maklashib kelmoqda.
IRENA o'z faoliyatini barqaror rivojlanishni ta'minlash maqsadida tiklanuvchi energiya resurslarining barcha turlarini ommalashtirishga, xususan bioenergiya, gidroenergiya, quyosh va shamol energiyasidan foydalanishni kengaytirish, energetik xavfsizlikni kuchaytirishga qaratgan. Agentlik shuningdek, xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, tajriba almashish uchun ham asosiy platforma sanaladi.
Shuni ta'kidlash kerakki, IRENA barcha davlatlar hukumatlarini tiklanuvchi energiya manbaalariga investitsiyalarni yo'naltirish, mazkur sektorni yanada rivojlantirish uchun amaliy instrumentlar va tavsiyalarni ishlab chiqish hamda aholini barqaror energiya bilan ta'minlash bo'yicha tegishli harakatlarni amalga oshirishga chaqiradi.
Ayni paytda, yana 36 mamlakat agentlik a'zolari safidan joy olish uchun tegishli tashkiliy protseduralarni boshlagan O'zbekiston ham ulardan biri sanaladi Umuman, bugungi kunda O'zbekiston hukumati tomonidan 2020 yilgacha Respublikaning issiqlik-energiya balansi ishlab chiqilmoqda.
Shuningdek, 2030 yilgacha issiqlik-energiya balansining konsepsiyasini shakllantirish ham hukumat oldiga asosiy vazifa qilib qo'yilgan. Belgilangan davrgacha mamlakatning umumiy energiya balansida tiklanuvchan energiya resurslari, xususan gidroenergentika, quyosh va shamol generatsiyasining ulushini 10 foizdan 20 foizgacha, ko'mir hissasini esa 5 dan 15 foizgacha oshirish, shu bilan birga gaz generatsiyasi ulushini 85 dan 65 foizga pasaytirish nazarda tutilgan.
Ma'lumotlar ko'ra, 2030 yilgacha O'zbekistonda energiya resurslariga talab 2013 yilga nisabatan 25,5 foizgacha oshadi va neft ekvivalenti hamda mamlakat yalpi ichki mahsulotining 8-8,5 foizga o'sishi saqlanib qolingan sharoitda 43,5 mln. tonnani tashkil etadi.