O'zbekistonda yangi ruda qazilmasi hududi aniqlandi
10.04.2014
3888
Respublika geologlari tomonidan O'zbekiston hududida mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyati bo'yicha hozirda muvaffaqiyatli tarzda ishlanayotgan Olmaliqdan qolishmaydigan yangi istiqbolli tog'-ruda hududi aniqlandi.
Ushbu ixtironing ilmiy asoslari Toshkentda chop etiluvchi “Geologiya va mineral manbalar” jurnalining navbatdagi sonida keltirilgan.
Nashr mualliflari – respublika geologik xizmati fahriyi, taniqli tadqiqotchi hamda yangi qazilmalar va minerallar kashfiyotchisi Rustam Yusupov, O'zbekiston Fanlar akademiyasi X.M.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti laboratoriyasi rahbari Irina Sidorova, O'zbekiston Respublikasi Geologiya davlat qo'mitasi Geologiya sohasi bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi rahbari Erkinjon Egamberdiyev hamda huddi shu boshqarma yetakchi mutaxassisi Axatxon Azizov keng ko'lamli geologik materiallarni tahlil qilish asosida “Kelenchak-Tashkesken istiqbolli maydonining mis porfirli rudalashuvi” nomli maqolasida mis, molibden, tilla, platina, kamyob metallar qazib olinishida yuqorida keltirilgan hududning imkoniyatlari haqida ishonchli ma'lumotlar keltirgan. Shuningdek, o'rganilayotgan ruda maydonining yarim asrdan buyon respublika rangli metallari olinuvchi Qalmaqir koniga o'xshashligi tasdiqlangan.
Ushbu istiqbolli ruda hududi 2012 yilda “Angren” Maxsus industrial hududi markaziga aylangan Angren yirik sanoat shahrining poytaxt qismida joylashgan, shuningdek bu yerda alohida soliq va bojxona rejimi belgilangan. Ushbu imtiyozli rejimning uzaytirish imkoniyatiga ega bol'gan holda 30 yillik muddatda amal qilishi, albatta respublikaning yangi tabiiy zaxirasini o'zlashtirishga investorlarni jalb qiladi. Hududning yana bir afzalligi shundaki, u Olmaliq tog'-metallurgiya kombinatida qazib olinuvchi rudaga nisbatan yer qatlamidan ikki marotaba kam chuqurlikda joylashgan.
Angren atrofida rangli metallarni qazib chiqarishga bo'lgan istiqbollarning asosi O'zbekistonda geologiya fanining yuqori rivojlanish darajasiga misoldir. Respublikamiz aniqlangan tilla, kumush, mis va boshqa qator muhim mineral manbalari zaxiralariga ko'ra dunyo davlatlari orasida sezilarli o'rinlarga ega. Shu munosabat bilan Prezidentimiz Islom Karimov o'zining “O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida” kitobida quyidagicha e'tirof etgan: “Dunyo xaritasida O'zbekiston yeridagidek boyliklarga ega bo'lgan davlatlar ko'p emas”.
Mazkur boyliklarni aniqlash va hisobga olish esa oson ish emas. Buning uchun birinchi navbatda respublikada yuqori malakali geologlarning ko'pminglik guruhi tayyorlangan. Ulardan ko'pchiligi yetuk olimlarga aylandi va mehnatlari respublika negizida ruda va boshqa foydali qazilmalar vujudga kelishining qonuniy me'yorlari bo'yicha ilmiy doktrinalarni qayta ko'rib chiqilishiga yordam berdi. Bu olimlar qatoriga magmatizm va ruda hosil bo'lishi aloqalaridagi avval noma'lum bo'lgan qonun me'yorlarini aniqlagan akademik Xabib Abdullayevni kiritish mumkin. Natijada geologiyada yangi yo'nalishga asos solindi va toshkent ilmiy maktabi shakllandi. Uning g'oyalari chet ellarda ham rivojlanib bordi.
Oltmish yil avval ko'plab mutaxassislar respublikamiz hududidagi tilla zaxiralari va boshqa qazilmalar o'tgan asr izlanuvchilari tomonidan to'liqligicha ishlab chiqilgan degan fikr bildirgan. Ilmiy konsepsiyaning o'zgartirilishi tilla qidirilishiga yangicha yondashuv topishda yordam berdi va bu o'nlab konlar va ruda hosilalari aniqlanishiga olib keldi. O'zbekiston tilla qazib olish bo'yicha dunyoning yetakchi davlatlari qatoridan joy oldi.
Aytish joizki, respublikamizda xalq xo'jaligi uchun muhim bo'lgan yana bir xom-ashyo – fosforitlar ham uzoq vaqt axtarildi. Respublika chegaralaridan kelib chiqqan holda, nufuzli mutaxassislar geologlarimizni qozog'iston turi kabi fosforitlarni qidirishga undadi. Ammo hayotda hammasi boshqacha bo'lib chiqdi. O'zbekiston Milliy universiteti olimlarining tavsiyalariga ko'ra, Qizilqum sahrosida afrika turidagi donali fosforitlar aniqlandi va ularning qazib olinishi boshlandi.
Yer zaxiralarini aniqlashda ilm-fanning shunga o'xshash misollarini davom ettirish mumkin, biroq yuqorida keltirilgalar ham uning mineral manbalarni qidirish va aniqlashdagi ahamiyatiga yaqqol dalil bo'la oladi.
UzReport 08.04.2014