'O'zmilliybank': investitsiya samaralari yangi ish o'rinlari yaratilishining bosh omilidir
07.12.2015
3745
Davlatimiz rahbarining 2008-yil 18-noyabrdagi “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni hamda 2008-yil 19-noyabrdagi “Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish tartibini tasdiqlash to'g'risidagi” Farmoyishiga asosan O'zmilliybank o'z tarkibidagi “NBU Invest Group” va “NBU Investment” investitsiya kompaniyalari orqali bank balansiga qabul qilingan iqtisodiy nochor korxonalar negizida tashkil etilgan sho'ba korxonalar faoliyatini yo'lga qo'yish va pirovardida ularni potensial investorlarga sotish choralarini ko'rmoqda. Jumladan, bank tomonidan bankrot “Uzolmonxotelz” qo'shma korxonasi negizida tashkil etilgan “Xorazm palace” mehmonxonasiga o'tgan davrda 2,0 mlrd. so'mdan ortiq investitsiya kiritildi va mexmonxona qayta ta'mirlanib, ishga tushirildi.
Iqtisodiy nochor korxonalar faoliyatining tiklanishi, barqaror faoliyat yuritishi mamlakatimiz ravnaqining kafolatidir. Sababi, iqtisodiyot real sektoridagi korxonalarning qaytadan tashkil etilishi aholi bandligini ta'minlanishiga zamin yaratadi.
Shunday qilib, bugungi kunda Xorazm viloyatining Urganch shahrida joylashgan, 70 nafar ishchi xodimlariga ega “Xorazm palace” mehmonxonasi ana shunday qayta tashkil etilgan maskanlardan biridir.
Ablyalimov Nariman – "NBU Investment" kompaniyasi Investitsiya va ishlab chiqarishni rivojlantirish Boshqarmasi boshlig'i jumladan shunday deydi: –Xozirigi kuda "NBU Investment" kompaniyasi tomonidan bankrot-korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta ta'mirlash, aylanma mablag'larni to'ldirish uchun qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Xorazm palas mehmonxonasi faoliyati to’liq yo’lga qo’yilgan bo'lib, buning uchun kompaniya tomonidan 2 mlrd. so’mga yaqin investitsiya kiritildi.
Qayd etish joizki, “Xorazm palace” mehmonxonasi shinam va barcha qulayliklarga ega 103 ta xonadan iborat.
Shuningdek, mehmonxonada ishbilarmonlar uchrashuvi va seminar-trening mashg'ulotlari o'tkazish uchun zamonaviy aloqa-kommunikatsiya vositalari bilan ta'minlangan biznes markaz, 100 o'rinlik restoran, sauna, basseyn, trenajer xonasi, umuman, har bir sayyoh maroqli hordiq chiqarishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan.
Ma'lumot o'rnida shuni alohida qayd etish kerakki, amalga oshirilgan ishlar natijasida, O'zmilliybank balansidagi ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan korxonalar tomonidan birgina joriy yilning o'tgan davrida jami 57,7 mlrd. so'mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 6,0 mln. AQSH dollari miqdorida mahsulotlar eksport qilindi. Bugungi kunda ushbu korxonalarda 1 700 nafardan ortiq ish o'rinlari yaratildi.
Uzreport