O'zmilliybank kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga 1 trln. 492,0 mlrd. so'm miqdorida kreditlar ajratdi
29.10.2015
3120
Bugungi kunda mamlakatimiz moliya muassasalari tomonidan sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish, eksportga mo'ljallangan va import o'rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishga yo’naltirilgan korxonalarni qurish hamda modernizatsiya qilish, zamonaviy transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma sohalarini yuksaltirish maqsadida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun qator kreditlar ajratib kelinmoqda. Bu borada “O'zmilliybank” tomonidan olib borilayotgan samarali kredit siyosatini ko’rishimiz mumkin. Ta'kidalash kerakki, bank tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga joriy yilning 9 oyi davomida 1 trln. 492,0 mlrd. so'm miqdorida kreditlar ajratilgan bo’lsa bevosita jismoniy shaxslarga 67,2 mlrd so'm miqdorida ipoteka hamda iste'mol kreditlari ajratildi.
Qayd etish kerakki, O’zmilliybank tomonidan ajratilayotgan kreditlar kichik biznes subyektlarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, shu jumladan, qishloq hududlarida namunaviy loyihalar bo'yicha yakka tartibdagi uy-joylarning qurilishiga hamda yosh oilalarning moddiy-maishiy sharoitini yaxshilashga qaratilgan. Bevosita bank kredit portfelining 2015-yil 1-oktyabr holatiga nazar tashlaydigan bo’lsak, barcha ajratilgan kreditlar miqdori 9 trln. 321,4 mlrd. so'mni tashkil etib, o'tgan yilning mos davridagi kredit portfeliga nisbatan 21 foizga o'sganligini ko’rishimiz mumkin. Bank kredit portfelining asosiy qismi uzoq muddatli kreditlardan iborat bo'lib, ular salmog'i kredit portfelning 97 foizini tashkil etmoqda.
Ozod Sagdiyev “O’zmilliybank” kredit departamenti kredit portfelini rejalashtirish va tahlil qilish bo’limi boshlig’i UzReport AA muhbiriga bergan intervyusida shunday dedi:
- Kredit portfelining asosiy qismi tarmoqlar bo'yicha transport va aloqani rivojlantirish, yonilg'i-energetika kompleksini, savdo va ta'minot korxonalarini, qishloq xo'jaligi, qurilish va qurilish materialari, oziq-ovqat va yengil sanoat tarmoqlaridan iborat. Xorijiy valyutada kreditlash manbalariga xorijiy banklarning qayta moliyalashan mablag'lari, O'zbekisyun Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasining mablag'lari va Bankning o'z mablag'lari tashkil etgan bo'lsa, milliy valyutadagi kreditlash manbalariga Bankning o'ziga tegishli, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda Moliya vazirligidan jalb qilingan resurslari kiradi.
Shu bilan birga, bank tomonidan iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo'llab-quvvatlash, ularning barqaror faoliyat yuritishi va eksport salohiyati ortishini ta'minlashga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Buning natijasi o’laroq, joriy yil boshidan hisobot sanasiga qadar bank tomonidan eksportchi korxonalarga 320,0 mlrd. so'm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi. Bundan tashqari, bank tomonidan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda tijorat muassasalari ishtirokini yanada kengaytirish maqsadida hisobot davriga qadar 1 trln. 508,3 mlrd. so'm miqdorida investitsion kreditlar ajratilgan bo’lib, ularning qoldig'i 8 trln. 099,4 mlrd. so'mni yoki kredit portfelining 87 foizini tashkil etgan. Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qo'llab-quvvatlash, faoliyat olib borayotgan korxonalarda sut mahsulotlari, chorvachilik va boshqa qishloq xo'jaligi tovarlarini qayta ishlash uchun zamonaviy mini-texnologiyalarni xarid qilish kabi qator loyihalarga bank tomonidan bugungi kunga qadar milliy va xorijiy valyutalarda kreditlar ajratilib kelinmoqda.
Ozod Sagdiyev “O’zmilliybank’ kredit departamenti kredit portfelini rejalashtirish va tahlil qilish bo’limi boshlig’i UzReport AA muhbiriga bergan intervyusida shunday dedi:
- 2015 -yilning 1-oktyabr holatiga Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga 1 trln. 492,0 mlrd. so'm miqdorida kreditlar ajratildi, shundan 229,0 mlrd. so'mi mikrokreditlardan iborat. Ushbu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 baravarga ko'pdir. Shuningdek, tadbirkor ayollarga 220,0 mlrd. so'm, kollej bitiruvchilariga 40,0 mlrd. so'm va oilaviy tadbirkorlarga 40,0 mlrd. so'm miqdorida kreditlar ajratildi.
O’zmilliybank tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida aholining, shu jumladan, yosh oilalarning moddiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash hamda respublikamizning oliy o'quv yurtlarida o'qishga haq to'lash va boshqa maqsadlar uchun ipoteka va iste'mol kreditlari ajratilib kelinmoqda.
Ozod Sagdiyev “O’zmilliybank” kredit departamenti kredit partfelini rejalashtirish va tahlil qilish bo’limi boshlig’i UzReport AA muhbiriga bergan intervyusida shunday dedi:
- Jumladan, joriy yil boshidan hisobot sanasiga qadar 60,0 mlrd. so'm miqdorida ipoteka kreditlari, shundan yosh oilalarga 20,3 mlrd. so'm, iste'mol kreditlari 7,2 mlrd. so'm, shundan yosh oilalarga 6,8 mlrd. so'm, oliy o'quv yurtlariga shartnoma asosida qabul qilingan talabalarga 8,1 mlrd. so'm miqdorida ta'lim kreditlari ajratildi.
Shuningdek bank tomonidan 2015-yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo'yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi dasturiga muvofiq qurilayotgan uylarni moliyalashtirishga 173,2 mlrd. so'm miqdorida ipoteka kreditlari ham ajratildi.
Ozod Sagdiyev “O’zmilliybank” kredit departamenti kredit portfelini rejalashtirish va tahlil qilish bo’limi boshlig’i UzReport AA muhbiriga bergan intervyusida shunday dedi:
- O'zmilliybank tomonidan Respublikamiz hududlarida 66 ta ko'p qavvatli uy-joylarning qurilish ishlari uchun quruvchi tashkilotlarga joriy yilning 1-oktyabr holatiga 122,4 mlrd. so'm miqdorida kredit mablag'lari ajratildi.Shu bilan birga, yurtboshimizning "O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" va Vazirlar Mahkamasining "Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta'minlashni yanada qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarorlarining ijrosini ta'minlash maqsadida "Kamolot" uylarini qurilishi va qayta ta'mirlash doirasida pudratchi tashkilotlarga jami bo'lib 30,5 mlrd. so'm miqdorida kredit mablag'lari ajratildi.
Bir so’z bilan aytganda bank tomonidan ajratilayotgan kreditlar mamlakat rivojiga o’z hisasini qo’shishi mumkin bo’lgan korxonalarning rivojlanishi hamda yangi bo’sh ish o’rinlarini paydo bo’lishiga zamin yaratmoqda.
UzReport