Kuch ishonchda

MilliyOn

Hozirning o‘zida muhim xaridlar!

Avto to‘lov

Bo‘sh vaqtingizdan zavqlaning!

NBU ijtimoiy tarmoqlarda:

Pensiya jamg'armasiga o'tkazilgan sug'urta badallarini yakka tartibda hisobga olish reyestrini shakllantirish

25.06.2015 1721

Davalatimiz rahbarining 2013 yil 25 dekabrdagi «O'zbekiston Respublikasining 2014 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to'g'risida»gi qaroriga va Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq Davlat soliq qo'mitasi va Moliya vazirligi “Fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga o'tkazilgan sug'urta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestrini shakllantirish va yuritish to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi.

Sug'urta badallarini hisobga olish reyestrini shakllantirish va yuritishning asosiy maqsadi Davlat soliq qo'mitasining ma'lumotlar yagona axborot bazasi negizida fuqarolarning Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga sug'urta badallarining yakka tartibda hisobga olish bo'yicha ma'lumotlarning yagona elektron axborot bazasini yaratish hisoblanadi.

Xujjatda belgilanishicha, sug'urta badallarini hisobga olish reyestri fuqarolarning Pensiya jamg'armasiga hisoblangan sug'urta badallari to'g'risidagi ma'lumotlar asosida shakllanadi.

Sug'urta badallarini hisobga olish reyestrida hisobga olinishi lozim bo'lgan ma'lumotlar elektron shaklda ish beruvchi tomonidan Yagona ijtimoiy to'lov va fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga sug'urta badallari hisob-kitobiga rasmiylashtiriladi.

Qarorda qayd etilishicha, Davlat pensiyalarini tayinlash va to'lash ishlarini o'z vaqtida tashkil etish maqsadida DSQ tomonidan Pensiya jamg'armasiga DSQning Markazlashgan axborot bazasida joylashgan ma'lumotlardan foydalanish huquqi beriladi.

Pensiya jamg'armasining elektron so'rovi kelib tushganda, DSQning Markazlashgan axborot bazasi yakka tartibdagi hisobga olishning tegishli ma'lumotlarini shakllantiradi va yuboradi.

Shuningdek qarorda jismoniy shaxs, ish beruvchi va davlat soliq xizmati organlarining huquq va majburiyatlari ham ko'rsatib o'tilgan. Qarorning to'liq matni bilan “O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi” axborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

O'zbekistondagi boshqa moliyaviy yangiliklarni www.UzReport.uz da o'qing.

 

 

UzReport

0
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

Hurmatli bank mijozlari!

30.07.2021

“O‘zmilliybank”: biz yoshlarga doimo ko‘makdoshmiz

28.07.2021

“O‘zmilliybank” AJ ko‘magida ishlayotgan korxonada 800 nafardan ziyod kishi ishli bo‘ldi

26.07.2021

O'zmilliybank yoshlar biznes g'oyalarini qo'llab-quvvatlashga kreditlar ajratadi

23.07.2021

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

Haftasiga bir marta xabar yuboramiz va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 05.08.2021 16:00:01

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 15.02.2020 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2021 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Aloqa markazi

Aloqa ma'lumotlari

Aloqa markazining ish tartibi
dushanbadan jumagacha soat 9:00 dan 21:00 gacha

101 Amir Temur shoh ko‘chasi, Toshkent 100084

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.