Kuch ishonchda

Background
Avto to‘lov
Bo‘sh vaqtingizdan zavqlaning!
Batafsil
Background
Milliydagi omonatlar
Omonatlaringizni yanada foydaliroq qiling!
Batafsil
1344
+998 78 148 00 10 Aloqa markazi:
Ish vaqti soat 9:00 dan 21:00 gacha
NBU ijtimoiy tarmoqlarda:

Pul-kredit sohasida va Monetar siyosatning 2014 yildagi asosiy yo'nalishlarini so'zsiz bajarilishida O'zmilliybank salmoqli ulush qo'shdi

05.02.2015 2521

O'zbekiston bank tizimida olib borilayotgan izchil va maqsadli islohotlar, banklar faoliyatida muhim o'zgarishlarga erishishda, iqtisodiyotning real sektorini qo'llab quvvatlashda hamda bank va moliya xizmatlarini ko'rsatish sifatini yanada yaxshilash imkonini bermoqda. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Respublika bank tizimining asosiy bo'g'imlaridan biri bo'lib, hukumat hamda Markaziy bank tomonidan belgilangan vazifalar bankning maqsadli yo'nalishlarini belgilashda asos bo'lmoqda.

Davlatimiz tomonidan belgilangan Pul-kredit sohasida va Monetar siyosatning 2014 yildagi asosiy yo'nalishlarini so'zsiz bajarilishida O'zmilliybank salmoqli ulush qo'shdi. Xususan, Milliy valyutaning barqarorligini ta'minlash, bankdan tashqari aylanmasini qisqartirish, naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmini oshirish maqsadida olib borilgan ishlar natijasida 2014 yilda Bank kassalariga naqd pul tushumlari 3 trln 247,7 mlrd. so'mni tashkil etdi bu esa 2013 yilga nisbatan 266 mlrd.so'mga ko'proqdir.

O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Pul muomalasi departamenti yetakchi mutaxassisi Urinbayev Yorqin “UzReport” AA muxbiriga bergan intervyusida shunday dedi:

– Plastik kartochkalar vositasida savdo terminnalari orqali amalga oshirilgan savdo aylanmalari 2013 yilga nisbatan 2014 yilda 30,8 % foizga oshib 2 772,0 mlrd.so'mni tashkil etdi. 162,1 mlrd.so'mlik aholi qo'lida bo'sh turgan naqd pul mablag'larini bank omonatlariga jalb qilindi, bu 2013 yilga nisbatan  23 % ko'proqdir. Ushbu amalga oshirilgan ishlar natijasida 2015 yil 1 yanvar holatiga byudjet tashkilotlari, xo'jalik subyektlari ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlaridan, stipendiya, pensiya va nafaqa to'lovlaridan qarzdorlik to'liq va o'z vaqtida to'lab berildi. O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy Faoliyat Milliy banki tomonidan bank kassalariga naqd pul tushumlarini ko'paytirish bo'yicha barcha zaruriy choralar ko'rilmoqda.

Xususan, naqd pul tushumlariga ega mijozlarga ularning savdo aylanmalarini to'ldirish maqsadida kredit mablag'lari imtiyoli foizlar asosida, ya'ni Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasining 80% miqdorida taklif etilmoqda–.

O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy Faoliyat Milliy banki vakillarining qayd etishicha  2015 yilgi faoliyatining asosiy yo'nalishlari Respublika xukumati va Markaziy bank tomonidan bank tizimi oldiga qo'yilgan vazifalarni amalga oshirishga qaratiladi.

 

UzReport

0
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

Haftasiga bir marta xabar yuboramiz va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 28.03.2024 21:45:31

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2024 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Яндекс.Метрика

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Texnik yordam NBU

Tarmoq

Xabar yuborildi!

Iltimos, elektron pochta manzilingizga javobni kuting

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Men sizning virtual yordamchingizman.
Yuklanmoqda...

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Выберите интересующую тему

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.

Xizmat sifatini yaxshilashda ishtirok eting
Iltimos, 3 ta savolga javob bering
So'rovnomaga o'tish