Shu yilning 9 oyi davomida poytaxtdagi chakana savdo aylanmasi 8 883,3 mlrd. so'mni tashkil qildi
23.12.2014
2798
Toshkent shahri Statistika boshqarmasi tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida poytaxtning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlariga bag'ishlangan matbuot-anjumani bo'lib o'tdi. Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registrining ma'lumotlariga ko'ra, 2014 yilning 1 oktyabr holatiga Toshkent shahri iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida ro'yxatga olingan yuridik shaxslar soni 50585 taga yetdi. Ularning 45 935 tasi yoki 90,8 foizi faoliyat yuritmoqda. Ro'yxatga olingan kichik biznes subyektlarining soni esa 42 859 tani tashkil qildi. Iqtisodiyotning kichik biznes sohasida 674,5 ming kishining bandligi ta'minladi.
Shu yilning 9 oyi davomida poytaxtdagi chakana savdo aylanmasi 8883,3 mlrd. so'm yoki o'tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 113 foizni tashkil qildi. Sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 10363,9 mlrd. so'm yoki o'tgan yilning 9 oyi ko'rsatkichlariga nisbatan 116,4 foizga yetdi. Hisobot davrida shaharning asosiy kapitaliga 3534,2 mlrd. so'm investitsiyalar jalb qilindi.
Toshkent shahri Statistika boshqarmasi direktori Magay Boris “UzReport” AA muxbiriga bergan intervyusida shunday dedi
- Boshqarmamiz quyidagi tamoyillar asosida statistika ishlari tashkilotini ta'minlaydi: bular aniqlik, xolislik, betaraflik, dolzarblik, taqqoslash, barqarorlik, shaffoflik, ochiqlik, yig'ish tartibiga har qanday arashuvlarni bartaraf qilish, statistik ma'lumotlarni qayta ishlash va jamlashdir. Boshqarmaning asosiy vazifalari har yilgi Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq, statistika ma'lumotlarini yig'ish, qayta ishlash, jamlash, tahlil qilish va taqdim etish, shuningdek xalqaro standartlarga mos ravishda shaharning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi davlat dasturlarining amalga oshirilishi ustidan statistika nazoratini olib borishdan iborat.
Qayd etish kerakki, maishiy xizmatlarining pulli xizmatlar umumiy hajmidagi ulushi 3,6 foizga yoki 136,8 mlrd. so'mga teng bo'ldi, ularning real hajmi esa deyarli 111 foizgacha oshdi. E'tiborlisi, maishiy xizmatlarning 54,6 foizi xususiy tadbirkorlarga taqdim qilingan. Dastlabki baholashlarga ko'ra, mazkur sektordagi xizmatlar hajmi 74.7 mlrd. so'mni, o'sish sur'ati esa 114,5 foizni tashkil qildi. 9 oy ichida iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha xizmatlar hajmi 15840,3 mlrd. so'mga yetdi. Xizmatlar sohasida savdo va oziq-ovqat, transport, moliyaviy, sug'urta va lizing xizmatlari, aloqa va axborotlashtirish yo'nalishlariga eng katta ulush to'g'ri keldi.