Kuch ishonchda

MilliyOn

Hozirning o‘zida muhim xaridlar!

Visa Direct

Maxsus sa’y-harakatlarsiz darhol o‘tkazmalar!

NBU ijtimoiy tarmoqlarda:

Shveysariya va Benin Respublikasi O'zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirilmoqda

14.05.2015 1163

Jeneva diplomatik doiralari prezidenti R.Blum boshchiligidgi Shveysariya va Benin Respublikasi delegatsiyalarining O'zbekistonga tashrifi doirasida 12 may kuni Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari eksportini qo'llab-quvvatlash Fondi va Shveysariya hamda  Benin Respublikasi delegatsiyalarining uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Muloqot davomida mamlakatlarimiz o'rtasida mashinasozlik, farmatsevtika, qishloq xo'jaligi va boshka sohalarda o'zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni kelgusida yanada kengaytirish, O'zbekiston, Shveysariya hamda Benin Respublikasi tadbirkorlari o'rtasida amaliy aloqalarni o'rnatish va mustahkamlashning dolzarb masalalari ko'rib chiqildi.

Xususan, Fond mamlakatimizning eksport salohiyati, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash bo'yicha yaratilayotgan qulay imkoniyatlar va shu maqsadda fond tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar taqdimotini o'tkazdi.  

  O'z navbatida Jeneva diplomatik doiralari prezidenti janob R.Blum O'zbekistonning ulkan eksport salohiyatini e'tirof etib, yangi hamkorlar topish va xalqaro ko'rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish uchun yurtimiz tadbirkorlarining Shveysariya va Benin Respublikasiga amaliy tashrifini uyushtirish taklifini o'rtaga tashladi. Shuningdek, janob R.Blum O'zbekistondan quruq mevalarni import qilish istagini ham bildirdi. Benin Respublikasi savdo-sanoat palatasi vakillari esa mavjud barcha turdagi sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari va qurilish materiallarini import qilishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

 Muzokaralar yakunida tomonlar o'zaro anglashuv Memorandumini imzolab, O'zbekistan va Shveysariya tadbirkorlari o'rtasida yaqin amaliy aloqalar o'rnatishda hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

 

 

UzReport

0
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

“O‘zmilliybank” AJ ko‘magida ishlayotgan korxonada 800 nafardan ziyod kishi ishli bo‘ldi

26.07.2021

O'zmilliybank yoshlar biznes g'oyalarini qo'llab-quvvatlashga kreditlar ajratadi

23.07.2021

“O‘zmilliybank” AJ bino fasadini ta’mirlash bo'yicha tanlov e'lon qiladi

23.07.2021

“O‘zmilliybank” AJ asfalt qoplamasini ta’mirlash ishlari bo'yicha tanlov e'lon qiladi

23.07.2021

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

Haftasiga bir marta xabar yuboramiz va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 27.07.2021 16:00:01

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 15.02.2020 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2021 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Aloqa markazi

Aloqa ma'lumotlari

Aloqa markazining ish tartibi
dushanbadan jumagacha soat 9:00 dan 21:00 gacha

101 Amir Temur shoh ko‘chasi, Toshkent 100084

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.