To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar hajmi 28,8 foizga o'sdi
09.08.2014
3635
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo'mitiasi tomonidan "O'zbekistonda investitsiyaviy muhitni yananda yaxshilashning huquqiy asoslari" mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Unda investorlarga ko'shimcha imtiyozlar va preferensiyalar berish, soliq organlari va boshqa nazorat qiduvchi organlar bilan o'zaro munosabatlarini soddalashtirish, tashqi savdo operatsiyalarini rasmiylashtirish bo'yicha ortiqcha byurokratik to'siqlarni bartaraf etish borasidagi vazifalarning tegishli vazirlik va idoralar tomonidan bajarilishi muhokama etildi.
Davra suhbatida sarmoyadorlarning xuquqlarini himoya qilishga qaratilgan hamda ularga imtiyoz va preferensiyalarni nazarda tutgan “Investitsiya faoliyati to'g'risida"gi, "Chet el investitsiyalari to'g'risida"gi, “Chet ellik chnvestorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to'g'risida"i, "Raqobat to'g'risida"gi qonunlar hamda O'zbekiston Prezidentining "To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag'batlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmonlari ijrosi deputatlar hamda ekspertlar ishtirokida tahlil etildi.
- Shu yilning birinchi yarim yilligida investitsiya iqlimini yanada takomillashtirish hamda iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini modernizatsiyalash, texnologik jihatdan yangilash bo'yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish yuzasidan ko'rilgan chora-tadbirlar natijasida mamlakatimizga jalb etilgan investitsiyalar hajmi 10,8 foizga oshdi, deydi – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nasimjon Alimov. - Shu jumladan, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar 28,8 foizga o'sdi.
Ayni paytda Parlament quyi palatasida "Investitsiya faoliyati to'g'risida"gi qonun loyihasi muhokama etilmoqda. Xususan, loyihada investitsiya faoliyatini amalga oshirishda ishlatiladigan asosiy tushunchalar aniqlashtirilib, investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari va investitsiya jarayonlarining sub'ektlari,ya'ni investorlar, buyurtmachilar, loyiha ishlab chiquvchilari, pudratchilar, ta'minotchilar va boshqalarning xuquq va majburiyatlarini ta'minlashga alohida e'tibor berilgan.
Tadbirda respublikamizda investitsiya faoliyati ishtirokchilari uchun yaratilgan qulay muhit va sharoitlar nafaqat imtiyozlar bilan chegaralanganligi, balki ushbu imtiyozlarning amaliyotda ko'llanilishi uchun ularning huquqiy himoyasini ta'minlashga ham jiddiy e'tibor qaratilayoganligi ta'kidlandi.
Davra suhbati ishtirokchilari bu borada amalga oshirilayotgan chora tadbirlar barobarida investitsiyalarni ko'paytirish hisobiga raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish, iqki bozorlarni sifatli va arzon mollar bilan to'ldirish, mahalliylashtirish mahalliylashtirish bo'yicha ayrim tarmoqlar va hududlarning mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanish va xorijiy investitsiyalarni yanada kengroq jalb qilishning huquqiy mexanizmlarini kuchaytirish bo'yicha taklif va mulohazalar bildirishdi