'NBU INVEST GROUP' bankrot-korxonalar bazasida tashkil topgan sho'ba korxonalar boshqaruvini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda
27.09.2015
2949
O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki mamlakatimiz moliya bozoridagi yetkachi investitsion banklardan hisoblanadi. Ayni paytda mazkur bank o'zining investitsion kompaniyalaridan biri «NBU INVEST GROUP» orqali qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlab chiqarish, qurilish materiallari, to'qimachilik va boshqa tarmoqlar kabi strategik sohalardagi bankrot-korxonalar bazasida tashkil topgan sho'ba korxonalar boshqaruvini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Bunday korxonalardan biri Rishton shahrida joylashgan «Rishton To'qimachi» MCHJ dir.
«Rishton To'qimachi» MCHJ Milliy bank tomonidan 2011 yilda bankrot-korxonalar bazasida tashkil etilgan. Farg'ona viloyatida joylashgan mazkur korxona paxta tolalarini qayta ishlash va yigirilgan ip ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bank tomonidan moliyaviy qo'llab-quvvatlash natijasida korxonada ishlab chiqarish sifatini yaxshilashga yo'naltirilgan bir qator chora tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, korxonada Trutschler nemis kompaniyasining sutkasiga 8 tonna tayyor mahsulot ishlab chiqarish imkonini beruvchi zamonaviy ip yigiruv texnologiyasi o'rnatilgan.
Qayd etish joizki, ishlab chiqarish jarayonida chiqarilayotgan mahsulotning texnik nazoratiga alohida e'tibor qaratiladi. Korxona hodimlari laboratoriyada ishlab chiqarishga kelib tushadigan ip sifati, hamda mato mahsulotining parametrlarini tekshiruvdan o'tkazadilar. Korxonada yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarilayotganligi sababli 2015 yilning 1 sentyabr holatiga ko'ra korxona tomonidan 635 ming AQSH dollari miqdorida eksport amalga oshirildi. Tayyor mahsulotlar Rossiya Federatsiyasi va XXR ning turli hududlariga eksport qilinadi. Ta'kidlash joizki, bunday ko'rsatkichlarga erishishda Milliy bank va bankrot-korxonalarda moliyaviy sog'lomlashtirish va ishlab chiqarishni tiklash bo'yicha bankning investitsion kompaniyalari tomonidan olib borilgan salmoqli ishlar ko'magi alohida ahamiyatga ega.
Milliy bank tomonidan « NBU Invest Group » MCHJ boshqaruviga 20 ta korxona berilgan bo'lib ulardan 13 tasi yangi mulkdorlarga sotildi.
Bugungi kunda esa Kompaniya boshqaruvida yengil sanoat, qurilish, terini qayta ishlash sanoati, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash kabi taarmoqlarrdagi 5 ta korxona mavjud. Shu jumladan "Rishton To'qiamachi " MCHJ.
"Rishton To'qiamachi" MCHJ ga 2009-2015 yillarda ishlab chiqarish quvvatlarini tiklash maqsadida modernizatsiya qilish va zarur aylanma mablag'lar bilan taminlash maqsadida 14 mlrd 800 mln. so'mdan ortiq investitsiya kiritidi.
Qo'shimcha qilish lozimki, bankrot-korxonalar mulk bazasida yaratilgan sho'ba korxonalar aktivlarini boshqarish doirasida «NBU Invest Group» biznes- rejalashtirish, marketing, korxonalar faoliyatini monitoring qilish, ishlab chiqarish tarmoqlari va yetkazib beruvchilar, kadrlar bilan aloqalarni boshqarish, shuningdek, xarajatlar va unumdorlik tahlillarini amalga oshiradi.
UzReport