API Bank haqida seminar-trening o`tkazildi
14.02.2020
5491
Jorij yilning 13 fevral sanasida, Bank-moliya Akademiyasi binosida, “O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” Aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Gazprombank” (Aksiyadorlik jamiyati) bilan hamkorlikda, bank-moliya sohasi xodimlari malakasini oshirish maqsadida seminar-trening tashkil etildi.
Seminar davomida ishtirokchilar etiboriga, APIBank platformasini rivojlantirish bo`yicha direktor Oleg Chanchikov (Rossiya) tomonidan “Istiqbolli moliyaviy tehnologiyalar” mavzusida taqdimot havola etildi.
Mazkur seminardan ko`zlangan asosiy maqsad - banklarning tashqi moliya-texnik echimlar bilan o`zaro faoliyati, shuningdek, “Open banking” – yangi avlod bankining ishlash mehanizmi va koncepciyasi bilan tanishishdan iborat edi.
Seminar-trening ikki qismda tashkil etildi. Anjumanning maruza qismi, ochiq banking va API nima? Ochiq bankingni rivojlantirish talablari qanday? - degan savol bilan boshlandi.
Maruzada takidlanganidek, APIBank – korxonalarga o`z bank servisini bank lisenziyasisiz tashkil etish imkonini beruvchi platforma hisoblanadi. Moliyaviy mahsulotlar va xizmatlar Open API texnologiyasi yordamida korxona servisiga joylashtiriladi. APIBank mahsulot va xizmatlari – bu virtual banklar, billing tizimi va to`lovlarni avtomatlashtirish xizmatlarini yaratish.
APIBank platformasi banklarga, mavjud xatarlar va ortiqcha harajatlarsiz ko`plab istiqbolli loyihalar bilan ishlash, mijozlardan daromad olish imkonini beradi.
Shuningdek, seminarning maruza qismida, PSD2, Open Banking UK misolida ochiq API va ochiq banking boshqaruvi, ochiq API va ochiq banking yordamida qanday qilib daromad topish mumkin, ochiq APIga asoslangan bizneslar qanday muammolarni hal qilishi mumkinligi haqida batafsil malumotlar berildi.
- “O`zmilliybank"ning hamkori sifatida O`zbekiston iqtisodiyoti rivojlanish, ayniqsa, bizning biznesimiz rivoji uchun, katta ahamiyatga ega deb hisoblaymiz. Sababi O`zbekiston bozori katta va jadal rivojlanib bormoqda. Biroq, shu vaqtning o`zida, bizning biznesimiz - “ochiq banking” sohalar uchun yangilik va shu sababli, mazkur mavzu yuzasidan ko`nikma berishni amalga oshirish, umuman olganda banklarga mazkur soha nima uchun kerakligini tushintirish extiyoji yuzaga keldi, - deya ta`kidladi APIBank biznesini rivojlantirish bo`yicha direktori Oleg Chanchikov. – Bugungi seminardan ko`zlangan maqsad esa avvalambor, ochiq banking nima ekanligi haqida auditoriyaga umumiy tushuncha berish, biznesga ochiq banking tizimini qanday tadbiq etish mumkinligi haqida, mazkur tizim dunyo bozorlarida jumladan, MDHda qay tarzda ishlashi haqida ma`lumot berishdan iborat.
Master-klass tarzida o`tkazilgan seminarning ikkinchi qismida, ochiq API va ochiq bankingsiz yuzaga kelishi mumkin bo`lgan muammolar aniq misollar asosida ko`rib chiqildi.
Tadbir so`ngida ishtirokchilar o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Seminar-trening qizg`in bahs va munozaralarga boy o`tdi.