The power of trust

MasterCard Virtual

Commission-free Online Payments!

Auto Payment

Enjoy your free time!

NBU in social networks:

API Bank haqida seminar-trening o`tkazildi

14.02.2020 1863

Jorij yilning 13 fevral sanasida, Bank-moliya Akademiyasi binosida, “O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” Aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Gazprombank” (Aksiyadorlik jamiyati) bilan hamkorlikda, bank-moliya sohasi xodimlari malakasini oshirish maqsadida seminar-trening tashkil etildi. 

Seminar davomida ishtirokchilar etiboriga, APIBank platformasini rivojlantirish bo`yicha direktor Oleg Chanchikov (Rossiya) tomonidan “Istiqbolli moliyaviy tehnologiyalar” mavzusida taqdimot havola etildi. 


Mazkur seminardan ko`zlangan asosiy maqsad - banklarning tashqi moliya-texnik echimlar bilan o`zaro faoliyati, shuningdek, “Open banking” – yangi avlod bankining ishlash mehanizmi va koncepciyasi bilan tanishishdan iborat edi. 

Seminar-trening ikki qismda tashkil etildi. Anjumanning maruza qismi, ochiq banking va API nima? Ochiq bankingni rivojlantirish talablari qanday? - degan savol bilan boshlandi.  


Maruzada takidlanganidek, APIBank – korxonalarga o`z bank servisini bank lisenziyasisiz tashkil etish imkonini beruvchi platforma hisoblanadi. Moliyaviy mahsulotlar va xizmatlar Open API texnologiyasi yordamida korxona servisiga joylashtiriladi. APIBank mahsulot va xizmatlari – bu virtual banklar, billing tizimi va to`lovlarni  avtomatlashtirish xizmatlarini yaratish. 

APIBank platformasi banklarga, mavjud xatarlar va ortiqcha harajatlarsiz ko`plab istiqbolli loyihalar bilan ishlash, mijozlardan daromad olish imkonini beradi.  


Shuningdek, seminarning maruza qismida, PSD2, Open Banking UK misolida ochiq API va ochiq banking boshqaruvi, ochiq API va ochiq banking yordamida qanday qilib daromad topish mumkin, ochiq APIga asoslangan bizneslar qanday muammolarni hal qilishi mumkinligi haqida batafsil malumotlar berildi.

- “O`zmilliybank"ning hamkori sifatida O`zbekiston iqtisodiyoti rivojlanish, ayniqsa, bizning biznesimiz rivoji uchun, katta ahamiyatga ega deb hisoblaymiz. Sababi O`zbekiston bozori katta va jadal rivojlanib bormoqda. Biroq, shu vaqtning o`zida, bizning biznesimiz - “ochiq banking” sohalar uchun yangilik va shu sababli, mazkur mavzu yuzasidan ko`nikma berishni amalga oshirish, umuman olganda banklarga mazkur soha nima uchun kerakligini tushintirish extiyoji yuzaga keldi, - deya ta`kidladi APIBank biznesini rivojlantirish bo`yicha direktori Oleg Chanchikov. – Bugungi seminardan ko`zlangan maqsad esa avvalambor, ochiq banking nima ekanligi haqida auditoriyaga umumiy tushuncha berish, biznesga ochiq banking tizimini qanday tadbiq etish mumkinligi haqida, mazkur tizim dunyo bozorlarida jumladan, MDHda qay tarzda ishlashi haqida ma`lumot berishdan iborat. 


Master-klass tarzida o`tkazilgan seminarning ikkinchi qismida, ochiq API va ochiq bankingsiz yuzaga kelishi mumkin bo`lgan muammolar aniq misollar asosida ko`rib chiqildi. 

Tadbir  so`ngida ishtirokchilar o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Seminar-trening qizg`in bahs va munozaralarga boy o`tdi.

1
2



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 11/27/2021 04:00:01 pm

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Feb. 15, 2020
© 2021 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Feedback

Contacts

Contact center working hours
from 9 AM to 9 PM Monday to Friday

101 Amir Temur Avenue, Tashkent 100084, Uzbekistan

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.

Take part in improving the quality of service
Please answer 3 questions
Go to quiz