Hurmatli mijozlar, aziz hamkasblar!
31.08.2021
902
Har bir mamlakat tarixida uning buguni va kelajagini belgilab beruvchi muhim voqea-hodisalar mavjud bo’lib, bu sanalar yillar o’tgan sayin qalblarga shukronalik, ezgulik ulashaveradi, yuqori marralarni ko’zlashga zamin yaratadi.
Shu kunlarda Yurtimiz bo’ylab hurriyat tantanasi sifatida nishonlanadigan ana shunday qutlug’ sanani, jonajon Vatanimiz Mustaqilligining 30 yillik shodiyonasini munosib qarshilash arafasidamiz.
Bu davr yurtimiz uchun yuksalish va taraqqiyotga erishish yillari bo’ldi. Yangi davlat va jamiyat qurish yo’lida keng qamrovli ishlar amalga oshirildi, yurtdoshlarimiz ko’magi, salohiyati bilan ko’p marralar zabt etildi. Bir so’z bilan aytganda, Yangi O’zbekistonni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birgalikda bunyod etmoqdamiz.
Shu sababli, 30 yillik taraqqiyot uchun bosib o’tilgan mashaqqatli yo’lda, davlatimizga yelkadosh bo’lgan turli tashkilotlar rahbarlari, ilm-fan, ta’lim, san’at va madaniyat, sport sohasidagi ilg’or mutahassislari, xalqimizga haqiqiy tayanch va suyanch bo’lib maydonga chiqayotgan Navqiron yoshlarimizni Prezidentimiz yuksak mukofotlar bilan qutlab, ezgu tilaklarini izhor etdi.
Shu kunlarda joylarda ko’plab vatandoshlarimiz “O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishonini qabul qilib oldi.
“Ko’ksingizda yarqirab, yarashib turgan faxriy unvonlar, orden va medallar barchangizga muborak bo’lsin. Men hammangizni yaxshi bilaman, sizlar bilan faxrlanaman.” – deya ta’kidladi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Vatanimizning yuksak mukofotlarini o’z egalariga topshirar ekan.
Ta’kidlash kerakki, bu yil “O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ ham o’zining 30 yoshini qarshilamoqda. Bankimizning Mamlakatimiz mustaqilligi bilan tengdosh ekanligi ko’ngillarda iftixor tuyg’usini uyg’otish bilan birgalikda, yuksak mas’uliyat ham yuklaydi.
Ma’lumki, Respublikamiz iqtisodiyotini rivojlantirsh borasida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarda, xususan, tadbirkorlik sohasini rivojlantirish, yangi ish o’rinlarini yaratish, xorijiy davlatlar bilan eksport-import va investisiya aloqalarini rivojlantirishda “O’zmilliybank” ning faoliyati alohida o’rin tutadi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bugungi kunda 5800 dan ortiq xodimlar o’z taqdirini “O’zmilliybank” bilan bog’lagan bo’lsa, shulardan 48%ini Yangi O’zbekistonning bunyodkorlari – yosh istiqbolli kadrlar tashkil etmoqda.
“O’zmilliybank” tizimida faoliyat yuritayotgan yosh kadrlarning malakali mutahassis bo’lib yetishishi, Bank jamoasida o’z o’rnini topishi, Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda Yangi O’zbekistonning ilg’or bunyodkori bo’lishini ta’minlash maqsadida ko’plab chora-tadbirlar amalga oshirlmoqda.
Qadrli va mehnatsevar hamkasblar, aziz vatandoshlar!
Sizlarni O’zbekiston Respublikasi mustaqilliging
qutlug’ 30 yillik tantanasi bilan muborakbod etib, barchangizga
tinchlik-omonlik, baxtu saodat, xonadonlaringizga fayzu barokat va amalga
oshirayotgan ezgu ishlaringiz rivojini tilab qolamiz!