Toshkentda SHHT ning Banklararo Birlashmasi yig'ilishi bo'lib o'tdi
23.06.2016
2897
Bugun Toshkentda SHHT sammiti doirasida tashkilot Banklararo Birlashmasi(BB) кengashining XII majlisi bo'lib o'tdi. Majlisda "Qozog'iston Taraqqiyot Banki", Qirg'iziston "RSK Banki", "Xitoy Davlat Taraqqiyot banki" Korporatsiyasi, Rossiyaning "Taraqqiyot va tashqi iqtisodiy faoliyatbanki" Davlat Korporatsiyasi,Tojikiston "Amonatbonk" Davlat Jamg'arma Banki, O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, "Belarusbank" Jamg'arma Banki, Pokistonning “Xabib Bank Limited” va Mongoliya Taraqkiyot Banki sherik-banklar sifatida qatnashdi.
SHHT BB ga tashkilotga a'zo davlatlar hukumat rahbarlari кengashining 2005 yildagi qarori bilan asos solingan.Tuzilmaning asosiy vazifasi moliyalash mexanizmlarini yaratish va investitsion loyihalarga bank xizmatlarini ko'rsatishdan iboratdir.O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki SHHTning BB da mamlakatimiz nomidan ishtirok etuvchi vakolatli moliya instituti hisoblanadi. SHHT BB кengashi yakuniy majlisining 2015 yil 9 iyuldagi bayoniga muvofiq O'zmilliybank 2015-2016 yillarda SHHT BB ga Rais-bank deb tayinlangan.
Majlisda O'zmilliybank raisligi ostida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar bo'yicha ma'lumot berildi. SHHT bosh kotibi Rashid Alimov ta'kidlaganidek, bugun ushbu tuzilmaga a'zo davlatlarning maqsadi va istagi yagona, u ham bo'lsa SHHT yanada kuchli tuzilmaga aylantirishdir. BB uning eng muhim mexanizmlaridan biri sanaladi. Tashkilotning Toshkent sammiti a'zo-davlatlar uchun tarixiy ahamiyatga egadir, chunki ushbu tuzilma o'zining 15-yilligini nishonlamoqda. Birgalikdagi sa'yi harakatlar bilan tarixiy qisqa davr ichida SHHT mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlaydigan nufuzli xalqaro tuzilmaga aylandi.
O'zbekiston raisligi davrida tashkilotning Pekindagi bosh qarorgohida Ozarbayjon, Armaniston va Nepalga muloqot bo'yicha hamkor maqomini berish yuzasidan memorandumlar imzolandi, - deydi SHHT bosh kotibi Rashid Alimov. - Bugungi kunda SHHT umumiy hududi yer yuzining 26,6 % ni tashkil qiluvchi 18 ta davlatni o'z atrofida birlashtirgan. Ushbu mamlakatlarda dunyo aholisining 41% istiqomat qilmoqda. SHHT davlatlarining jami YAIM 2015 yilda 21 trln. dollarga teng bo'ldi. Bu umumiy jahon YAIM ning 27,1 % ni tashkil qiladi. Bundan tashqari, a'zo- davlatlarning savdo aylanmasi 6 trln. dollardan iborat bo'ldi. Bularning barchasi mazkur xalqaro tashkilotning iqtisodiy salohiyati oshib borayotganligi, savdo- iqtisodiy va bank- moliya sohalaridagi hamkorlik imkoniyatlari kengayayotganligidan dalolat beradi.
Shunisi e'tiborliki, tashkilotning BB a'zolari soni ham oshib bormoqda. Masalan, 2015 yilda sherik- bank maqomi Pokistonning “Xabib-bank limit” bankiga berilgan edi. Yaqinda SHHT kotibiyatiga Armaniston, Kambodja va Nepaldan rasmiy murojaatlar yuborildi.
Yig'ilishda sherik banklar vakillari va boshqa Kengash a'zolarining joriy va istiqboldagi faoliyati yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi. Tomonlar investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish, SHHT hududi va Osiyo mintaqasida faoliyat olib borayotgan xalqaro moliya institutlari bilan o'zaro aloqalarni rivojlantirish muhimligini ta'kidlashdi.
Bundan tashqari, o'rta muddatli istiqbolda SHHT BB ni yanada rivojlantirish Strategiyasini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi. Majlis davomida Mongoliya Taraqqiyot banki BB ga sherik- bank maqomini berish yuzasidan qaror imzolandi.