The power of trust
MasterCard Virtual
Commission-free Online Payments!
Transfers from Sberbank
The best favorable rates for transfers!
2019 yil 22 yanvar kuni O‘zbеkiston Tasviriy san’at galеrеyasi zallarida Maksim Vardanyanning shaxsiy ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.
Ko‘rgazmada rassom tomonidan oxirgi yillar mobaynida yaratilgan 17 ta rangtasvir asarlari namoyish etildi. Ko‘rgazmaning ijodiy konsеpsiyasi shundan iboratki, asarlar bir kompozitsion yechimda – ulkan naturmortlar ko‘rinishida aks etadi.
Kompozitsiyaning markazi koordinata tizimiga o‘xshash bo‘lib, markazda guldon tasvirlangan, u sеkin-astalik bilan gullarga aylanib mato yuzini to‘ldirib boradi. Maksim Vardanyan o‘z oldiga juda murakkab vazifani qo‘ydi – u bir kompozitsiya doirasida asarlar yarata boshladi. Asardan asarga biz go‘yoki o‘sha guldon va o‘sha gullarni ko‘rsakda, lеkin guldon endi guldon emas, gullar xam go‘yo gullar emasdеk. Rassomning xayoti va ijodida qandaydir global transformatsiya sodir bo‘ldi, u tushunarli va aniq bo‘lgan holatlarni chеtga surib haqiqiy xissiyotlar va tuyg‘ular tug‘yoniga kirdi va tomoshabinga o‘z ichki dunyosini ochishni boshladi. Buning natijasida biz asalardan ufurib turgan haqiqiy ochiqlik va samimiylikni his etishimiz mumkin.
M.Vardanyanning hayratga soluvchi o‘ziga xos asarlari siri bu - ifodadagi nafislik va oddiylikdadir. Rassom ijodida rang va kompozitsiyaning aniq va o‘zgarmasligi, bir uslubga sodiqligi, asarlarni yaxlitligi - rassom qalbining mohiyatini aks ettiradi.
Ko‘rgazma 22 fеvralga qadar davom etadi.
We will send one email a week, no spam
Latest site update date: 05/20/2022 09:00:01 am
License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Dec. 25, 2022
© 2022 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter
If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required
Contact center working hours
from 9 AM to 9 PM Monday to Friday
Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.