The power of trust

Visa Direct

Easy and quick transfers!

MilliyOn

Shopping – now!

NBU in social networks:

2016-yilda jismoniy shaxslarning past va o'rta darajali daromalariga qo'llaniladigan soliq stavkasi 7,5 foizni tashkil qiladi

14.12.2015 1090

Oliy Majlis Senatining  4-yalpi majlisida O'zbekiston Respublikasining 2016-yilgi davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg'armalarining byudjetlari hamda soliq va  byudjet siyosatining  asosiy yo'nalishlari  to'g'risidagi masala muhokamaga  qo'yildi.

Unda qayd etilganidek,  mamlakatning asosiy  moliyaviy hujjati  davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan  iqtisodiyotni isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlarini  davom ettirish,  makroiqtisodiy ko'rsatkichlar barqarorligini  ta'minlash, iqtisodiyotda   davlat ulushini qisqartirgan holda xususiy mulk rolini oshirish, tadbirkorlarning huquqiy  himoyasini yanada kuchaytirish kabi maqsadlardan  kelib chiqib  tayyorlangan.  Davlat byudjeti shuningdek, jahonda davom etayotgan global moliyaviy inqiroz, xom ashyo narxlarining  pasayishi, dunyo iqtisodiyotidagi tebranishlarni hisobga  olgan holda ishlab chiqildi. 

Unda soliq yukini kamaytirish, ta'lim, sog'liqni saqlash kabi ijtimoiy sohalarga   davlat mablag'larini oshirish taklif etildi. Jismoniy shaxslarning past va o'rta darajali daromalariga qo'llaniladigan  soliq stavkasining  II- shkalasi  bo'yicha soliqlar  8,5 dan 7,5 foizga  pasaytirish   yoki bo'lmasa   servis sohasidagi  mikrofirmalar uchun yagona  moliya to'lovlari miqdorini  6 dan 5 foizga qisqartirish  taklifi berildi. Yuridik shaxslardan olinadigan  mol-mulk solig'i esa, 4 foizdan 5 foizga oshirilishi belgilangan. Kelgusi yil boshqa yana bir qator  soliq  turlari  bo'yicha ham  o'zgarishlar ko'zda tutilgan.

Ma’lumotlarga ko’ra, kelgusi yilda   faol investitsiya siyosati davom ettiriladi.  Inflyatsiyani 5,5 foizdan oshmasligini ta'minlash hisobidan aholining turmush darajasini ko'tarish maqsadida ish haqi, pensiya, stipendiyalar va ijtimoiy to'lovlar  10 foizga  oshiriladi. 2016-yilda  byudjet  daromadlari  40,5 trln. so'm, harajatlari esa 42,7  trln. so'mga teng bo'lib, byudjet taqchilligi YAIM ga nisbatan 1 foizni tashkil qiladi.  Ushbu masala chuqur tahlil qilinib,  senatorlarning barcha savollari o'z javobini topganidan so'ng, byudjetda o'z aksini  topgan takliflar qabul qilindi va  davlat byudjeti ma'qullandi.

 

 

 

Uzreport

0
0



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 07/29/2021 09:00:01 am

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Feb. 15, 2020
© 2021 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Feedback

Contacts

Contact center working hours
from 9 AM to 9 PM Monday to Friday

101 Amir Temur Avenue, Tashkent 100084, Uzbekistan

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.