2016-yilgi Davlat byudjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilandi
08.01.2016
2991
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2015-yil 22-dekabrda “O'zbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to'g'risida” qaror qabul qildi.
Unga ko'ra, 2016-yilgi O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilandi. Qayd etilishicha, O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish, qonun hujjatlariga muvofiq, O'zbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablag'larining 2016-yil boshidagi bo'sh qoldiqlari va boshqa qadrsizlanmaydigan manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ushbu hujjat O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining «O'zbekiston Respublikasining 2016-yilgi Davlat byudjeti, maqsadli davlat jamg'armalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo'nalishlari to'g'risida» 2015-yil 11-noyabrdagi va Oliy Majlis Senatining «O'zbekiston Respublikasining 2016-yilgi Davlat byudjeti, maqsadli davlat jamg'armalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo'nalishlari to'g'risida» 2015-yil 3-dekabrdagi qarorlarini bajarish yuzasidan qabul qilindi.
Hujjatda belgilanishicha, 2016-yil uchun yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i stavkasi quyidagicha tasdiqlandi:
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i stavkasi
To'lovchi
|
Soliqqa tortiluvchi bazaga soliq stavkasi % da
|
Yuridik shaxslar
|
7,5
|
Tijorat banklari
|
15
|
Mobil aloqa (uyali aloqa kompniyalari) xizmatlarini ko'rsatuvchi yuridik shaxslar, rentabellik darajasidan kelib chiqqan holda:
20 foizgacha
|
7,5
|
20 foizdan yuqori
|
Rentabellikning 20 foizlik darajasidan oshuvchi, foyda summasidan 50 foiz
|
Shuningdek, hujjatda qayd etilishicha, yuridik va jismoniy shaxslarni jalb etgan holda auksionlarni o'tkazish, ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishdan foyda oladigan, konsert-tomosha faoliyati bilan shug'ullanish uchun litsenziyaga ega yuridik shaxslarga soliq stavkasi 35 foiz miqdorida tasdiqlandi.
Bundan tashqari, ro'yhati O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktyabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan, xom-ashyo mahsulotlardan tashqari, erkin konvertatsiya qilinadigan valyuta hisobiga xususiy ishlab chiqarishdagi tovarlar eksporti, ishlar va xizmatlar ulushiga ega eksportchi-korxonalar uchun realizatsiyaning umumiy hajmida 15 dan 30 foizgacha foyda olinsa o'rnatilgan soliq stavkasi 30 foizga pasayadi, bu ko'rsatkich 30 dan va undan yuqori foizgacha bo'lsa o'rnatilgan soliq stavkasi 50 foizga pasayadi.
Uzreport