The power of trust

Milliy Deposits

Explore more profitable deposits!

Transfers from Sberbank

The best favorable rates for transfers!

NBU in social networks:

Angren-Pop temiryo'l tarmog'ini qurish Loyihasi bo'yicha keng ko'lamdagi ishlar bajarilmoqda

22.02.2015 1525

Jahon banki ijrochi direktorlari kengashi O'zbekistonda Angren-Pop temiryo'l tarmog'ini qurish Loyihasi uchun 195 mln. AQSH dollari miqdorida zayom ajratishni ma'qulladi. Loyihaning umumiy qiymati 1 mlrd. 633 mln. 75 ming AQSH dollarini tashkil etadi. Loyihani moliyalashtirish asosan davlat aksiadorlik temiryo'l kompaniyasining shaxsiy mablag'lari, O'zbekiston tiklanish va rivojlanish jamg'armasi va Davlat byudjeti mablag'lari xisobiga amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, Xitoyning Eksimbanki ham 350 mln. AQSH dollari miqdorida mablag' ajratmoqda. Ushbu mablag' temiryo'lni elektrlashtirish uchun zarur texnika va uskunalarni sotib olish uchun yo'naltiriladi. Mazkur loyiha  Farg'ona vodiysini respublikamizning boshqa hududlari bilan bog'lab transport qatnovini yaxshilashga xizmat qiladi. Yil davomida hududlararo temiryo'l aloqasi 7,6 mln. aholi uchun qulaylik tug'diradi. Kichik va o'rta korxonalar uchun bozorga yo'l ochilib, ular daromadini ortishga imkoniyat paydo bo'ladi. Temiryo'l qurilishi iqtisodiyotning to'qimachilik yoki xizmat ko'rsatish sektori kabi  ayrim asosiy tarmoqlarida bandlikning ko'payishiga negiz bo'ladi. Bundan tashqari, ushbu loyiha 6 ta transport koridorida transport va savdoga ko'maklashish Strategiyasi  amalga oshirilishini ko'zda tutuvchi Markaziy Osiyo regional iqtisodiy hamkorlik Dasturini (MORIHD) amalga oshirishga ham ko'mak beradi. Pop-Angren temiryo'li Xitoydan Kavkazgacha bo'lgan hududni bog'lovchi 2 koridor yonida joylashgan. Uni ishga tushirilishi transport harajatlarini kamaytirib, o'tkazish layoqati va ishonchligini oshirish imkonini beradi. Ushbu temiryo'l liniyasi ancha tezroq va arzon, hamma mavsumga mos, ishonchli va havfsiz transport xizmati ko'rsatishni ta'minlaydi.

«O'zbekiston temir yullari» Davlat aksionerlik temiryo'l kompaniyasi taxminiga ko'ra, ishga tushirilganining birinchi yilida u orqali 600 mingga yaqin yo'lovchi va  4,6 mln tonna yuk tashiladi. Shu bilan birga, ushbu loyiha yiliga havoga 200 ming tonna  zararli gazlar chiqmasligiga olib keladi. Loyiha doirasida  Pop va Angren o'rtasida uzunligi 124 kmga teng bir izli temiryo'l, shu jumladan Qamchiq dovoni orqali 19,2 km uzunlikdagi tunnel ham barpo etiladi. Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Jahon bankiga 1992 yilda qo'shilgan, mazkur bankning O'zbekiston oldidagi joriy majburiyatlarining umumiy hajmi esa qariyb 1,6 mlrd AQSH dollarini tashkil etadi. 

 

UzReport

0
0



Receive the Latest News

We will send one email a week, no spam

Latest site update date: 12/06/2021 04:00:01 pm

License of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan No. 22 dated Feb. 15, 2020
© 2021 NBU. All rights reserved. If you find an error in the text, highlight the wrong text and press Ctrl + Enter

If you find a discrepancy in the information provided in different languages, please follow the option in the state language. When using the site materials reference to www.nbu.uz web-site is required

Feedback

Contacts

Contact center working hours
from 9 AM to 9 PM Monday to Friday

101 Amir Temur Avenue, Tashkent 100084, Uzbekistan

Your message has been sent successfully

Our specialist will answer you within a working day. Due to the high number of requests during the COVID-19 pandemic, there may be some delays in responding to requests.

Take part in improving the quality of service
Please answer 3 questions
Go to quiz