Bank hodimining kasbiy etika Kodeksi ishlab chiqildi
21.06.2015
5292
O'zbekiston banklar Assotsiatsiyasi tomonidan bank hodimining kasbiy etika Kodeksi taqdim etildi. Undan ko'zlangan asosiy maqsad, O'zbekistonning banklar uyushmasida sog'lom raqobat muhitini shakllantirish va sohaga oid hamkorlikni kuchaytirishdan iborat. Ushbu Kodeksga rioya qilish natijasida bank hodimlarining kasbiy malakasi, ularning ishonchliligi, milliy qonunchilik va umum qabul qilingan ahloq-etika normalariga mos kelishiga zamin yaratiladi.
Mazkur Kodeks mijozlarga xizmat ko'rsatishda ishga oid va kasbiy etika talablarini o'z ichiga qamrab olgan. Xujjatda shunday prinsiplar belgilanganki, mamlakatimiz banklari o'z faoliyatlarini ular asosida amalga oshirishlari lozim.
Bundan tashqari, banklar qonunchilik normalari, kasbiy etika va an'analarga asoslangan holda, banklararo hamkorlikni kuchaytirish, o'z majburiyatlariga rioya qilish, sog'lom raqobatga amal qilish, shuningdek, Kodeksda o'rnatilgan boshqa prinsiplarga rioya etishlari lozim.
Ushbu Kodeks bankning o'z aksionerlari oldidagi majburiyatlarini belgilaydi. Xususan, ular huquqlarini cheklab qo'yish, bank faoliyatida ishtirokini ta'minlash, banklarni boshqarish ishida shaffoflikka erishish shular jumlasidan.
Shuningdek, mijozlar va hodimlar oldida hamda banklararo hamkorlik munosabatlarida bank majburitlariga ham alohida e'tibor qaratilgan.
Xujjatda korporativ boshqaruv, xizmat va xizmatdan tashqari, hamda ishga oid etika to'g'risida qoidalar ham qamrab olingan. Unda banklar o'z hamkasblari va mehnatni qadrlovchi korporativ madaniyatni ifodalovchisi sifatida belgilangan. Bank hodimlari bank va tijorat sirlarini saqlash, o'zlarining va o'zgalarning vaqtini qadrlash, shuningdek, boshqa etika va odob-ahloq qoidalari normalariga murojaat etishlari lozim.
UzReport